Dildan suhbat
23.12.2011 sanasida Oqayiq.Uz sayti Milliy Forumida Sherbek Shodiyev bilan sayt foydalanuvchilari uyushtirgan suhbat.

3027. Sherbek Shodiyev
Assalomu alaykum. Aziz forum qatnashchilari. Savollaringizga javob yozishga tayyorman.
3029. Kamtarin
Xurmatli forumdoshlar. Suhbatni boshlaymiz! Sherbek aka forumimizga xush kelibsiz! Ko'pchilikga ma'lum bo'lsada, odatimizga ko'ra o'zingiz haqingizda qisqacha ma'lumot bering.

1980-yil 24-dekabrda tavallud topganman. Oilada to'rtta farzandmiz! Bo'ydoqman.
3030. Ulug'bek-1989
San'atga kirib kelishingizga sababchi bo'lgan inson kim?

San'atga kirib kelishimga sababchi bo'lgan inson onamlar!
3031. XUDOYORXON
San'atni tanlashizda nima katta o'rin tutgan?

San'atga va sheriyatga bo'lgan muhabbat va sevgi bo'lishi ham mumkin...
3034. Ibratlik Dunyo
Eng katta orzuyingiz nima?

Eng katta orzuyim o'zbek san'atida o'zimning mukammal o'rnimga ega bo'lish va kelajakda ko'p san'atga intilayotgan yoshlarga yordam berish!
3035. Shirin
Sizningcha MASHHURlik nima?

(Bu savolda Sherbek o'ylanib qoldi! Muallif) Mashhurlik insonni o'ylagan orzusiga yetishishini bir bo'lagi. Chunki inson qaysi kasb egasi bo'lishidan qat'iy nazar yuqori o'rinlarini egallashni hohlaydi. Buni ifodalash juda qiyin!
3038. JURNALIST
Biz muxlislar uchun yana qanday qo'shiq yaratmoqchisiz va qachon?

Hamma qo'shiqlarimiz muhlislarimiz uchun.
3041. Dj.Tillo
San'atdan tashqari yana nimalar bilan shug'ullanasiz?

Sport va kitob o'qish bilan!
3043. XUDOYORXON
Sa'nat olamidagi mahalliychilikka qanday fikrdasiz? Ya'ni san vohalik, san vodiylik, san xorazmlik deganlarga. Bu holat katta sa'natkorlar o'rtasida xatto aytishuvlarga olib kelgan.

Man buni oddiy antireklama deb o'ylayman!
3044. Dostonbek_N
Sherbek Shodiyev uchun hayotda muhim bo'lgan uchlik?

Yolg'on gapirmaslik, irodani mustahkam qilishlik, va kamroq uhlash!
3047. Ulug'bek-1989
Yulduz Usmonova sanatning nonini yeyish uchun temirdan tish kerak degandilar. Bu fikrga munosabatingiz?

Bu fikrga qo'shilaman! San'at kasbi juda og'ir va shu bilan birga juda yoqimli...
3054. Shirin
Muhabbatingiz hech rad etilganmi?

Ha. Sendan sado qo'shig'imiz shu haqida!
3056. Matrix
San'atkor bo'lmaganingizda qaysi kasbni tanlardingiz?

Futbolchi bo'lardim. Messiga ham o'xshatishadi.
3057. XUDOYORXON
Avvallari oqayiq.uz haqida bilarmidingiz? Bundan kegin forumga kirish niyatingiz bormi?

Albatta bilardim. Oqayiq.uzni biz san'atkorlar ham sevamiz.
3058. Dj.Tillo
Sevgan qizingiz bormi?

Bor edi... Ayni damda yo'q!
3059. Ulug'bek-1989
Savolim biroz qiziqroq. Eng chiroyli kursdosh qizingiz va eng chiroyli sinfdosh qizingizni eslay olasizmi?

Ha albatta. Mahmud va Toir (Hazil)!
3061. Chingizxon
Sizning qo'shiqlaringizdan o'tgan asr 80-yillari nafasi seziladi. Bunga o'zingizni fikringiz qanday?

Bu fikringizga ham qo'shilaman. Lekin bu hammasi ijod mahsuli.
3067. JURNALIST
Baxt deganda nimani tushunasiz? Baxtlimisiz?

Albatta baxtliman. Ota-onasini rozi qilish eng oliy baxt!
3069. Matrix
Sevgi bu?

Sevgi bu ilohiy tuyg'u! Uni insonni o'zi boshqara olmaydi.
3071. XUDOYORXON
Xayotizni o'zgarishga sabab bo'lgan voqea bo'lganmi? Bo'lgan bo'lsa ayta olasizmi?

Ha. Hayotga jiddiy qarashimga sabab ko'p yolg'onlarga duchor bo'lganman!
3072. Ulug'bek-1989
Qaysi futbol jamoaga muxlislik qilasiz?

Jahon bo'yicha Real Madrid O'zbekistonda Paxtakor.
3074. Dj.Tillo
O'zizga yoqqan qo'shig'ingiz qaysi?

