Dildan suhbat
07.10.2011 sanasida Oqayiq.Uz sayti Milliy Forumida Jasur Yoqubov bilan sayt foydalanuvchilari uyushtirgan suhbat.

2071. IRFON
"Dildan Suhbat" loyihasining bugungi mehmoni, eski va qadrdon forumdoshlarimizdan biri, ayniqsa Fan bo'limida o'zining bilimlari bilan katta taassurot qoldirgan, ajoyib matematik do'stimiz Шохруххон bo'ladilar!
2072. IRFON
Xush kelibsiz! O'zingiz xaqingizda qisqacha ma'lumot bering!

Ismi sharifim Yoqubov Jasur. 1986-yil Farg'ona viloyati Beshariq tumani Qoraqo'yli qishlog'ida tug'ilganman.
2074. Chingizxon
Pul siz uchun nima? Faqat qo'lni kiri demang!

Pul xozirgi paytda tan olish kerak har qanday muammoni hal etish vositasiga aylanib qoldi. Men uchun ham muhim ahamiyatga ega.
2077. IMPERIYA
Qisqa tanaffus qilishingizga ya'ni forumdan ketishingizga nima sabab bo'lgandi? Agar sir bo'lmasa albatta! Qaytishingizga nima sabab bo'ldi?

Inson bir xillikdan zerikadi. O'sha paytda men ham shunday xolatga tushdim. Bazida mehmon sifatida kirib turdim. Qaytishimga esa agentda OQAYIQ.UZ konfrensiyasi sabab bo'ldi.
2078. BAXTISHKA
Nikingizni haqida? Nima uchun aynan Шохруххон? Iloji bo'lsa batafsil...

O'qish davrida har kuni narod chatiga kirardim. Do'stim Samirxon nikida kirar edi. Men o'shanda Shoxruxxon nikini tanlaganman. O'zimga yoqadi.
2079. M@RSH@L
Jasur aka hayotdagi achchiq haqiqat nima?

Achchiq haqiqat o'lim.
2080. Chingizxon
Sizningcha dunyoni saqlab turguchi kuch nima?

Iymon va e'tiqod dunyoni ushlab turibdi menimcha. Din muhim ahamiyat kasb etadi bunda.
2088. ¤ Mushtariy ¤
Komillikni negizi sizningcha nimada?

Ta'lim va tarbiya komillikning asosi!
2089. BAXTISHKA
"BAXT" haqida sizi tushunchangiz qanday? Hozirgi kunda o'zingizni baxtliman deb ayta olasizmi?

Baxt bu hamma narsa. Kimlargadir nisbatan baxtliman. To'kis baxtga erishish yo'lida odimlamoqdaman.
2091. M@RSH@L
Yigit uchun eng oliy burch nima deb o'ylaysiz? Vatan oldidagi burchmi yoki farzandlik burchimi?

Ikkisi ham eng oliy burch. Bajarishga MAJBURmiz!
2097. Zarifkhan
Nega Erkin mavzularda kamnamosiz? Ko'pincha o'yinlarda yurasiz. Sababi nimada?

Erkin mavzularga ham kirib turaman. O'yinlar mavzusiga juda qiziqaman.
2099. Chingizxon
Sizda ichki isyonlar qay darajada?

Ichimdagini doim ham oshkor qilavermayman.
2100. M@RSH@L
Inson uchun eng buyuk fazilat qaysi?

Eng buyuk fazilat insoniylik.
2102. Zarifkhan
Yoshligingizda qaysi kasbni egallayman deb niyat qilgansiz?

Yoshligimda uy quruvchi usta bo'laman der edim.
2108. Shams 88
Dunyodagi eng katta orzuingiz va unga erishish uchun qilayotgan harakatlaringiz?

Eng katta orzuim yaqinlarimni baxtini ko'rish. O'zim esa harakterimga mos qizni uchratish.
2109. Umka
Bu saytga qanday qilib kirib qolgansiz va bu saytni qaysi tomonlari sizga yoqadi.

Bu saytni Google orqali topganman. Tas-ix tizimida ekanligi yoqadi. Xozir yaxshi ishlamyapti.
2113. M@RSH@L
Hayot sizningcha rostdan ham shafqatsizmi?

Hayot kim uchundir shafqatli kim uchundir esa yo'q.
2117. ¤ Mushtariy ¤
"Xisobli do'st ayrilmas" - bu maqolni izohlab bering. Do'stlikda nimani xisoblash kerak?

Bu maqol do'stlikni chegaralab qo'ymoqda. Haqiqiy do'stlar o'rtasida meniki-seniki degan tushuncha yo'q!
2123. M@RSH@L
Siz bir haqiqatni bilasiz. Lekin uni aytsangiz hammayoq ostin-ustun bo'lib ketadi. Qanday yo'l tutasiz?

Haqiqatni ichimga yutaman. Tinchlikka nima yetsin. Bunday achchiq haqiqatlarni ko'pi ichimda.
2130. M@RSH@L
Nima uchun bu dunyoni "foniy dunyo" deb ataymiz?

Bu dunyo o'tkinchi. Hech kim mangu qolmaydi. Hech kim Hudo bergan umrini uzaytirolmaydi. U qanchalik mashxur yoki miliarder bo'lmasin.
2143. Flowergirl
Misol yechish siz uchun nima, oddiy mashg'ulotmi yoki undan zavqlanasizmi? Nima uchun matematikani tanlagansiz?

Matematikaga juda qiziqaman. Misol yechsam rohatlanaman. Chiqmasa undan battar. Matematikaga qiziqqanim va boshqa fanlarga nisbatan ko'proq bilganim uchun tanlaganman.
2146. IRFON
Tashrifingizda g'oyat mamnun bo'ldik. Samimiy suhbatingiz uchun tashakkur! Hayotingizda ulkan zafarlar tilab qolamiz! Ajoyib savollar bilan intervyuda qatnashgan barcha forumdoshlarimizga ham katta rahmat!
Mehmon: Шохруххон
Eng yaxshi savol: M@RSH@L
Olib boruvchi: IRFON
Oqayiq.Uz 07.10.2011