Yurtimiz yangiliklari
Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining virtual qabulxonasi ishga tushdi
Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining virtual qabulxonasi 2017-yil 8-yanvar kunidan ishga tushdi. Bu haqida “Daryo”ga viloyat IIB kotibiyat xizmati ma’lum qildi.

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga endi Ichki ishlar organlari vakolatlariga tegishli masalalar bo‘yicha murojaatlarni internet tizimidagi Farg‘ona viloyati IIBning online.fargonaiib.uz rasmiy sayti orqali yo‘llash imkoniyati mavjud.

Manba: www.daryo.uz
Kiritilgan sana: 10.01.2017 / 20:02