Yurtimiz yangiliklari
Senat va Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik muammolarini muhokama qildi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Oliy Majlis Senati bilan hamkorlikda mamlakatda tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirishni ta’minlash, ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Senat raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A. Shayxov va boshqalar tadbirda so‘z oldi.

Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotgani ta’kidlandi.

Davra suhbati ishtirokchilari sohadagi dolzarb masalalar, jumladan, bank tizimida yuzaga kelayotgan, eksport va import jarayonidagi, soliq tartibi hamda soliq yuki, soliq ma’murchiligidagi qator masalalar bo‘yicha fikr almashib, xususiy mulk va investitsiyalarning daxlsizligi kafolatini amalda kuchaytirish borasida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritilgan sana: 06.01.2017 / 20:33