Dildan suhbat
23.09.2011 sanasida Oqayiq.Uz sayti Milliy Forumida ushbu Forumning faol a'zosi Toshboyev Javlonbek bilan sayt foydalanuvchilari uyushtirgan suhbat.

1798. IRFON
Oqayiq.uz saytining "Dildan Suhbat" loyihasining bu galgi mehmoni, o'z bilimi va faolligi bilan forumda judayam tez o'z o'rniga ega bo'lgan M@RSH@L ya'ni Javlonbek bo'ladilar. Marhamat suhbatni boshlaymiz!
1800. IRFON
Do'stim hush kelibsiz! O'zingiz haqingizda qisqacha ma'lumot bering!

Men 1989-yil 27 yanvarda tug'ilganman. Oilada 6 kishimiz. Buvam, buvim, dadam, oyijonim, singlim va men. Namangan viloyati Kosonsoy tumani Tergachi qishlog'idanman.
1803. Izlanuvchi
Hayotdagi shioringiz nima?

Faqat olg'a intil, ana shunda g'alaba seniki bo'ladi. Bu meni eng sevimli shiorim.
1807. Chingizxon
Qishloq va shahar! Sizningcha tafovut qay darajada? Agar shaharda tug'ilib o'sganingizda qanday bo'lardingiz? Hech ko'ngliz o'ksiganmi qishloq bolasi ekaningizdan?

Qishloq bu qishloq. Unda hamma inson samimiy. Ha afsuslanganman.
1808. IRFON
Xobbiyingiz?

Stol tennisi va valeybol o'ynash.
1809. Dj.Tillo
Birinchi bor qaysi taomni tayyorlagansiz?

Tuxum qovurganman.
1813. Izlanuvchi
"Telba" filmi ohirida qiz o'zini tepalikdan tashlashini qanday baxolaysiz?

Bu albatta kino. Lekin men buni qoralayman. Ya'ni Jamshid aka aytganidek jon oluvchi faqat bitta OLLOH!
1816. IRFON
Saxovat fazilati sizda yetarli darajada ekaniga ishonasizmi?

Maqatnmoqchi emasmanku lekin ishonaman.
1817. Flowergirl
O'quvchilaringiz bilan qanday munosabatdasiz? Ular bilan urushgan paytlariz bo'lganmi?

Samimiy. Albatta urushgan paytlarim ko'p bo'lgan.
1818. Dilbegim
Shoir Iqbol Mirzo singil va ko'ngil so'zlarini bir-biriga juda yaqin deganlar. Sizda qanday? Singliz ko'nglingizga yaqinmi?

Abatta Iqbol Mirzoning fikriga qo'shilaman. Axir bitta singlim bor. Uning yagona daldasi menman. U yo'qligida o'zimni biror narsamni yo'qotganday bo'lib qolaman.
1821. Izlanuvchi
Mirzo Ulug'bek bobomizni o'z o'g'li qatl qilgan deyishadi. Bunga tarix qanday munosabat bildiradi?

Albatta salbiy. Bu tarix uchun, qolaversa fan va dunyo uchun ulkan yo'qotish bo'lgan.
1825. IRFON
Forumdagi eng yaqin do'stingiz?

Do'stlikni chegarasi yo'q. Hamma meni do'stlarim. Birlari akam, birlari ukam. Opa-singillar ham ko'p. Ajaratib ko'rsatolmayman.
1827. ¤ Mushtariy ¤
O'quvchilaringizdan biri sevib qolsa...

Bunga e'tibor bermaslikka va sezmaganga olishga harakat qilaman. Chunki achchiq gap bilan uni hayotini buzib yuborish mumkin.
1830. Dj.Tillo
Hayotda nimani yo'qotishdan qo'rqasiz?

Onam va singlimni yo'qotishdan qo'rqaman.
1833. Xakimul_ummat
O'zbek deganda nimani tushinasiz. Siz o'zbek nomini oqladingizmi?

O'zbek deganda butun bir O'zbekiston xalqini tushunaman. Hali aytarli narsa qilmadim-u, lekin o'zbek farzandlarini tarbiyalayotganlarimdan faxrlanaman.
1835. Flowergirl
Biz tomonlarda tarixni bitirgan o'g'il bolalar kelib bir-ikki yil o'qituvchi bo'lib ishlashadi-yu kegin boshqa sohaga o'tib ketishadi. Sizchi, kasbingiz yoqadimi yoki vaqtinchalikmi?

To'g'ri bizda ham shunday. Uydagilar ham shu fikrda. Lekin kasbimni sevaman. Ayniqsa "meva" berganda allanechuk hissiyotlar qamrab olganda buni his qilasiz.
1837. Izlanuvchi
Aql va qalb, qaysi bir ustun?

