Jaloliddin Ahmadaliyev - Hech odam bo'lmaydi ba'zi birovlar

Слушали: 0

Размер:

Длительность:

Качество:

Добавлено: 31-01-2026, 22:22

СКАЧАТЬ MP3

На нашем портале вы найдёте все песни Jaloliddin Ahmadaliyev и много другой интересной музыки для мобильного телефона. Скачайте трек Jaloliddin Ahmadaliyev - Hech odam bo'lmaydi ba'zi birovlar на телефон (Android или iPhone) в формате mp3 или слушайте онлайн в отличном качестве (320 kbit). На Oqayiq.Biz вас ждут лучшие хиты и новые mp3 композиции исполнителя.

Hech odam bo'lmaydi ba'zi birovlar Jaloliddin Ahmadaliyev

Текст песни Jaloliddin Ahmadaliyev - Hech odam bo'lmaydi ba'zi birovlar

Oz emas boshimdan o'tgan sinov
Shu sabab sochimga tushgan qirov
Dardimni aytsam gar tinglab tirjayar
Hech odam bo'lmaydi ba'zi birovlar
Hech odam bo'lmaydi ba'zi birovlar

Shular umrimni yedi Allohga qasam
Xox shular aybdor aqldan ozsam
Qalbimni ham birga olaqol desam
Yo'q to'ydim demaydi ba'zi birovlar
Yo'q to'ydim demaydi ba'zi birovlar

Ko'zida mehir bor lekin u xatar
Yuragi eng vaxshiy bo'ridan battar
Salgina ko'zlarim yumilsa agar
Qo'rg'onim talaydi ba'zi birovlar

Yoki men telbaman yo ular axmoq
Balki ular botir yoki men qo'rqoq
Yonimda necha yil yursa ham biroq
Kimligin aytmaydi ba'zi birovlar
Kimligin aytmaydi ba'zi birovlar

Yuzimda kulguyu ishimda aza
Qarshimda vafo yo'q orqamda nayza
Olimdan do'stlarim bir-bir kamaysa
Safimni sanaydi ba'zi birovlar
Safimni sanaydi ba'zi birovlar

Ig'vodan boshqa yo'q kuydirar shaffof
Gohida sevinib qolasan hatto
Ey Muhammad hamon ishonma aslo
Baribir aldaydi ba'zi birovlar
Baribir aldaydi ba'zi birovlar
Нажмите Play для начала прослушивания
0:00 0:00