Yurtimiz yangiliklari
Navoiy va Jizzax viloyatlari IIB rahbarlari tayinlandi
O‘zbekiston ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Navoiy va Jizzax viloyatlari IIBning yangi rahbarlari tayinlandi. Bu haqda, “Na postu” gazetasiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Polkovnik Tursunpo‘lat Toshpo‘latov Navoiy viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi. U 2015-yil iyunidan ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — IIV jinoyat-qidiruv va terrorchilikka qarshi kurash Bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, polkovnik Rustam Tursunov Jizzax viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritilgan sana: 09.01.2017 / 20:11