Sendan sado!
3076. Chingizxon
San'atkor uchun eng og'ir yo'qotish nima sizningcha?

Eng og'ir yo'qotish bu muhlislarini yo'qotish. Chunki muhlislar bo'lmasa san'atkor hech kim emas!
3077. Shirin
Nima deb o'ylaysiz, shou biznes olamida, xalq orasida, muhlislar nigohida shu davrgacha tan olindingizmi yoki tanildingizmi?

Nokamtarlik bo'lmasin-u haqiqatni gapiradigan bo'lsam ikkalasi ham.
3079. Kamtarin
Oilada nechta farzandsizlar?

Oilada 4ta farzandmiz. 3ta o'g'il 1ta qiz!
3081. Flowergirl
Qo'shiq yaralishi uchun she'r, musiqa tanlashda qandaydir mezonlarga amal qilasizmi?

Albatta. She'rni mohiyatiga, har bir so'zni o'z o'rniga kelib joylashishiga va chuqur manosiga etibor qarataman.
3084. Ulug'bek-1989
Oila yoki karera. Ikkisidan birini tanlashga to'g'ri kelsa qay birini tanlardingiz?

Manimcha musulmon farzandi birinchi o'rinda oilani tanlaydi.
3085. Dostonbek_N
Sherbek 2011-yilda nimalarni topdi nimalarni esa yo'qotdi?

2011-yilda o'ylagan 99% orzuyimga yetdim. Kinoda o'ynadim. O'zbekiston belgisi ko'krak nishoni sohibi bo'ladim. Milliy estradada yutug'larga erisha boshladim.
3087. JURNALIST
Ustoz san'atkorlardan qaysi birlarini ko'proq tinglaysiz?

Ko'proq Ma'murjon Uzoqov, Rasul Qori Mamadaliyev, Sherali Jo'rayev ayni damda Og'abek Sobirovni ham qo'shiqlarini tinglayman.
3089. Matrix
Kasbdoshlaringizni sizga munosabati va sizning ularga munosabatingiz?

Ular mani juda hurmat qilishadi va unga javob man ham ularni qadrlayman.
3091. Shirin
Bir qop aql va bir qop boylik. Qaysi birini olardingiz?

Aqlni ishlatib boylikni olardim.
3093. Ulug'bek-1989
Qaysi shoir yoki bastakor bilan ijodiy hamkorlik qilasiz?

Ko'proq qo'shiqlarimni o'zim bastalayman. Shoirlardan Bobur Bobomurod, Tohir Muhammad, Jaloliddin Rumiy, Hazrat Navoiy she'rlaridan foydalanman. Kelajakda ko'p shoirlar bilan hamkorlik qilish niyatim bor.
3096. Flowergirl
Sizga nisbatan aytilgan qaysi tanqiddan jaxlingiz chiqqan?

Aldashni yoqtirmayman, rostini aytaman, Hudoga shukur hozircha tanqidlardan yiroqroqmiz.
3097. XUDOYORXON
San'at olamidagi o'g'irliklar, turklardan, xindlardan... Bu milliy estradamizga bo'lgan xurmatsizlik yoki sa'natimizga yetkaziladigan ziyon degan fikrga qo'shila olasizmi?

Hamma o'girlaydi. Bu dunyoda hamma og'ri, Afandining gapi to'g'ri. Eplagan qaddini ursin.
3101. Dostonbek_N
Sherbek Shodiyev qachon Jizzaxda o'zlarining yakkaxon konsertlarini beradilar. Adashmasam ertaga Jizzaxdagi yangi yil bazmida ishtirok etasiz?

Hozir shu tadbirga tayyorgarlik ko'ryapmiz.
3102. Nargiz
O'zingizni ojiz his qilgan paytlaringiz bo'lganmi? Sir bo'lmasa qaysi vaziyatlarda?

Yo'q. Chunki, har doim ishonch bilan aniq harakat qilaman!
3104. JURNALIST
Besh kunlik dunyoda o'ynab kulish kerak! Bu gapga qanday qaraysiz?

To'g'ri faqat aql bilan. (G'am g'ussaga ne hojat!)
3108. Shirin
Tasodifan xaq bo'lsangiz ham ayol kishi bilan baxslashib qoldingiz...

Jim turaman! Haqiqy erkak ayol kishi bilan baxslashmaydi.
3123. C.Ronaldu 7
Dj.Max sizni ushbu loyihaga taklif qilganda sizning birinchi javobingiz?

Juda hursand bo'ldim. Chunki jurnalistlar intervyularga taklif qilishsa yo'q demaganman. Shu orqali muhlislarga yaqin bo'lamizku ahir.
3137. Kamtarin
Qiziqarli suhbatimizga vaqt ajratib kelgan Sherbek Shodiyevga ulkan tashakkurlarimizni izxor etamiz. Qiziqarli savollar bilan qatnashgan barcha forumdoshlarga katta rahmat!
Mehmon: Sherbek Shodiyev
Eng yaxshi savol: Shirin
Olib boruvchi: IRFON
Oqayiq.Uz 23.12.2011