Dildan suhbat
14.11.2011 sanasida Oqayiq.Uz sayti Milliy Forumida Ilhom Do'st Muhammad bilan sayt foydalanuvchilari uyushtirgan suhbat.

2487. IRFON
Assalomu alaykum Aziz forumdoshlar! Bugun 2011-yil, 14-noyabr saytimizda bayramona kayfiyat, xursandchilik. Sababi, ushbu kun xurmatli Administratorimiz Dj.Max ya'ni Ilhom Do'st Muhammadning tug'ulgan kunlaridir. 23 yoshni qarshilar ekanlar, eng avvalo baxt-saodat, sog'lik va ishlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz! Mana shu kun munosabati bilan, bugun "Dildan Suhbat" loyixasida Dj.Max mehmon bo'ladilar. O'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin. Suhbatni samimiyat bilan ochiq deb e'lon qilaman! Marhamat do'stlar!
2489. Dj.Max
Assalamu alaykum aziz forumdoshlar!
Ushbu loyihada tug'ilgan kunimda yana bir bor mehmon bo'layotganimdan benihoya hursandman!
2488. IRFON
Xush kelibsiz! Odatiy savolimiz, garchi ko'pchilikka ma'lum bo'lsada, o'zingizni qisqacha tanishtiring!

Ilhom Do'st Muhammad. 1988-yilning huddi shu sanasida ishchi oilasida tavallud topganman! Oilada yolg'iz farzandman. Uylanganman. Kasbim Radio-Muhandis. Oqayiq.Uz saytiga asos solganman.
2494. ***JaSuR***
Умр нима билан улчанади сизнинча?

Hayrli amallar bilan albatta.
2496. Shirin
Inson yashar ekan unda kundan-kunga ehtiyojlari ko'payib boraveradi. Siz o'z ma'naviy ehtiyojlaringizni qanday qondirasiz?

Manaviy ehtiyojlarimni qondirish uchun elektron kitoblardan (pdf) foydalanyapman! Oldin ko'p kitob o'qirdim!
2501. Boshqaruvchi
Forumda, umuman internetda odamlar bilan masofa saqlab muloqotda bo'lasiz. Do'stlar davrasida qandaysiz?

Do'stlarim ham sizlardek hurmatda bo'lishadi. Nima demoqchi bo'lganimni tushundingiz deb o'ylayman!
2503. Dream
Siz uchun eng qadrli bo'lgan inson kim va aytaylik vaqti kelib shu inson Jannatga tushishi uchun bor savoblaringizdan voz kechishdek imkon berilsa, qanday yo'l tutar edingiz?

Odamga ONAdek yaqin zot bo'lmasa kerak. ONAM uchun hamma yig'gan savobimdan kechishga roziman!
2504. Dj.Tillo
Yoqtirgan taomingiz qaysi?

Turklar pishirgan Donar!
2505. XAKIM
O'g'il farzand ko'rsangiz uni qaysi tarixiy shahsga o'xshashini xoxlaysiz?

Sirdaryoga sakravorgan Temur Malik haqida eshitgan bo'lsangiz kerak. Bu tarihiy shaxs "kumirim"! O'g'lim shu insonga o'xshashini istayman!
2507. IRFON
Dunyoni eng yorqin ranglarda ochib bergan ustozingiz?

Nizomiddin Supibekov degan inson hayotga qadam tashlashimda katta rol o'ynadi. Va albatta eng katta ustozim ONAM!
2509. Shirin
Ayni kunlarda Oqayiq.Uzda sizni qiynayotgan muammolar?

Hammasi joyida. Har kunimiz shunday bo'lsin!
2512. Kuzatuvchi
Umrning uzun yoki qisqaligi qanchalik ahamiyatli?

Ikkalasida ham savob amallar qilish uchun yetarli vaqt bo'ldi!
2516. ***JaSuR***
Узбек футболчиси деганда куз олдингизда кайси футболчи гавдалнади?

Hamma kabi Mirjalol Qosimov!
2518. Flowergirl
Bolalikdan esdalik bo'lib qolgan, hali ham amalga oshishini istaydigan orzuingiz bormi?

Bolalikda kunda orzu qilasiz! Barcha niyatlarimga yetishib yuribman.
2519. Dream
Armonsiz inson bo'lmaydi. Ammo shunda ham o'zingizni baxtliman deya olasizmi?

Armon nima? Hayotning bir bo'lagi. Man judayam baxtliman!
2520. Dj.Tillo
Qizlarni internetda kirishiga qanday qaraysiz? Munosabatingiz qanaqa?

Hamma teng huquqli. Yaxshi qiz internetda ham aynimaydi!
2525. IRFON
Siz yoqtirgan erkak va ayol qo'shiqchi?

