Dildan suhbat
06.11.2011 sanasida Oqayiq.Uz sayti Milliy Forumida Zarifhon Xudoynazarov bilan sayt foydalanuvchilari uyushtirgan suhbat.

2352. IRFON
Assalomu alaykum! "Dildan Suhbat" loyihasining Qurbon xayitiga bag'ishlangan bugungi sonida, forumning faol a'zolaridan biri, ko'xna Samarqandlik do'stimiz Zarifkhan bo'ladilar, marhamat!
2354. IRFON
Xush kelibsiz! O'zingiz haqingizda qisqacha ma'lumot bering!

Men Xudoynazarov Zarif. 1990 yil 30-mayda Samarqand viloyati Poyariq tumani Chelak shaxrida ziyolilar oilasida tug'ilganman! Oilada dadam, ayam, opam, akam va men. Opam va akam oilali.
2358. M@RSH@L
Siz uchun eng qo'rqinchli narsa nima?

Yaqin insonimni bir marta yo'qotganman. Goho esimga tushib qoladi. Ana shuni eslash men uchun juda qo'rqinchli.
2361. Dream
Siz uchun dunyoda nima eng muxim?

Dunyoda eng muhim narsa men uchun bu oila va ona vatanim!
2362. M@RSH@L
Adashmasam forumdan noma'lum muddatga ketgandingiz.
1. Qaytishingizga nima sabab bo'lgan?
2. Forumdan ketganingizda nimalarni his qilgansiz?

Ha menimcha 3 oyga ban olgandim. Men o'sha paytlar ko'pchilik forumdosh tanishlarimga qo'ng'iroq qilardim. Forumda nima gaplar, qanday o'zgarishlar juda ko'p o'ylardim. Keyin o'qish boshlangacha Shams88 har kuni forumga kirib ichimni qizdirardi bir kuni kirmoqchi bo'lganimda parolim esimdan chiqibdi kegin Shams orqali Dj.Sherdan iltimos qilib parolimni o'zgartirganman! Oqayiq.uz men uchun ikkinchi hayotim desam ham bo'ladi!
2364. JabbaWockeeZ
Ozingizni yolg'iz his qilganingizda...

O'zimni yolg'iz his qilganimda ashula eshtaman, internetga kiraman!
2365. IRFON
Hozirda qayerda o'qiysiz yoki ishlaysiz?

Hozirda men Toshkent Davlat Pedagogika Universitetida 2-kursda o'qiman! Paynet va Nurafshon restoranida ham ishlayman!
2366. JaSuR
Bolalik... Ko'z oldingizga nimalar keldi?

Bolaligimni eslasam qiyinchiliklarim esimga tushadi. Albatta yaxshi damlarim ham bo'lgan. Lekin qiyinchilik ko'proq esimdan chiqmaydi.
2367. ¤ Mushtariy ¤
Xazilkash sifatida ko'p kuzatganman. Real xayotda qandaysiz?

Real hayotda men juda kam gapman. O'rni kelganda hazilni ham qilib turaman!
2371. JabbaWockeeZ
Ideallikga intilasizmi? Ideal insoningiz kim?

Ideallikka intilmayman unaqa insonim ham yo'q men uchun!
2382. TALABA_31
Forum sizni hayotingizda o'zgarish qila olganmi?

Ban olganimda rosa kayfiyatim tushib ketib 1 kun ovqat yemaganman. Lekin ko'p ma'lumotlarni shu yerdan olaman!
2384. Dream
Shunaqa qiyin paytlar bo'ladiki, dardlarimizni kimga aytishni bilmay qolamiz. Shunaqa paytlada eng ko'p kimga suyanasiz?

Hech kimga aytmayman va hech narsa bo'lmaganday yuraveraman. Ichim yig'lasa ham yuzim kulib turadi! Men ichimdagini hammasini ham birovlarga aytavermayman!
2385. Dj.Max
Bugungi kunda o'zbek estradasida sizni hayron qoldirgan qo'shiqchi kim va nima uchun?

Farrux Hamrayev va Ummon guruhi. Farrux juda tez ko'tarilayapti. Ummon esa zamonaviy yoshlar bop qo'shiq chiqarayapti.
2390. JaSuR
Ona haqidagi kimning qo'shigi yoqadi?

Abdulla Qurbonov va Sharof Muqimovniki.
2392. ¤ Mushtariy ¤
Insoniylikning eng buyuk fazilatlaridan 3 ta sini sanang!

