Dildan suhbat
30.09.2011 sanasida Oqayiq.Uz sayti Milliy Forumida ushbu Forumning faol a'zosi Nozimova Madinaxon bilan sayt foydalanuvchilari uyushtirgan suhbat.

1931. IRFON
Assalomu alaykum! Aziz forumdoshlar, bugungi mehmonimiz barchamiz xurmat qilgan, kimgadir do'st, kimgadir opa va kimgadir singil bo'lib forumda o'z joyini egallagan, yangi moderator qizimiz ¤ Mushtariy ¤ bo'ladilar. Marhamat suhbatni boshlaymiz!
1933. IRFON
Dildan Suhbat loyixasiga xush kelibsiz! O'zingiz haqingizda qisqacha ma'lumot bering!

Men Namangan shahrida, oddiy ishchilar oilasida tug'ilganman. Ma'lumotim o'rta. Kasbim tikuvchi va birinchi toifali oshpaz (tort, pishiriq, salat). Xozirda yana bir kasbni egallamoqdaman.
1937. Baronbek
Yoshlikda kim bo'lishni orzu qilgansiz?

O'qituvchi. Lekin baxtga qarshi oliygohlarda o'qish nasib etmadi.
1938. C.Ronaldu 7
Siz o'zingizni hozirgi kunda baxtliman deya olasizmi?

Albatta baxtliman deya olaman.
1939. Chingizxon
Biz negadir yaxshilik qilganlarnimas aksincha yomonlik qilganlarni eslab qolamiz. Nima uchun?

Yaxshiliklarni xam eslab turamizu, noshukurmizda. Yomonliklar esa yuragimizni qattiq larzaga solganligidan ko'proq eslasak kerak.
1943. Flowergirl
Onangiz bilan qanchalik yaqinsiz? Hamma sirlaringizni aytasizmi?

Juda yaqinman. Lekin hamma sirimni ham aytavermayman.
1946. Baronbek
Ayollardan yoshi so'ralmaydi diyishadi. Bunga fikringiz?

Unchalik axamiyati yo'q deb o'ylayman. Baribir so'rashadiku.
1948. BAXTISHKA 2011
Hozirgi kunga qadar siz ota-onangizga munosib farzand bo'ldim deb ayta olasizmi?

Hozirgi kunda ha deb o'ylayman.
1951. IRFON
Oilangiz haqida gapirib bering?

Oilada 3 qiz va bir o'g'ilmiz. Man ikkinchi farzandman. Opam turmushga chiqqanlar, 2 ta jiyanim bor.
1952. Chingizxon
Sizningcha ayol haqiqatdan ham ojizami?

Ha ojiza. Chunki u haq bo'lganda ham erdan past pog'onada turadi. Ichidagini hamma vaqt ham aytolmaydi.
1954. Flowergirl
Tinchlik va sog'lik, qaysi biri muhimroq sizningcha?

Sog'lik muhimroq. Tinchlik bo'lsa-yu bu sog'ligingiz joyida bo'lmasa, tinchlik ham tatimaydi.
1960. BAXTISHKA 2011
Agar sizga "BAXT QASRI"ni qurish vazifasi topshirilsa uni nimadan qurgan bo'lardingiz?

Pok niyat, mexr, ishonchdan qurgan bo'lardim.
1961. C.Ronaldu 7
Ismingizni kim qo'ygan?

Rahmatli otam qo'yganlar. Lekin onam boshqa ism aytgan ekanlar.
1963. Kimsan Birov
Sizga real hayot muhimmi yoki forum?

Forum vaqtinchalik. Real hayotda esa forumdan olgan bilimlarim, do'stlarimni qadrlayman!
1964. Шохруххон
Kimlarga yahshilik qilish kerak?

Hammaga birdek yaxshilik qilish kerak. Dilda yaxshilik qilish niyat bo'lsa u odamni tanlamaydi.
1967. M@RSH@L
Eng sharafli burch deb nimani bilasiz? Buni ado etdingizmi?

Yo'q. Xayot xali oldinda…
1968. IRFON
Tasavvur qiling, sizga xat keldi. Xatda: Sizni sog'indim... deb yozilgan halos. Kimdan va qachon jo'natilgani noma'lum. Eng birinchi kim yodingizga tushadi?

Uzr. Aniq javobni yoza olmayman.
1973. Chingizxon
Ko'z yoshlar ayol quroli deyishadi. Siz bu quroldan qay darajada foydalanasiz?

Ko'z yoshdan foydalanmayman. Lekin asabim buzilsa xam, xursand bo'lib ketsam xam bu ko'z yoshlar tayyor!
1975. Шохруххон
Nogiron yigitning sevgi izhoriga qanday javob berasiz? U bilan xayot yo'lizni bog'lay olasizmi? Yani nogiron yigitning baxti uchun o'z baxtizdan kecha olasizmi?

Agar u meni sevsa, man uni sevsam jonim FIDO!
1979. BOBURIY
¤ Mushtariy ¤, Forumda sizga masuliyatli vazifa yuklatildi va yangi ochilgan "qizlar" bo'limiga yolg'iz o'zingiz moderatorsiz. Kelajakda ushbu vazifangiz bo'yicha qanday yangilik va o'zgartirishlar qilmoqchisiz?

