Dildan suhbat
22.07.2011 sanasida Oqayiq.Uz sayti Milliy Forumida ushbu Forumning faol a'zosi Ozodjon Ro'zimurodov bilan sayt foydalanuvchilari uyushtirgan suhbat.

1009. IRFON
Bugun galgi mehmonimiz samimiy forumdoshimiz Ozodbek_007 bo'ladilar. Marhamat ushbu suhbatdan bahramand bo'ling!
1011. IRFON
Xush kelibsiz! O'zingiz haqingizda qisqacha?

Ro'zimurodov Ozodjon To'lqin o'g'li. 1992-yil 22-iyul Jizzax shaxrida tavallud topganman.
1014. "LOCHIN"
Dastlab suramoqchi bo'lganim orzuingiz haqida?

Ota onamni bahtli qilish va hozircha o'qishga kirish!
1016. IRFON
Baxt deganda nimani tushunasiz?

Yaqinlarim salomatligi, shunday diyorda yashayotganim va musulmon bo'lib tug'ilganimni baxt deb tushunaman.
1017. Bahrom1113
Hayotda hech xato qilib bundan afsuslanganmisiz?

Hichik xatolar hammada uchraydi. Katta xatoga yo'q qo'yganman va hozirda afsuslanaman. Qayta bunday qilmaslikga harakat qilaman.
1020. IRFON
Oilada nechta farzandsizlar?

Beshtamiz. Ikkita opam, akam ukam va men.
1022. IRFON
Forumdagi 3ta eng yaqin do'stingiz?

Siz LOCHIN va Baxtishka. Boshqalarni ham o'zimga do'st deb bilaman.
1024. Bahrom1113
Qachon oila qurmoqchisiz va qanday umr yo'ldoshni qanday tasavvur qilasiz.

Hali yoshligimni hisobga olib o'qishga kirib ketsam 25 yoki 26 yoshlarda uylanmoqchiman. Turmush o'rtog'imni oqila aqlli va qalban go'zal bo'lishini hohlayman.
1025. Sherzod
Нималарга кизиккасиз?

Futbolga qiziqaman. Bundan tashqari turli statistik malumotlarga.
1030. ¤ Mushtariy ¤
Iymonni ziyoda qilish uchun nimalar qilish kerak?

Iymonni ziyoda qilish uchun xaq yo'lni tanlay bilish kerak.
1033. Dj.Xon
Do'stingiz bilan kelishmovchilik bo'lganmi?

Kichik kelishmovchiliklar bo'lib turadi. Katta kelishmoqchiliklar bo'lmagan.
1034. ManUtd.com
Севинч кўз ёшлари! Бундай холат сизда бўлганми? Сир бўлмаса қачон?

Bunday hollar ko'p bo'lgan.
1035. IRFON
Ismiz o'zizga yoqadimi va kim qo'ygan?

Albatta o'zimga yoqadi. Onamlar qo'yganlar!
1038. "LOCHIN"
Oqayiq.uz bu sayt siz uchun?

Internet olamidagi birinchi forum. Eng qadirdon do'stlar orttirdim.
1042. Bahrom1113
Siz uchun eng afzal narsa nima?

Afzal narsalar hozirda ko'p. Bir biridan ustun qo'yolmayman.
1045. IRFON
Manchester Yunaytedga necha yildan beri muxlislik qilasiz?

Futbol nimaligini tushunganimdan beri!
1048. Dj.Sher
Bir kishi sizga xiyonat qildi. Sizni ishonchingizdan, mehringizdan foydalanib sizni aldab ustingizdan kuldi. Siz unga qattiq ishonardingiz. Buni anchadan keyin sezib qoldingiz. Ko'nglingiz qattiq og'ridi. Lekin u sizdan kechirim so'ramadi. Uni kechira olasizmi? Va bu tafayli barcha insonlarga bo'lgan ishonchingiz yo'qoladimi?

Kechiraman. Inson doim kechirimli bo'lishi kerak. U bilan aloqalarim sustlashi mumkin. Boshqa insonlarga ishonchin qanday bo'lsa shundayligicha qoladi.
1053. Bahrom1113
1. Sizni futbol klubga taklif qilishsa o'ynaysizmi? Qaysi klubda?
2. Siz javob berolmaydigan qanday savollar bor?

1. Manimcha endi kech. Holi jonimga qo'yishmasa Terma jamoamizda va klublardan MAN. Utd da o'ynagan bo'lardim.
2. Vaziyatga qarab.
1058. IRFON
Sevganmisiz? Hozirchi?

Yo'q hozir ham. Faqat ALLOHni sevaman.
1070. Dj.Onur
Hayotda nima topdingiz-u nimani yo'qotiz?

Ko'p narsalar berdi va onamdan mahrum etdi.
1072. Dj.Xon
Siz o'zingizni qanday odamlar toifasiga qo'shasiz?

Inson o'ziga o'zi tarif berolmasa kerak. Unga boshqalar tarif beradi.
1086. Dj.Xon
Ojiz qolgan paytingiz bo'lganmi? Yani bir insonga yordam bergiz keladiku lekin imkon topa olmaganmisiz?

Hozircha bunday holat kuzatilmagan.
1092. IRFON
Halol va xaromni orasida shubxali narsalar bor. Halolligiga shubxali narsalarga duch kelsangiz qanday yo'l tutasiz?

Bu narsaga yaqinlashmayman. Bundan yiroq yuraman.
1098. DJ^UMED
Сиз ночор холда колдингиз. Масалан пулдан муаммо чикди. Сиз бирор нарсангизни сотишга карор килдингиз. Уша буюмингизга харидор булган одам ваъда бериб нарсангизни олса-ю пулини бермаса алдаб куйса. Сизга пул жуда керак. Сиз кандай холатга тушасиз. Нима киган булардингиз?

Yaqinlarimdan va do'stlarimdan madad so'rayman.
1099. "LOCHIN"
Yolg'onga munosabatingiz?

Yolg'on yaxshilikga olib kelmaydi. Lekin o'z joyida yaxshilik uchun yolg'on so'z ishlatish mumkin deb o'ylayman.
1113. Dilnoza..!
Ota-onangizga bo'lgan mehringizni yashirmasdan namayon qila olasizmi?

Oshkora qilish shart emas. Ularga mehrim cheksiz.
1130. M@RSH@L
Muhabbatni rashkdan yaqin do'sti bo'lmaganidek, undan battar dushmani ham yo'q. Rashk nima? Shu tuyg'u insonga kerakmi?

Rashk kerak. Albatta meyorida.
1136. IRFON
Yoqtirgan dam olish mashg'ulotingiz?

Do'stlar bilan futbol o'ynab turaman.
1148. Dj.Xon
Onangizni yeg'laganlarini ko'rganmisiz?

Eslolmayman. Chunki yosh bo'lganman.
1155. IRFON
Maroqli suhbatingiz uchun tashakkur. Boshlayotgan o'qishlarizda omad tilaymiz! Baxtu saodat hamrohingiz bo'lsin!
Mehmon: Ozodbek_007
Eng yaxshi savol: Dj.Sher
Olib boruvchi: IRFON
Oqayiq.Uz 22.07.2011