Dildan suhbat
03.09.2011 sanasida Oqayiq.Uz sayti Milliy Forumida ushbu Forumning faol moderatori Ergashev Abdulloh bilan sayt foydalanuvchilari uyushtirgan suhbat.

1441. BOBURIY
Bugungi mehmonimiz Abdulloh bo'ladilar. Hammamiz hurmat qiladigan do'stimiz bilan suhbatni boshlaymiz!
1442. IRFON
Assalomu alaykum! Aziz forumdoshlar! Ushbu loyixada mehmon bo'lib turganimdan juda xursandman!
1447. Dj.Max
Suhbatimiz avvalida o'zingiz haqingizda to'liqroq ma'lumot berib o'tsangiz!

Ergashev Abdulloh, 1990-yil 9-yanvarda Andijon viloyati Izboskan tumanida tug'ilganman. Muayyan kasbga hali ega emasman. Qizishlarim judayam xilma xil.
1443. BOBURIY
Oilaviy xolatingiz haqida qisqacha ma'lumot bersangiz?

Oilada 5 o'g'ilmiz. Men to'rtinchi o'g'ilman. Dadamlar mahallar fuqorolar yig'inida uzoq vaqt ishlaganlar. Undan avval traktor va mashinasozlikda ishlagan ekanlar. Onamlar uy bekasi. Eng katta akam radiotexnika soxasida telemasterlikda ishlaydi, ustaxonamiz bor. Ikkinchi akam stol stul kabilar yasaydigan duradgor. Uchinchi akam shofyor. Ukam kasb hunar kollejida radiotexnika soxasida 3-kursda o'qiyda. Ikkita kelinoyim, 5ta jiyanim bor.
1445. Mirjalol
Insoniylik va insonparvalik tushunchasi yo'qolib bormoqda deb o'ylaysizmi?

Insonparvarlik ko'p xalqlar ichidan ko'tarilayotgani rost, buni oldini olish uchun ta'lim tarbiyaga qattiq e'tibor qaratmoq zarur!
1446. ¤ Mushtariy ¤
Maktabdan so'ng qayerda ta'lim olgansiz?

2007-yilda tumanning 1-sonli maktabida 11-sinfni yakunlaganman. Bolalikdan orzuyim Toshkent Islom Universitetida o'qish bo'lgan. Afsuski ayni o'sha yilgi ba'zi voqealar va sabablarga ko'ra bunga erisholmadim. Hozirda shahar markazida ikki qavatli bino qurdiryapmiz, hozir bitkazishga harakat qilyapmiz. Shu binoda biror tadbirkorlik qilmoqchiman, bir necha xil rejalar mavjud. Ammo o'qishga kirishdan hali ham umidimni uzmadim. Nasib qilsa bu orzuyim ham ushaladi deb umid qilaman.
1450. Chingizxon
Ayni damda sizni kuyuntirgan va suyuntirgan holatlar?

Kuyunganim vaqtimiz judayam tez o'tib ketyapti. Suyunganim kechagina nishonlagan qo'shaloq bayramlar!
1453. BAXTISHKA 2011
Yo'lingizdan Xizrbuva chiqqanlarida nima so'ragan bo'lardingiz?

Xizrbuva chiqmasligi aniq. Buni Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf "Zikr axlidan so'rang" kitobchasida batafsil tushuntirganlar.
1458. Jasur_aka
Siz ko'ngil borasida kimga yaqinsiz? Onajonizgami yo otangizgami?

Ikkalasiga ham teng aslida. Lekin dadamdan biroz xaybati tutgani uchun, ayamga ko'proq dardimi aytaman.
1459. Chingizxon
Sharq va G'arb. O'xshashliklar va tafovutlar. Qay biri ustun? Biz g'arbdan nimalar o'rganishimiz va o'rgatishimiz kerak?

G'arbdan biz texnika va fan taraqqiyotini o'rganaylik. Dinu diyonat, urf odatlar borasida esa Sharqona madaniyatdan ayrilmaylik.
1460. ¤ Mushtariy ¤
Iymonni salomat tutishda nimalarga e'tibor berasiz?

Yaxshi insonlar bilan ko'p suhbat qurish va hamisha yaxshilar bilan yurish, bu iymonni salomat tutishda eng samarali yo'ldir!
1465. Jasur_aka
Hayot falsafangiz bormi? Bo'lsa u haqida to'liqroq ma'lumot bering!

Falsafa bo'yicha yetarli bilimga ega emasman. Ammo shior ma'nosida savol berilgan bo'lsa: Hamisha shirinso'z bo'lmoq!
1467. Jasur_aka
Nega aynan IRFON deb nik nomlagansiz? Bu so'z qanday manoni bildiradi?

IRFON nikni bir Toshkentlik pedagog akam maslaxat berganlar. Ma'nosi: chuqur anglamoq, deganidir!
1470. Mirjalol
Orzu bilan armonni orasini qanchalik uzoq deb o'ylaysiz?

