Yurtimiz yangiliklari
Namangan shahrida 2017—2019-yillarda 82 ta ko‘p qavatli uy-joy quriladi
Vazirlar Mahkamasining “2017—2019-yillar davrida Namangan shahrining yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida shaharning Uychi ko‘chasida 45 ta, Hamroh ko‘chasida 13 ta, Marg‘ilon ko‘chasida 24 ta ko‘p qavatli, birinchi qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish do‘konlariga ega bo‘lgan turar-joy binolari hamda ijtimoiy soha muassasalari qurish rejalashtirilgan. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati manbalariga tayanib, “Daryo” mobil muxbiri xabar bermoqda.

Yo‘lning ikki tomoniga zamonaviy dekorativ daraxtlar ekiladi, o‘rta qismiga zamonaviy yoritish nuqtalari joylashtiriladi. Zamonaviy bekatlar barpo etiladi, hududlardagi ijtimoiy soha muassasalari kapital ta’mirlanadi.

Qarorga muvofiq, shahardagi 5 ta ko‘cha yo‘llarini mukammal ta’mirlash, suv, elektr, gaz ta’minotini yaxshilash, kanalizatsiya va telekommunikatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritilgan sana: 07.01.2017 / 20:25