Faqat Yulduz Usmonovaga muhlislik qilaman. Boshqa holatlarda yaxshi qo'shiq bo'lsa tanlamay tinglayman.
2529. Taekwondist
Bugun shu darajaga yetdingiz. Lekin orqaga qaraganingizda qaysi ishingiz, qaysi savob va gunohingiz, qaysi aroningiz, qaysi hursandchilik kuningiz va qaysi hatoyingiz ko'zingizga yalt etib ko'rinadi?

Qaysi ishim savob-u gunohligini ohiratda bilamiz! Armonli kunlarimdan hursand kunlarim judayam ko'p!
2531. Boshqaruvchi
Oxirgi marta nima sizni yig'lashga majbur qilgan?

Erkak kishiyam yig'larkanmi? U sigaret chekadi bunaqa paytlarda!
2533. Shirin
Sohibqiron bobomiz Amir Temur so'ngi lahzalarida vasiyat qilib "Zaifalarni qo'ring" degan ekanlar. Siz bunga qanday qaraysiz?

Ayolni asrash "mard"ning burchi!
2536. Baronbek
Realning ashaddiy raqibi bo'lgan Barselona futbolchisini Realga o'tishiga qanday qaraysiz (o'tdi deb faraz qilsak)?

O'tmay qo'ya qolishsin shular!
2539. Dj.Tillo
Oqayiq.uz sayti siz uchun bu ...?

Ilhomim jo'sh urgan makon!
2544. IRFON
Kibrni mardlik yoki jasorat deb tushunishlariga nima sabab deb o'ylaysiz?

Mana shu kibr sabab shunaqa deb tushunishadida. Kibrli odamlardan yiroqroq yurgan ma'qul!
2546. ¤ Mushtariy ¤
Oqayiq.Uzni shu darajaga yetkazguncha bo'lgan masofadagi eng o'g'ringan nuqtalari, ya'ni eng qiyin vaziyat?

Hosting provayderlardan boshqa hamma ish juda yaxshi ketyapti! Hostinglar juda ko'p qiynashadi mani!
2547. Flowergirl
Hayotni teatrga o'xshatishadi. Unda har kim o'z rolini o'ynaydi. Agar imkon bo'lganida hayotingizning qaysi davridagi "sahna"ni qayta ijro etgan bo'lardingiz va nima uchun?

Bu sahnani aytsam xamma kuladi!
2548. ***JaSuR***
Миллий кадрият деганда нимани тушунасиз? Миллий кадриятларимиз йуколиб кетмаяптими сизнингча?

Ota-bobolarimizdan meros qolgan yaxshi an'analar qadryatdir. Qadryatlarimiz juda ko'p. Ularni asrasak yo'qolib ketmaydi Hudo hohlasa!
2549. Dream
Inson umrini fasllarga qiyoslasak, siz hozir umringizning ayni bahoridasiz. Bahor tabiati injiq bo'ladi. Goh unday, goh bunday. Siz har qanday vaziyatda ham o'zingizni, o'zligingizni saqlab qola olasizmi?

Man hozir Qor yog'ayotgan Bahordaman! Yelkangizga tushgan tashvishlar sizni tarbiyalab qo'yarkan!
2550. Ulug'bek-1989
Hayotda qiyin vaziyatlarga tushganda yoki ichingiz to'lib ketganda kimgadir dardingizni aytib yengil tortasiz odam. Siz bunday vaziyatda kimga ko'proq suyanasiz?

Hozirda kimga suyanishim hammaga ma'lumku!
2551. Taekwondist
Agar qayta tug'ulishni iloji bo'lganda qaysi kasb egasi bo'lardingiz. Ehtimol sportchi bo'larmidingiz? Aynan Taekwondist!

Bunaqasi bo'lmaydi. Shuning uchun ushalmas orzu haqida hayol qilmaganimiz maqul!
2557. Baronbek
Biror kinoda bosh rolni taklif qilishdi. Yana partnyorni tanlash imkoniyati berildi deylik. Qaysi aktrisa bilan kinoda o'ynagan bo'lardiz?

Man aktyor emas Radio-Muhandisman!
2558. Shams 88
Dunyoda kimgadir o'xshashga harakat qilgan va siz uchun ideal bo'lgan inson bormi? Bo'lsa u kim?

Islom Abdug'aniyevich Karimov ideal inson. Ul kishiga o'hshashi 2000 yilda bitta tug'iladi!
2559. ¤ Mushtariy ¤
O'zingizga o'zingizni yoqqan va yoqmagan odatingiz?

Odatlarim haqida o'ylamagan ekanman. Qiyin vaziyatga tushirdiku bu savol!
2565. NozYor
1.Qalbizni og'ritib, yana ortidan qaymoq yedirishib qo'ygan insonlarga qanday gap aytardiz?
2. "Insofini Hudo bermasa qiyin ekan" degan gapga qanday nazarda qaraysiz?
3. Real Madridga qaysi yildan beri muhlissiz?

