Yurtimiz yangiliklari
“Kamolot” YoIH Farg‘ona viloyat Kengashi virtual qabulxona ochgan harakatning ilk bo‘limi bo‘ldi
2017-yil “Inson manfaatlari va xalq bilan muloqot yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Farg‘ona viloyat Kengashida yoshlar fikrlari va muammolarni o‘rganish uchun virtual qabulxona va ishonch telefonlari tashkil etildi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi.

Qabulxonaga o‘z taklif, muammo hamda shikoyatlaringiz bilan murojaat qilishingiz mumkin. Har bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi.

Shuningdek, viloyat Kengashida taklif va murojaatlar uchun maxsus quti o‘rnatilgan bo‘lib, o‘z fikrlaringizni yozma ravishda yoki ferghana.kamolot.uz saytidagi virtual qabulxona orqali ham topshirish imkoniyatiga egasiz.

Murojaatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va hal etish uchun ishchi guruhi tuzilgan hamda alohida maxsus “Fuqarolarni qabul qilish xonasi” ajratilgan.

Ishonch telefonlari:

+99873 2442653

+99873 2440426

Manba: www.daryo.uz
Kiritilgan sana: 10.01.2017 / 20:02