Yurtimiz yangiliklari
Xiva tumani hokimi Erkin Yoqubov yoshlar bilan uchrashdi
Xiva tumani hokimi Erkin Yoqubov bir guruh faol yoshlar bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yosh tadbirkorlar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari, OAV xodimlari ishtirok etdi.

Xiva tumani aholisining 158 mingdan ziyodi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Tumanda 10 kasb-hunar kolleji, 1 akademik litsey, 58 umumta’lim maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. Futbol, og‘ir atletika, badiiy gimnastika, kurash, o‘zbek jang san’ati, stol tennisiga ixtisoslashgan zamonaviy sport inshootlari, turli yo‘nalishdagi to‘garaklar yoshlarning har tomonlama sog‘lom ulg‘ayishiga xizmat qilmoqda.

Uchrashuvda yoshlar tuman hokimiga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritilgan sana: 10.01.2017 / 20:03