Insonning fazilatlaridan 3 tasi:
1) Madaniyatli bo'lish
2) Yaxshi fe'l egasi bo'lish
3) Saramjonlik!
2396. JabbaWockeeZ
Qaysi musiqani eshitganingizda hayolingizda hayotingizda sodir bolgan voqealar gavdalanadi?

Yulduz Usmonovani qo'shiqlarida!
2399. Dilbegim
"Faqat fidoiylar ishlar maktabda" degan gap bor. Qay darajada fidoiysiz?

Bu gapni endi eshitishim! Maktabim men uchun unutilmas damlarni in'om etgan. Men hamisha bu damlarni yodda tutaman!
2401. Dj.Max
Kelajakda o'zingizni qanday obrazda ko'rasiz? Qattiqo'l ota, yumshoqfel bobo, balki doktor?

Mendan qanday ota yoki bobo chiqishini bilmadim-u, lekin doktor chiqmasligi aniq! Qattiqqo'l bo'lsam kerak!
2403. TALABA_31
Arxivda o'qigandim endi qaytmayman degan ekansiz? Qay bir xodisa forumga qaytishizga sabab bo'ldi?

Forum va forumdoshlarimni sog'inganim uchun qaytganman!
2406. Dream
Insonga berilgan eng katta xadya nima deb bilasiz?

Bu menimcha odam bo'lib tug'ilganligidir.
2409. Flowergirl
Hayotingiz davomida qilgan biror ishingizdan afsuslangan paytingiz bo'lganmi?

Men afsuslanishni yomon ko'raman!
2412. M@RSH@L
Tashqi qiyofangiz ancha jiddiy. Real hayotda qanday insonsiz?

Hayotda ham jiddiyman. Do'stlarim davrasida hazilni kanda qilmayman.
2413. IRFON
Forumda kimga xavas qilasiz?

Forumda Jamshid aka, Admin va sizga ko'proq havas qilaman. Fikrlashlaring menga yoqadi!
2420. JaSuR
Siz o'zingizdagi qaysi sifat bilan g'ururlanasiz?

Buni o'ylab ko'rmagan ekanman!
2421. ZARIN
Telefonda qizla bilan ko'p gaplashasiz. Bundan naf topganmisiz?

Telefonda qizlar bilan juda ham kam gaplashaman! E'tibor bersangiz ko'p vaqt OnLineda turaman!
2424. Nargiz
Siz sevgan insoningiz "meni desangiz internetdan voz kechasiz" desa qanday yo'l tutasiz?

Men unday shart qo'yishiga yo'l qo'ymasdim, qo'ymayman ham!
2425. piter
Qush inida ko'rganini qiladi deyishadi. Sizni fikringiz!

Bu maqolga 100% qo'shilaman!
2428. Dilbegim
Yigit kishi qachon ko'z yosh to'kadi? Aynan sizni yig'latgan holatlar?

Hayotda 3 marta yig'laganim esimda. Yaqin insonim olamdan o'tganda. Yigit kishi ham yig'lab turishi kerak degandi Etika domlamiz. Chunki hamma dardmi ham ichga yutaversa odamning umri qisqaraveradi!
2431. ¤ Mushtariy ¤
Qanchalik irodali va sabrlisiz?

Sabirsizroqman lekin irodam kuchli!
2433. zebohon
Xayotda o'zingizga eng yaqin insonlar deganda kimlarni nazarda tutasiz?

Hayotda eng yaqin insonlarim men uchun oila a'zolim undan keyin do'stlarimdir!
2445. IRFON
Yorug'lik yo'l ko'rsatadi, agar ko'zni qamashtirmasa! Ushbu xikmatli so'zga ta'rif bering.

Haq gap hamisha to'g'ri. Pulni yoki boshqa narsani deb yolg'on gapirishni keragi yo'q. Yolg'on bir kun kelib albatta oshkor bo'ladi!
2448. Ulug'bek-1989
Zarifkhanning eng katta armoni?

Hozircha mening eng katta armonim yo'q. Lekin kichik armonim bor edi. Yoshligimda Prakror bo'lmoqchi edim. Lekin bu sohadan ketolmadim.
2467. IRFON
Ajoyib suxbatingiz uchun tashakkur. Ajoyib savollar bilan ishtirok etgan forumdoshlarimizga ham kattakon rahmat!
Mehmon: Zarifkhan
Eng yaxshi savol: Dilbegim
Olib boruvchi: IRFON
Oqayiq.Uz 06.11.2011