Albatta bu vaziyatga bog'liq. Hayotda aqlni ham qalbni ham o'z o'rni bor.
1838. Chingizxon
Oqayiq.uz forumi sizga nima berdi?

Do'stlarni va o'zgacha fikrlashni berdi. Afsuski men hech nima berolmadim deb qo'rqaman.
1846. ¤ Mushtariy ¤
Vijdon erki... Sizningcha "vijdon" qachon erkin bo'ladi?

Vijdon hamisha erkin. Faqat bu insonning o'ziga bog'liq.
1847. IRFON
Mazmun nima, mohiyat nima?

Mazmun va mohiyat meni nazarimda bitta tushunchalar. Faqat mohiyat kengroq ma'nolarni bildiradi.
1853. Dilbegim
Bir o'qituvchi sifatida bugungi maktab ta'limini qay darajada deb hisoblaysiz?

Ta'limda hozirgi kunda hammasi a'lo darajada.
1858. Chingizxon
"Qarg'a qarg'ani ko'zini cho'qimas" deyishadi. Nega insonlar bir birin ko'zlarin o'yar? Insoniyat hayvondan ham pastlashdi go'yo? Fikringiz qanday?

"Inson maymundan emas, maymun insondan yaralgan degan" gapni eshitgandim. Afsuski bu illat borgan sari ko'payapti. Chunki tilyog'machilik va ko'rolmaslik bor ekan hali davom etaveradi.
1866. Flowergirl
O'qigan yoki ishlaydigan qizlar haqida fikringiz qanday? Bo'lajak rafiqangizni ishlashiga ruhsat berarmidingiz?

Nega endi yo'q deyishim kerak. Albatta o'qigan qizni yomoni yo'q. Qolaversa bir-birimizni tushunishimiz osonlashadi.
1875. Shams 88
Siz uchun qalbingizga orom va tinchlik ulashuvchi baxt nima?

Yurt tinchligi. Undan so'ng oilam tinchligi. Yurt tinch bo'lmas ekan oila qandoq tinch bo'lishi mumkin?
1878. Chingizxon
Pedagogikada eng muhim omil nima?

Mani fikrimcha bolaning qalbiga yo'l topa olish. Uning psixalogiyasini bilish.
1880. J_JAMSHID
Никингизни рангини корага узгартиришингизга нима сабаб булди?

Qora rang ham chiroyli ekan.
1888. Xavi
Sevgi yo'q deyapsiz. Unda tojmaxal nimani mevasi.

Tojmahal bu vasiyatga binoan qurilgan me'moriy yodgorlik xolos. Insonlar bir-biriga qattiq bog'lanib qolganini sevgi deb o'ylashadi.
1890. Sherzod
Дилингизда хеч кимга айта олмайдиган сирингиз борми?

Albatta bor. Afsuski buni qalbimning tub-tubiga ko'mishga majburman...
1899. TALABA_31
O'zbekiston…

O'zbekiston - bu hammamiz. Biz o'zbek farzandlarimiz. Ana shu nomni xalqaro arenalarda eshitsak g'urur va faxr tuyg'usini sezamiz. 27 million aholi bu O'zbekiston!
1900. Maftuna
Hayotda nimalarni qadrlaysiz?

Umrni qadrlayman. Qarang qanchalik tez o'tmoqda…
1902. Chingizxon
O'qituvchilikni shunchaki tirikchilik manbaiga aylantirib olgan insonlarga nima degan bo'lardingiz?

Bundaylar bizda juda ko'p. Ularga "Gunohga botayotganini aytardim". Chunki o'quvchi bilim olish uchun keladi. "Bir kun bilim olish, bir kun toat ibodatga tengligini" eslatardim. Afsuski bularga ta'sir qilmaydi.
1903. J_JAMSHID
Психологияда "Мен" тушунчаси бор. Уша тушунча сизда хам куринмокда. Шуни тан оласизми?
Форумга келганингиздан бери айтолмаган фикрингиз борми? Бор булса канака?

Nen degan tushuncha hech qachon bo'lmagan. Balki menga shunday tuyular. Bahoni sizlar berasizlar. Demak sizning nazaringizda shundayman.
Ha ko'p bo'lgan. Afsuski o'sha paytlari ayta olmasdim. Jur'atim yetmasdi.
1909. IRFON
Javlonbek, ajoyib suhbatingiz uchun tashakkur! Kelajakda barcha orzularingiz ro'yobga chiqsin. Yaqinlashib kelayotgan o'qituvchilar bayrami bilan tabriklaymiz! Pedagog degan ulug' va mas'uliyatli kasb sizga hamisha hamroh bo'lib, qo'lingizda bilim olgan yoshlarimiz buyuk allomalar bo'lib yetishsin! Salomat bo'ling!
Mehmon: M@RSH@L
Eng yaxshi savol: Dilbegim
Olib boruvchi: IRFON
Oqayiq.Uz 23.09.2011