Dildan suhbat
16.09.2011 sanasida Oqayiq.Uz sayti Milliy Forumida ushbu Forumning sodiq a'zosi Farmonov Jamshid bilan sayt foydalanuvchilari uyushtirgan suhbat.

1671. IRFON
Bugungi "Dildan Suhbat" dasturi mehmoni, forumning eng xurmatli foydalanuvchilaridan biri, forum tarixida 1000, 2000 va 3000-postlarni birinchi bo'lib yozgan, j_jamshid keyin IMPERIYA va hozirda J_JAMSHID niki egasi Jamshid aka bo'ladilar!
1680. IRFON
Xush kelibsiz! O'ziz haqizda qisqacha ma'lumot bering.

Kamina Jamshid Farmonov. Samarqand viloyati Pastdarg'om tuman Juma shahrida istiqomat qilaman. Oilada dadajonim, ayajonim, akam, men va singlim yashaymiz. Akam oilali singlim turmush qurgan. Oilada bo'ydoq faqat kamina!
1678. Xakimul_ummat
Tiriklik shubhasiz bandalikdur!
Bandasizlik tiriklik sharmandalikdur?!
Bu misrani qanday tushindingiz? Misrani tushinganingizcha sharhlab bering.

Tiriklik shubhasiz bandalikdur! - Tirikligingda bandalikni ham unutma!
Bandasizlik tiriklik sharmandalikdur - Bandalikni o'ylamasang yashamasang ham bo'laveradi.
1681. Dj.Xon
Onangizga ko'ngildagidek farzand bo'la oldingizmi? Shu haqida fikringiz?

Hozircha yo'q! Onam meni dunyoga keltirdilar, parvalishladilar, o'qitdilar. Men esa onam uchun qilgan ishlarini 0,0001ni ham qilganim yo'q. Lekin onam meni hamisha qo'llab quvvatlab turadilar. Onajonimga ming bor tazimda bo'lsam ham kam!
1683. Ulug'bek-1989
Sizning hayotingizda oilangizning ahamiyati katta bo'lsa kerak. Agar sir bo'lmasa ular haqida ozgina ma'lumot bersangiz.

Sir emas. Dadam mahalla jamg'armasida ishlaydilar, onam xuquqshunos, akam bojxona xodimi, singlim SamDU 2 kurs talabasi!
1685. Mirjalol
Nega aynan Barselonani yoqtirasiz?

Chunki maktab davrimda BARCELONA o'yinlarini havas bilan kuzatardim.
1690. Chingizxon
Sizningcha inson uchun eng katta yo'qotish nima?

Men uchun inson o'z diyonatini yo'qotishi deb hisoblayman!
1694. Dj.Xon
Uylanish uchun o'zingiz qaror qilasizmi yoki ota onangiz tanlashadimi?

Ota-ona o'z farzandiga yomonlikni tilamasa kerak.
1695. IRFON
Men forumga birinchi qadam qo'yganimda Sherzodaka ikkingiz juda yaxshi kutib olgansiz! Aytingchi shuncha vaqtdan beri menga nisbatan o'sha vaqtdagi munosabatingiz o'zgardimi?

Hech qachon o'zgarmaydi. Forumdagi biror insonga nisbatan noxaq yo'lni tanlamayman. Men uchun bu forum a'zolari juda qadrli insonlar hisoblanadilar!
1703. Sherzod
Энг катта орзуингиз нима?

Eng katta orzuyim halol yo'l bilan pul topib ota-onamni haj safarlariga olib borish. Bundan tashqari barcha orzularim ikkinchi darajali!
1705. Ulug'bek-1989
Aqlga bo'ysungan maqulmi yoki ko'ngilga bo'ysungan?

Aqlga bo'ysungan inson hech qachon kam bo'lmaydi. Men shu yo'lni tanlayman!
1708. Chingizxon
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini! Ushbu fikrga qanday qaraysiz? Sizningcha yana nimalar yigitni sindirishi mumkin?

