Yurtimiz yangiliklari
Sergeli tumanida bojxonachilarga yangi xizmat uylari topshirildi
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bojxona organlari xodimlari uchun Toshkentning Sergeli tumanida ikkita zamonaviy ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Zamonaviy shaharsozlik va binokorlik talablariga to‘la mos, tabiiy iqlim sharoitini hisobga olgan holda qisqa muddatda bunyod etilgan mazkur uylar barcha shart-sharoit va qulayliklarga ega, deb ta’kidlanadi xabarda.

Xizmat uylarining tantanali ochilish marosimida Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati, Toshkent shahri va viloyat bojxona boshqarmalari, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Oliy harbiy bojxona instituti, Milliy kinologiya markazi xodimlari, bojxona faxriylari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari G‘. Shukurov va boshqalar mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar aholining, jumladan, bojxona organlari xodimlarining turmush farovonligini yanada oshirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritilgan sana: 09.01.2017 / 20:12