Yomoni...
Yomoni... Eng yomoni sarob,
Ro‘yolarni his qilib o‘tmoq,
Savolingga ololmay javob,
Kelmasligin bilsangda kutmoq.

Yomoni… Eng yomoni armon,
Ishqni dilda nihon tug‘yoni.
Ushalmas orzuda kuyib jon,
Ko‘zlarida ko‘rmoq dunyoni.

Yomoni… Eng yomoni alam,
Ishqingning eng hur chog‘larida,
Ko‘rmoq uning soyasini ham,
O‘zga yorning quchoqlarida.

Yomoni… Eng yomoni yolg‘on,
Yuragingga solib ming yamoq,
Olovlarda jizzilatib jon,
Sevgisidan tonib yashamoq.

Muslima Komiljon qizi