So'rang
So‘rang yelkamdagi farishtalardan,
Kimning so‘zlariga quloq solganman.
Bilib qilganimdan eng katta xato,
Sevmagan odamni sevib qolganman.

Har kun uziladi yurakdan bir tor,
Bo‘ylab bo‘lmas ekan o‘ylaringizga.
Nahot mehrim bilan ayladim bezor,
Nahot yarashmasam, bo‘ylaringizga.

Menda qolganlari o‘zimga ayon.
Agar istamasa bermasdi Xudo.
Mendan ketsangiz ham, ketmasangiz ham.
Sodiq mehrim sizdan bo‘lmaydi judo.

Nafisa Omonova