Shavkat Zulfiqor - Jigarlar
На нашем портале вы найдёте все песни Shavkat Zulfiqor и много другой интересной музыки для мобильного телефона. Скачайте трек Shavkat Zulfiqor - Jigarlar на телефон (Android или iPhone) в формате mp3 или слушайте онлайн в отличном качестве (320 kbit). На Oqayiq.Biz вас ждут лучшие хиты и новые mp3 композиции исполнителя.
Текст песни Shavkat Zulfiqor - Jigarlar
Bilmadim odamzot qachon to'yarkanPul desa qo'lini qonga bo'yarkan
To'ymagan nafsini to'ydiraolmay
Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan
Ota-onasidan qolganda meros
Talashib tortishar hayvonlarga hos
Qiyomatga yaqin qolgandek biroz
Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan
Bir ona qorniga siqqan qondoshlar
Bugun bir hovliga sig'masdan boshlar
Yuzda nuri qochgan yuragi toshlar
Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan
Ukam egilmasin boshing demasdan
Aka mendan katta yoshing demasdan
Ayamasdan ko'zu qoshing demasdan
Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan
Bittasi bittasin dardin bilmaydi
Jigar deb kunda bir yo'qlab kelmaydi
Begona bo'lsa ham alam qilmaydi
Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan
Odamlar bir parcha yerga muommo
Yer ham odam yutib to'ymaydi ammo
Gadoning dushmani bo'larkan gado
Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan