Dildan suhbat
20.04.2012 sanasida Oqayiq.Uz sayti Milliy Forumida Yuragimda sen borsan loyihamizning muallifi Hurshidi Jahon bilan sayt foydalanuvchilari uyushtirgan suhbat.

3632. Dj.Max
Assalomu alaykum aziz forumdoshlar. Mana nihoyat uzoq kutilgan vaqt yetib keldi. Va'damizga muvofiq bugun Yuragimda sen borsan muallifi Hurshidi Jahon opamiz Dildan suhbatga yetib keldilar. Marxamat savollaringizni yo'llashingiz mumkin!
3656. IRFON
O'zingiz haqingizda qisqacha ma'lumot bering!

Men Hurshidi Jahon. Andijondanman. Oilalikman. Ikkita farzandim bor. Andijon-NRT (sobiq Diydor) radiosida boshlovchiman.
3634. HarryAli
Sizni "Yuragimda sen borsan"ni yozishga nima undadi?

Muhabbat, sevgi, ishq ...
3635. Ganso
Buyuklarimizdan biri "O'zimdagi barcha yaxshi fazilatlar uchun kitobdan minnatdorman" degan edi. Sizning hayotingizda kitobning o'rni qanday?

Juda yuksak darajada va o'rni beqiyos.
3636. ¤ Mushtariy ¤
Ba'zilar "Inson psixologiyasi" ga qiziqadi-yu, bergan savollari shaxsiy hayot haqida. Sizningcha bu to'g'rimi?

Siz esa nimaga qiziqyapsiz?
3639. Shirin
Yangi yil oqshomida soat 00:00ga bong urganda yuragingizda qanday tuyg'ular kechadi?

Eski yildagi o'tmishlar, hamma bo'lib o'tgan voqealar haqida o'ylayman. Yangi yil haqida o'ylay olmayman. Sababi yangi yilda meni nimalar ketayotganini bilmayman. Eng achinarlisi esa umrim yana bir yilga qisqardi.
3640. JURNALIST
Tanqidga qanday qaraysiz?

Tanqidga munosabatim salbiy. Tanqid qilishlarini yoqtirmayman.
3642. HarryAli
Bilamizki, qalam ahliga ijod qilish uchun ilhom kerak. Siz ilhomni qaydan, kimdan yoki nimalardan olasiz?

Haqiqiy ijodkor ilhomni kutib o'tirmaydi yoki izlamaydi. Kerak bo'lsa ilhomni yoniga o'tkazib olib ijod qiladi!
3644. Ganso
Xayolparastlik ijodkorga foydami yoki aksincha?

Ba'zida mana shu hayol orqali qoyil qoldiradigan jarajadagi yuksak asr dunyoga kelishi mumkin!
3646. BARON
Sizningcha diyonatli ayol qanday bo'lishi kerak?

Ayol kishi avvalo farosatli bo'lmog'i kerak.
3648. doctor.uz
Siz uchun sevgi va do'stlik munosabatlari?

Do'stlik bu ikki yoqlama munosabat. Sevgi bu U!
3650. ¤ Mushtariy ¤
Baxt formulasini bir so'z bilan ifodalang deganda, siz qaysi so'zni tanlagan bo'lardingiz?

Baxt faqatgina baxt so'zida mujassam.
3652. Shirin
Hayotda mo'jizalar bo'lganda, o'z hayotingizda qanday mo'jiza ro'y berishini istardingiz?

Dengiz tubiga shong'ishni hohlardim.
3653. Flowergirl
Ma'lumki radioda boshlovchilik qilasiz. Bu sohaga qanday kelib qolgansiz? Qiziqishmi, tasodifmi?

Andijondagi 33-mashurutga chiqib kelib qolganman. Albatta qiziqishim sababli.
3654. JURNALIST
Agar sevganingiz: "Menga muhabbatingizni isbotlab bering" - desa siz qanday isbotlab berardingiz. Muhabbatni o'lchov birligini qanday ko'rsatib berardingiz.

Haqiqiy muhabbat isbot talab qilmaydi va izhor ham.
3657. HarryAli
Sizningcha, agar yigit kishi bo'lganingizda ham shunday ijod qilarmidingiz?

Erkaklarga nisbatan ayollar romantikroq, hayolparastroq bo'ladi. Ehtimol yigit kishi b'lganimda bunchalik yoza olmagan bo'lardim. Bu loyihani uchun yozish erkak yoki ayol bo'lish shart emas. Hammasi yurakga bog'liq.
3661. Ganso
Haqiqiy sevgi faqat Allohni sevishdir. Yerdagi sevgi shunchaki o'rganib qolish degan fikrga munosabatingiz?

Birinchi fikringizga qo'shilaman. O'rganib qolish haqidagisi esa noto'g'ri.
3663. Andijon
Sevgisini izxor qilolmaslikni qanday baxolaysiz?

Qo'rqoqlik. Sevdingizmi albatta mavridini topib unga bildirib qo'ying.
3671. Shirin
Aytingchi, sizingcha ayol uchun eng katta baxtsizlik nima?