Agar ancha yillar ilgari berilganida qo'shilgan bo'lardim bu fikrga. Hozir qo'shilmayman. Izlagan imkon topar aqidasiga amal qilaman. Yigit kishini belini bukadigan narsa bu yaqinlaridan ayrilish deb hisoblayman. Lekin bu ham vaqtincha chamamda.
1712. BARON
Siz do'st tanlashda qaysi xislatlariga etibor berasiz? (Asosiylari)

Asosiy hislati muomila madaniyati a'lo darajada bo'lsa do'stlashib ketaveraman. Qolgan hislatlarini keyinchalik ham bilib olaveraman. Do'stlik ipini bog'lashim uchun juda ko'p sinovlardan o'tkazaman!
1714. Dj.Xon
Sevgan yoringiz uchun o'limni ham tan olasmi?

Yo'q hech qachon! Jon oluvchi faqat Allohdur. Uning bandasi bunga munosib emas.
1716. IRFON
Hayot sinovlardan iborat. Ularni yengishda eng asosiy omil nima deb o'ylaysiz?

Eng katta omil ishonchda deb o'ylayman. Insonda o'ziga va atrofdagi insonlarga ishonchi yaxshi bo'lsa hech qachon qoqilmaydi.
1720. Ulug'bek-1989
Hayotdagi shioringiz?

Hayotdagi shiorim: Faqat olg'a!
1723. Chingizxon
Ayni damda nimaga muhtojsiz?

Ayni paytda do'stlar diydoriga muhtojman! Chunki vaqtim ish bilan o'tmoqda.
1729. BARON
Siz turmush quradigon qiz qanday bo'lishi kerak deb o'ylaysiz?

Hudo hohlasa oboli, hayoli, hurmatini biladigan inson bilan turmush qurmoqchiman.
1730. IRFON
Yana moderatorlik taklif qilinsa qabul qilasizmi?

Yo'q qabul qilmayman. Chunki forumlarda hozir aktiv emasman. Moderatorlik qoidalarini ancha yaxshi bilasiz. Hozirda o'z kareram ustida izlanishlar olib bormoqdaman. Vaqt masalasini deb voz kechganman.
1732. Sherzod
Форумдошлардан кимлар билан хаётда учрашгансиз?

Godfazer, Zarifkhan, Shams88, rdu, Spe[c]tralar bilan uchrashganman. Hudo xoxlasa siz va boshqa forumdoshlar bilan ham uchrasharmiz.
1735. Izlanuvchi
Muomalangiz qanday deb xisoblaysiz?

Yaxshi ham yomon ham deya olmayman. Birinchi suhbatlashgan inson qo'pol deb o'ylaydi.
1736. Chingizxon
Kulishni bilmaydigan inson baxtsiz. Yig'lashni bilmaydigan inson ikki kara baxtsiz. Ushbu fikrga munosabatingiz? Sizningcha kulgu va yig'lash nima?

Aytgan fikringizga qo'shilaman. Kulgu – insonning faqat yaxshi kunlarida keladi. Yig'lash esa yaxshi kunda ham yomon kunimizga ham biz bilan birga.
1740. IRFON
Forum qaysi yo'ldan ketyapti?

Forum o'zi tanlagan yo'ldan ketyapdi. Shuncha vaqt foydalanuvchi yig'ish yo'lidan keldi, Endi sifatga ham e'tibor qaratish vaqti keldi. Diyarli 3000 ta user to'plash wap olamida chakana raqam emas.
1743. Izlanuvchi
Sharq va g'arb madaniyati! Qaysi biri afzal va nega?