Ikkining orasi unchalik uzoq emas deb o'ylayman.
1472. Chingizxon
Siz anglagan eng buyuk haqiqat nima?

Har kim o'z amali uchun albatta ajr olajak!
1477. Ulug'bek-1989
Ota-ona orzusi uchun o'z orzularingizdan kecha olasizmi?

Kecha olamanmi bilmadim, ammo kechsam arziydi. Ul insonlar oldidagi qarzimni ming yil xizmat qilib ham uzolmayman. Umrlar uzoq bo'lsin!
1480. Dj.Max
O'zbekning qaysi tarixiy shaxsi qilgan ishlar yuragingizni jumbushga keltirgan?

Eng xayratda qolganim Amir Temur.
1481. Mirjalol
Ilk tayyorlagan taomingiz? Mastava.
1482. BOBURIY
1. Eng katta orzuyingiz?
2. G'urur so'ziga sizni umumiy ta'rifingiz?

1. Eng katta orzuyim, ota-onamga, elimga yurtimga, xalqimga vatanimga sodiq va loyiq farzand bo'la olish va shu orqali meni yo'qdan bor qilgan Zotni rozi qilish.
2. G'urur, istiloxiy ma'noda yigitning jasorati, bir gapli bo'lishi, mardligi deb ham ishlatiladi. Ammo yana bir ma'nosi kibrlanishga ham bog'liqdir. Hozir to'liq ta'rif keltira olmadim.
1485. Jasur_aka
Hech umrizda biror narsadan ko'z yosh to'kganmisiz? (Chaqaloq yillarni hisobga olmaganda.)

Ha albatta! Misollar juda ko'p, Tog'am vafot qilganida g'amginlikdan ko'z yosh to'kkanman. O'zbekiston Osiyo chempionati 1-o'yindayoq mezbonlarni mag'lub qilib chiqib ketayotganda yig'lagandim. Eslasam ancha bor.
1492. Mirjalol
Sevgan insoniz sizni tark etishni istasa nima derdingiz?

Nima ham derdim, Oq yo'l... Garchi qalbimni birga olib ketayotgan bo'lsada...
1495. Chingizxon
Yurak urib turar ekan xatolar qilaverasan. Faqat o'lim xatolarga nuqta qo'yadi. Sizningcha qanday?

Xato qilishdan o'limdan avval ham to'xtash mumkin. Bir marta qoqingan joyda takror qoqinish oqilning ishi emas. O'lim esa butunlay xato qilish imkoniyatini ham yakunlaydi. Shu ma'noda tushunaman.
1498. BOBURIY
"Forum" so'zi ma'nosini bilasizmi va sizningcha forumdan foydalanishda asosan nimalar maqsad qilinilishi kerak?

Forum so'zining ma'nosini eslolmadim. Forumdan maqsad, fikrlashib bilim almashish.
1501. ¤ Mushtariy ¤
Qaysi sport turi bilan muntazam shug'ullanib turasiz?

Asosan Futbol!
1504. Ulug'bek-1989
Tushkunlikni yengish uchun eng avvalo nima qilish kerak?

Ulug'bek-1989, Amerikalik olimlar kitob o'qish kerak debtilar.
1509. DENIS
Siz uchun eng katta baxt nima?

Iymon!
1519. wardenboy
1. Qachon ota-onangizni xafa qilganmisiz? Nima sababdan! Eslay olasizmi?
2. Siz ularni ohirgi marta qachon juda xursand qilgansiz va qanday?

1. Ha menimcha xafa qilganman. Lekin ota-ona juda kechirimli bo'ladilar. Qaysi holat ekanini eslolmadim, lekin bo'lgan.
2. Yaqinda Ramazonning dastlabki kunlari mendan juda xursand bo'lishdi! Vaziyatni aytolmayman.
1520. Jasur_aka
Siz uchun hayot bu …?

Imtixon!
1524. Chingizxon
Mashxur bir inson qabriga " O'limdan emas, unutilib ketishdan qo'rqaman" deb yozilgan ekan. Sizningcha ham unutilish shunchalik qo'rqinchlimi?

Aslida o'lim ham unutilish ham eng muhimi emas. Eng muhimi qanday umr ko'rgani, qanday amallar qilgani.
1547. IRFON
E'tiborlaringiz uchun kattakon tashakkur! Men uchun judayam ajoyib o'tdi. Agar birorta savolga to'liq javob berolmagan bo'lsam uzr so'rayman. Savol-javobda qatnashgan barcha do'stlarimga eng yaxshi tilaklarni so'rab qolaman. Doimo salomat bo'linglar Aziz Forumdoshlar!
Mehmon: IRFON
Eng yaxshi savol: Chingizxon
Olib boruvchilar: USZ_0085, IRFON
Oqayiq.Uz 03.09.2011