Hech kimga keraksiz bo'lib qolish.
3674. Maftuna
Odamga ilk nazar tashlaganingizda nimalarga e'tibor berasiz?

Menga qanday nigoh bilan boqayotganiga e'tibor beraman. Shunga qarab muomala qilaman.
3679. HarryAli
Sizningcha, haqiqiy sevgi nima? Uni nimaga o'xshatasiz?

Haqiqiy sevgini gar ushlab ko'rish yoki ko'z bilan ko'rish mumkin bo'lganda u albatta o'zini ko'rinishiga ega bo'lardi. Uni faqatgina his etish mumkin halos. Demak his tuyg'ular yurakda bo'ladi. Sevgi ham yurak shaklida bo'lsa kerak.
3682. IRFON
Radio boshlovchilarida hayajonlanish bo'larmikin? Hozirgi, savol-javob vaqtida hayajon bormi?

Albatta hayajon bo'ladi. Har gal mikrofon oldida salomlashganimda hayajonlanaman. Ushbu suhbatga taklif qilinganimdan buyon hayajonlanganman. Hozir ham davom etmoqda.
3685. BARON
Hamshahar ekanmiz. Andijon xalqini qaysi xislatlarini yoqtirasiz?

Andijon halqini ayollarga va qizlarga hurmatini yoqtiraman.
3686. ¤ Mushtariy ¤
Hozirgi kunda eng dolzarb muammolaridan biri ayol-qizlarning chet elda ishlashlariga fikringiz?

Hamma taqdirini o'zi hal qiladi. Taqdirini, hayotini qay darajada o'tkazishni inson o'zi belgilaydi.
3688. Dj.Girl
Iztirob chekib yozilgan asar rohat qilib o'qiladi. Yuragimda sen borsanni ham rohat bilan o'qidik. Siz uni iztirob bilan yozdingizmi? Juda ham ta'sirli. Bularning barchasi ichingizdan o'tgan ichki kechinmalaringizni qog'ozga tushurganmisiz?

Ba'zilar hayotimga bog'liq. Ba'zilari esa boshqa insonlarning kechinmalari bilan bog'liq. Hozir o'zim shu hikoyalarni o'qiganimda nahotki meni ham qalbimda bo'lganmikin deb o'ylayman.
3690. Andijon
Haqiqiy sevganlar izhor etolmaydilar degan fikrlar ham bor. Sevgi shundayki, uzoqlashgani sari yaqinlashadi. Yaqinlashgani sari xuddi kuydiradigandek hayajonga soladi. Balki boshiga tushmaganlar buni anglolmas. Ammo chin sevgi izhori tilga chiqishi bu juda qiyin narsa. Bunga nima deysiz?

Ba'zi yuraklar bor muhabbat qarshisida jasur bo'lib ketishadi. Ular sevgisini qo'rqmay izhor qilishadi va himoya qilishadi. Boshqalar esa juda hokisor bo'lib qolishadi. Ular na izhor qila oladi na himoya.
3691. Flowergirl
Aql va yurak. Inson ko'proq qay biriga quloq solish kerak deb o'ylaysiz?

Albatta aqlga!
3695. Orzu
Аёл кишини киркта жони бор деган гапга сизнинг муносабатингиз?

Lekin uning yuragi bitta.
3698. Shirin
Sizni shu darajaga yetib kelishingizda kimning hissasi bor?

Onamning duolari. Ular duo qilmaganida men hech kim bo'lar edim.
3699. HarryAli
Ma'lumki qizlar yoshligida shifokor yoki o'qituvchi bo'lishni orzu qilishadi. Siz yoshligingizda kim bo'lishni orzu qilgansiz?

Men ham shifokor bo'lishni orzu qilganman.
3702. Ganso
Abdulla Qodiriy "O'tkan kunlar"ni yozayotganda Kumushni o'lganiga rosa yig'lagan ekanlar. Sizni o'zingizni ham yig'latadigan darajadagi asarlaringiz bormi? Yoxud "Yuragimda sen borsan"ni o'qib o'zingiz qay darajada ta'sirlanasiz?

Shu Yuragimda sen borsanga ham yuragimning tub tubidagi his etgan tuyg'ularimni qog'ozga tushira olmayman. Bunga na qalamim na o'zim jurat eta olmayman.
3704. doctor.uz
Sizni nimalar yig'lata oladi?

Yolg'on, hiyonat, ho'rlash va pisand etmaslik aralashgan so'zlarning barchasi yig'latadi.
3705. ¤ Mushtariy ¤
Kibrni qanday davosi bor? Ya'ni kibrlanmay yurish uchun nimalarga e'tibor berish kerak?

Birinchidan shu kasallikga chalinmaslik uchun odam o'ziga uchun mustahkam iymon so'rash kerak. Kibrning davosi iymon.
3708. Dj.Girl
Demak: "Azaga borgan odam o'z dardini aytib yig'laydi, yozuvchi hammani dardini aytib yig'laydi" - degan gap to'g'ri ekanda?