Hozircha bu xaqda aniq bir narsa deyaolmayman. Albatta sizlar bilan maslahatlashgan holda ish qilaman.
1982. BAXTISHKA 2011
Qiz bola uchun hayotda eng kerakli narsa nima deb o'ylaysiz?

Shirinsuhanlik va uddaburonlik eng muhimi.
1984. Dj.Sher
Hammaning ham ichida o'z "men"i bo'ladi... Ana shu "men"dan chiqqan xulosani qo'yib, "u"ning xulosasiga rozi bo'lish va shunga ko'nikish uchun, shaxsan siz o'zingizni qanday isloh (yoki tarbiya) qilasiz?

"Men"dagi va "u"dagi fikrlarni taroziga qo'yib xar tomonlama o'ylab, ma'qulini tanlayman.
1985. Kimsan Birov
Forumda 8000 ta post qoldirgan va aksincha 80 ta post qoldirgan forumdoshlarning siz uchun farqi bormi?

Men uchun post sonini farqi yo'q. Qoldirgan posti 20 ta bo'lsa xam uning qandayligi bilinadi menimcha.
1988. Baronbek
Har bir inson kimgadir o'hshashni xohlaydi. O'zini o'sha insondek tutishga harakat qiladi. Siz uhcun o'sha inson ya'ni idealingiz kim?

Hayotda mukammal insonni o'zi yo'q. Lekin "Qashqirlar makoni"dagi Polatni onasi Nazifa onaga o'hshagim keladi.
1992. Flowergirl
Oldingizda yaxshi gapirib, ortingizdan g'iybat qiluvchi qo'shtirnoq ichidagi do'stlarga munosabatingiz?

Eshitib qolsam g'azablanaman! Keyin pasayaman. Bu xam bir saboq.
2004. BOBURIY
Shaxsiy xayotingizda ustoz deb bilgan insoningiz kim? Forumdoshlarga javob yozishingizda foydalanyotgam xarflarni sizga tanitgan uztozingiz xaqida ham biroz to'xtalib o'tsangiz. Forumda, umuman olganda internetda kimlarni uztozim deb bilasiz?

Birinchi ustozim Zuhra Abdullayeva, bo'r yeyishni yoqtirardilar. Ajoyib ayol edi. Internetda ustozim deb IRFON do'stim va siz deb bilaman.
2012. Chingizxon
Forumga ¤JADI¤ niki ostida kirgan qiz va ¤Mushtariy¤ örtasida qanday farq bor?

Ancha farqi bor. JADI uquvsiz edi. Mushtariy tajribali. Lekin nik egasi o'sha-o'sha. Faqat do'stlari ko'paygan.
2013. Flowergirl
Forumdagi do'stlaringiz haqida hayotdagi do'stlaringizga gapirib berganmisiz?

Albatta gapirganman, gapirib kelaman, juda xam ko'p marta!
2015. MusliMBEK
Nafrat haqida fikringiz?

Nafrat so'zidan nafratlanaman. Lekin istaymizmi yo'qmi kimdandir, nimadandir nafratlanamiz.
2018. Ulug'bek-1989
Hayotimiz tasodiflarga to'la. Sizning hayotingizdagi eng baxtli tasodif qaysi?

Tasodif... Juda ham ko'p tasodirlar bo'lgan. Eng baxtlisi "kimnidir" uchratganim. Qo'shtirnoq ichidagi sir.
2022. Baronbek
Siz uchun qaynona kim? Ya'ni qanday inson?

Men uchun qaynona "ONA". U ham farzandni tug'ib kamolini ko'ray deydi. Qaynonani hurmatini joyiga qo'yish kerak.
2025. Chingizxon
Forumdan ketgan qaysi forumdoshni alohida hurmat bilan eslaysiz?

Dilnozani (tushunmovchiliklar bo'lgan bo'lsa ham) xurmat bilan eslayman!
2032. Ulug'bek-1989
Armonga aylangan eng katta orzuyingiz?

Talaba bo'lish nasib etmagan.
2038. Chingizxon
Peshonaga yozilgani bo'ladi degan gap bor. Agar shunday bo'lsa peshona orqasidagi miya nima uchun berilgan?

Peshonadagi yozuvlar Alloh tomonidan yozilgandir. Miya qayerda joylashishidan qat'iy nazar, agar Alloh hohlasagina o'sha miya ishlaydi, bo'lmasa yo'q. Lekin yaxshi niyat bilan duoda bo'lmoqlik kerak!
2040. Шохруххон
Kambag'allik aybmi?

Yo'q aybmas. Ma'nan qambag'allik esa kulfatdir.
2051. IRFON
¤ Mushtariy ¤, ajoyib suhbatingiz uchun tashakkur. Qaniydi yana davom etsak, afsuski vaqt hamma uchun bir xil belgilangan! Asalni ozi shirin. Onangiz, oila a'zolaringiz, va barcha yaqin insonlaringiz baxtingizga salomat bo'lsinlar! Baxtli kelin, baxtli ona bo'lish nasib etsin! Har bir kuningiz avvalgisidan xayrliroq bo'lsin! Bu dunyoda ham oxiratda ham yuzingiz oyday yorug' bo'lsin! "Dildan Suhbat" loyihasida yana kutib qolamiz. Salomat bo'ling!
Mehmon: ¤ Mushtariy ¤
Eng yaxshi savol: Chingizxon
Olib boruvchi: IRFON
Oqayiq.Uz 30.09.2011