Ikkalasini ham o'z o'rni bor. Sharq davlatlarida G'arbga nisbatan insonlar bir biriga yaxshi munosabatdalar. Yana bir tomoni Sharq mamlakatlarini ko'pchilik davlatlari ISLOM dinini qabul qilganlar. ISLOM dinini qanaqaligini ozmi ko'pmi barchamiz yaxshi bilamiz. Shuning uchun ham Sharq ma'daniyatini ustun kuraman. Qolaversa G'arb mamlakatlari ham Sharq mamlakatlari ma'daniyatiga havas bilan qarashadi!
1748. IRFON
Internet 21-asr uchun ko'proq yutuqmi yoki zarar?

Kimga qanaqa! Misol uchun men internetga do'stlarim bilan muloqot qilishga va o'zim uchun kerakli ma'lumotlarni olish uchun kiraman. Yana kimlardir boshqa narsalar uchun kiradi. O'zim uchun aytadigan bo'lsam yutuq deb qarayman.
1750. Sherzod
Узбек миллатини кайси фазилатлари билан фахрланасиз ва кайси жихатлари билан афсусланасиз?

Mehr oqibatli ekanligimizdan faxrlanaman! Afsuslanadigan joyi uo'ha mehr oqibat hozirda xalqimiz mentalitetidan chiqib ketmoqda.
1752. Izlanuvchi
Me'moriy obidalar nimani aks etadi o'zida?

Me'moriy obidalar o'sha xalqning ma'daniyati va ma'rifatini o'zida mujassam etadi deb hisoblayman.
1756. IRFON
Nega vaqt kutganda sekinlashib, shoshganda tezlashadi? Bilamizki aslida bir xil doim! Nega bizga bunday tuyuladi?

Insonni fe'liga bog'liq. Agar ichi tor bo'lsa shunaqa. Ichi keng bo'lsa har narsa o'z yo'lida davom etaveradi.
1758. GULZIRA
Hayot sizni alamli sinovidan o'tkazganda qanday ahvolga tushgansiz. Bu vaziyatdan chiqib ketish uchun qanday kuch topgansiz?

Yaqinlarimga suyanganman va yaqinlarimdan kuch topganman. Misol uchun forumga kelganimda Sherzod aka bilan tanishganimdan so'ng juda og'ir vaziyatga tushub qolgandim. O'shanda Sherzod akani maslahatlari bilan o'sha vaziyatdan chiqib ketganman. Shu fursatdan foydalanib Sherzod akaga rahmat aytib qolaman!
1759. Izlanuvchi
Eng yoqtirgan tarixiy shaxs?

Shiroq! Chunki oddiy cho'pon o'z jonidan kechib ko'plab insonlarni o'limdan asrab qolgan. Bunaqa mardlik har kimni ham qo'lidan kelavermaydi. Afsona bo'lsa ham!
1762. IRFON
Qum soatni umrga o'xshatdim, ammo ichidagi qum bizga ko'rinmaydi... O'lim bizga qanchalik yaqin?

O'lim biz uchun har doim hamnafas yashaydi deb o'ylayman.
1765. GULZIRA
Do'stingman deb oldingizda hushomat qilib orqangizni burib bir qadam tashlaganingizda lanat toshlarni otadigan do'stingiz bo'lsa nima qilardingiz?

Bunday vaziyat ham bo'lgan. Munosabatim hozir ham ilgarigidek lekin har qanday gapni ham aytavermayman. Chunki birovni kunglini og'ritishni hohlamayman.
1767. BARON
Qaysi yo'lni uzun va qiyin deb o'ylaysiz?

Birovni ko'ngliga yo'l topish qiyin deb o'ylayman.
1778. IRFON
Aka maroqli suhbatingiz uchun tashakkur! Hayot sinovlarida ulkan zafarlar, kuch va g'ayrat tilab qolamiz! Haqiqat doim siz bilan. Siz ham doim haqiqat bilan bo'ling! Forum iftihori bo'lib yurish doimo nasib qilsin! Salomat bo'ling!
Mehmon: J_JAMSHID
Eng yaxshi savol: Sherzod
Olib boruvchilar: USZ_0085, IRFON
Oqayiq.Uz 16.09.2011