Albatta. Oddiy inson bilan ijodkor inson baribir farq qiladi. Oddiy odam e'tibor qilmagan voqeaga yoki holatga ijodkor boshqacha nazar bilan boqadi. Undan qandaydir falsafa kashf qiladi.
3710. Andijon
Sport bilan shug'ullanasizmi? Yoki bo'sh vaqtlarda nimalar bilan mashg'ul bo'lishni yoqtirasiz?

Hozirda deyarli bo'sh vaqtim yo'q. Bo'sh vaqtim bo'lishini orzu qilaman. Sport bilan shug'ullanish uchun ham vaqt bo'lmayapti.
3715. BARON
Xayotdagi eng qiyin va uzun yo'l?

Chorasiz qolish.
3718. HarryAli
Agar Radioboshlovchi bo'lmaganingizda, kim bo'lardingiz?

Shifokor bo'lardim.
3719. Flowergirl
Radioefirlaringizni oila a'zolaringiz ham tinglashadimi? Ularni fikrlari qanday?

Albatta tinglashadi. Adashsam yoki efirda kimgadir qo'polroq munosabatda bo'lib qolsam darxol qong'iroq qilib tanbeh berishadi.
3721. Ganso
Farzandingizga so'nggi bor qachon va qaysi kitobni sovg'a qilgansiz?

Farzandlarim hali kitobni bilishmaydi. Ular endi 2 yoshga to'lishdi.
3730. Orzu
Сиз хаетни нимага ухшатасиз!

Hayotni qarshimda turgan turli yo'llarga o'xshataman.
3735. Andijon
Mobil telefonda gaplashish odoblariga qanchalik amal qilasiz? Masalan, ba'zilar gudok tashlaydi. Aslida bu, o'z manfaati yo'lida o'zganing molidan uning ruhsatisiz foydalanishga kirmaydimi? Agar avvaldan ruhsat bersa hechqisi yo'q edi.

Telefonda gaplashish madaniyati qanchalik yuksak bo'lsa bu o'sha insonni qanday ekanligini ham bildiradi. Iloji boricha shu madaniyatni saqlab qolishga harakat qilaman. Ayniqsa jamoat joylarida.
3738. Maftuna
Sizningcha ijtimoiy tarmoqlar yoshlar tarbiyasiga salbiy ta'sir etyaptimi yoki ijobiy?

Bu ijtimoiy tarmoqlarga qiziqmaganim uchun aniq javob bera olmayman.
3739. Dj.Girl
Ayol qalbi teskari magnitga o'xshaydi. Qancha yaqinlashsang shuncha uzoqlashadi, qancha uzoqlashsang shuncha yaqinlashadi. Siz ham ayolsiz, bu haqida fikringiz?

Hali bunday holatga tushmaganman. Bu ko'proq erkak va ayol o'rtasidagi ishqiy munosabatdan bo'lsa kerak.
3741. Shirin
Yaqinlar olisda bo'lganingizda, bu qisqa muddatli ayriliqlarni yuvuchi yutuqlaringiz bo'lganmi? Sir bo'lmasa?

Yaqinlarimda hali uzoqlashib ketmaganman. Ular har doim yonimda. Men qancha olislasam ham ular men bilan birga.
3742. Ganso
Bugungi kun yoshlaridagi qaysi holatlar sizni ranjitadi?

Jamoat orasida o'zini tuta olmaslik, yoshi kattalarga hurmatsizlik shu jumladan ustozlarga ham va beo'xshov qiliqlar hamda so'zlar bilan suhbatlashishlari.
3743. Orzu
Oqayiq.uz форуми хакида сизнинг фикрингиз?

Juda ajoyib.
3754. IRFON
Hurshidi Jahon, mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur! Biz muxlislar uchun vaqt ajratib, yo'l bosib kelibsiz. Tilagimiz, bosgan yo'llaringiz hamisha xayrli manzillar bo'lsin! Kelajakda farzandlaringiz baxtini ko'rish nasib qilsin. Ijodiy ishlaringizda kuch va g'ayrat, hayot yo'llaringizda ulkan zafarlar tilayman. Sizni Milliy forumda yana kutib qolamiz! Salomat bo'ling!
3771. Hurshidi Jahon
Sevib qolsangiz tilingiz burro bo'lib ko'zingiz yashnab ketarkan. Yuragingiz ham shunday tez uradiki go'yo hamma ishga qodirdek tuyulasiz. Ammo uni yo'qotganingizdachi? Buning mutloqo aksi. Aytaman degan so'zingiz ham bo'g'zingizda qolib nigohingizdagi umid ham so'nib yuragingizning urishi sekinlashib holsizlanib qolarkan. Faqat yolg'izlikni istaysiz. Yolg'iz qolish esa juda yomon. Atrofingizga boqing. Sizni sevadigan insonlar ko'p. Menga kerak emassan deganning ortidan emas sen menga juda keraksan deganlar bilan birga bo'lishga harakat qiling. Muhabbatingiz hech qachon javobsiz qolmasin. Hammaga boshim yerga tekkuncha tazim qilaman. Rahmat.
Mehmon: Hurshidi Jahon
Eng yaxshi savol: BARON
Olib boruvchi: IRFON
Badiiy rahbar: Dj.Max
Oqayiq.Uz 20.04.2012