1. Bunaqalarga gap befoyda!
2. Har ishda Ollohning rahmati yog'ilib tursin. Insofni ham Olloh beradida!
3. 2001-yildan muhlisman!
2571. Boshqaruvchi
Internetda avtokratik rahbarsiz. Ya'ni hech kim bilan hisoblashmay o'zingiz qaror qabul qilasiz. Kuchli salohiyat egalari bilan gaplashasiz. Past saviyada fikrlaydiganlarga e'tibor bermaysiz. Qo'pol qilib aytganda, nazaringizga ilmaysiz. Buni qanday tushunish mumkin?

Man o'zimga baxo bera olmayman. Sizning aytganingiz haq!
2574. ***JaSuR***
Хакикий инсон сифатида кайси машхур шахсни намуна килиб курсата оласиз?

Prezidentimiz buyuk inson!
2578. Dj.Tillo
Yoningizda yaxshi gapirib, ortingizdan g'iybat qiluvchi insonlarga munosabatingiz?

Bizni yomon deganlarga bizdan salomlar bo'lsin!
2580. Dilbegim
Ko'pchilik özbek forumlarida fikrlash va so'z erkinligi chegaralangan. Jumladan Oqayiq.uzda ham. Vaholangki bu huquqlar konstitutsiyamiz orqali kafolatlab berilgan. Bunga sabab nimada deb o'ylaysiz?

Huquqim bor ekan deb konstitutsiyaga qarshi fikr yozmasak bo'ldi!
2581. Dream
"Yig'lab turgan bolaning begonasi bo'lmaydi" deyishadi. Shoshilinch ish bilan ketayotganingizda nochor ahvolda yig'lab o'tirgan yoki qiyin vaziyatda qolgan siz uchun mutlaqo notanish bo'lgan bola yo'lingizda uchrab qolsa nima qilgan bo'lardingiz?

Bolalarning yig'lashiga chidab tura olmayman. Ular bizdan ko'ra baxtli bo'lishlari shart. Ko'pincha bollarni yupatib ketaman!
2585. Taekwondist
Dam olish kuni nima bn mashg'ul bo'lasiz?

Sayt ustida ko'proq ishlayman!
2603. XAKIM
O'zbek kinolaridan qaysilarni maroq bilan ko'rasiz?

Hozirgi kinolarni maroq bilan ko'raman-u ikkinchi safar ko'rgim kelmaydi!
2606. Dj.Tillo
Hozirgi o'zbek qo'shiqchilar sizga yoqqan va sizni hayron qoldirgan qo'shiqchi kim va nima uchun?

Shohjahon Jo'rayevga hayron qolyapman. "Zapis"lardagi qo'shiqlarida ovozga gap yo'q! To'ylarda esa "qarg'a"dek kuylaydi-ya!
2607. Dilbegim
Madaniyat va madaniyatsizlik nima? O'zingizni qay darajada madaniyatli hisoblaysiz?

Odobni odobsizdan o'rgan deyishadiku! Madaniyatni ham madaniyatsizdan o'rganiladi. Manga esa siz baxo berasiz!
2613. User
Siz uchun saytni foydali va zararli tomonlari. Shu saytni ochganizdan afsuslanga paytlaringiz ham bo'lganmi?

Foyda va zarardan qo'rqganimda sayt ochmasdim. Hech qachon afsuslanmaganman!
2619. BOBURIY
Oqayiq.Uzni uzoq muddatga tark etishingizga to'g'ri kelib qolsa, siz saytni boshqaruvini kimga ishonib topshirar edingiz?

Vorislik holatlariga Dj.Sher va IRFONning nomini qayd etganman! Man ketsam ular boshqarishadi!
2630. Taekwondist
Har o'tgan kunizdi sarhisob qilib nimalarni o'ylaysiz?

Foydali ish qildimmi? Shuni o'ylayman!
2632. ***JaSuR***
Чет элга бориб ишлаш хаваси сизда хам булганми?

Yo'q! Yurtimda hammasi a'lo!
2633. Madridlik bola
Sport podforumiga kam kirasiz. To'g'rirog'i kam xabar yozasiz. Sabab?

Sport podforumida emas hamma podforumlarda kam yozyapman! Vaqtim yetmayapti!
2634. Dj.Tillo
Hayotingiz davomida birorta qilgan ishingizdan afsuslangan paytingiz bo'lganmi?

Birortasi bilan urushsam 1 soatdan kegin afsus qilaman doim!
2635. Ulug'bek-1989
Kimningdir xatosi uchun boshqa birov javob berishi adolatdanmi?

Vaziyatga qarab!
2638. IRFON
O'zbekiston madxiyasini necha yoshda yodlagansiz?

8 yoshimda!
2639. Dilbegim
Onangizdan qolgan eng katta yodgorlik nima?

Ularning qilgan ishlari! Man ham shunday hayrli ishlarni qilishga harakat qilaman!
2644. ¤ Mushtariy ¤
Eng qimmat va eng arzon sizningcha nima? Moddiy emas, ma'naviy yondashing!

Eng arzon ham qimmat ham BILIM!
2645. Taekwondist
Hozir bu dunyoda eng qadrli narsangiz nima?

Hamma yaqinlarim!
2648. IRFON
Saodatga eltuvchi yo'l?

Hayrli amallar!
2652. Ulug'bek-1989
Sizni ta'sirlantirgan badiiy asar?

O'tkan kunlar!
2654. Taekwondist
Ish, oila, sayt. Bularni teng olib borish qiyinmasmi?

Bazida oila nolidi. Ish va sayt nolishgani yo'q hali!
2656. BOBURIY
Eng oliy xaqiqat bu?

Haqiqat borligi!
2658. IRFON
Urf-odatlar va irim-sirimlar orasida qanday farq bor?

Urf-odatlar o'lmas qadryatlarimiz. Irim-sirimlar esa bo'lmagan narsalar!
2661. XAKIM
Sir bo'lmasa shu oqayiq.uzdan bir oyda qancha daromad topasiz?

Reklamalardan tushayotgan pullar sayt harajatlarini qoplayapti. Demak man pul topmayapman!
2665. ***JaSuR***
Sizni jamoa oldida noxaq ayiblashsa o'zingizni qanday oqlaysiz?

Qo'limni siltab ketaman! Ana xaqiqat!
2671. Ulug'bek-1989
"O'tkan kunlar"dagi sevgi bilan bugungi kun sevgisida katta farq bor. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?

Shuncha zamon o'tdi! Sevgi ham o'zgardida!
2674. Flowergirl
Imkoniyati cheklangan odam ham baxtli bo'lishi mumkinmi, sizningcha?

Ha, albatta!
2676. Madridlik bola
Futboldan tashqari qaysi sport turiga qiziqasiz? Qaysi biri bilan shug'ullanasiz?

Hamma Sport turlariga qiziqaman. Stol tennisini ko'p o'ynayman!
2677. Dj.Tillo
Hayotingizda sizga nisbatan noxaqlik bo'lganmi?

Nohaqlik hammada bo'ladi!
2679. ***JaSuR***
Hayotdan to'ydim deganlarga qanday javob yoki maslaxat berasiz?

Bundan ham battari bo'lishi mumkin edi!
2680. IRFON
Nega eng buyuk allomalar aynan bizning diyordan yetishib chiqqan? Boshqa joylardan ham olimlar ko'p chiqqanlar, ammo bizning millatchalik emas! Nega hozirgi vaqtga kelib g'arbdagi ilm-fan texnika taraqqiyotidan orqaroqdamiz?

SSSRning tasiri hali ko'p bilinadi! Qatog'onda ancha muncha allomalarimiz ketib qolishdi!
2691. Taekwondist
Mana ishdan keldiz. Uyga eshikdan kirganingizdan so'ng birinchi navbatda nima qilasiz?

Hamma qiladigan ishni qilaman!
2694. TELE_MASTER
Televizoringiz rusumi qanday?

BaoGing! Qaynatam qizini yo'qlaganda olib kelgan!
2700. IRFON
Kelajakda qizingiz onangizga o'xshasa, kuyovingiz kimga o'xshashini hohlardingiz?

Kiyovim yaxshi inson bo'lsa shuning o'zi yetarli!
2715. ***JaSuR***
1. Axborotni ko'rasizmi?
2. Eng foydali gazeta qaysi sizningcha?

1 Axborot emas-u Davrni ko'raman!
2. Gazeta ilm manbayiku. Uni foydali foydasizligi o'lchnmaydi!
2717. Dj.Tillo
Birinchi internet olamiga qachon kirgansiz va bunga nima sabab bo'lgan?

Gazetalardagi viktorinalarni savollariga javob topish uchun kirganman!
2747. IRFON
Biz bilan o'tkazgan 2 soatli mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur! Rosa mazza qildik. Umringiz uzoq va mazmunli bo'lsin. Hayotingiz saodatga to'lib toshsin. Sizga ezgu maqsadlaringiz yo'lida ulkan zafarlar tilab qolamiz!
Mehmon: Dj.Max
Eng yaxshi savol: ¤ Mushtariy ¤
Olib boruvchi: IRFON
Oqayiq.Uz 14.11.2011