Dildan suhbat
11.07.2011 sanasida Oqayiq.Uz sayti Milliy Forumida sayt Administratori Ilhom Do'st Muhammad bilan sayt foydalanuvchilari uyushtirgan suhbat.

303. IRFON
Eng katta orzuyingiz?

Eng katta ikkita orzuyim bor!
1. Saytimiz "Facebook"dan ham o'tib ketishi!
2. Olloh menga ham farzand ato qilishi.
Hudo hohlasa ikkala orzuyimga ham yetaman!!!
305. USZ_0085
Xayajon bormi yoki yo'qmi?

Hayajon albatta bor. Axir suhbat boshlanishi bilan forumimizda userlar ancha ko'paydi!
306. Шохруххон
Web sayt yaratishni sizga kim o'rgatgan?

Man hali web sayt yaratmaganman. Wap sayt yaratganman. Sayt yaratishni hech kim o'rgatmagan. Lekin ko'p narsalarni o'rganishimda Shamshodbek (get-money.wen.ru admini), Uchqunbek (uzmob.uz admini), Sanjar (uzwap.uz admini) va Lutfidin akalarning maslaxatlari beqiyos!
308. Sherzod
Интервью олдидан кайфият кандай, хаяжонланмаяпсизми?

Kayfiyat a'lo. Hayajon bor. Userlar ancha ko'paydi. Ulguramanmi degan hayajon ham bor.
309. Dj.Onur
Umuman kelajakda web sayt ochasizmi?

Hudo hohlasa Fecebookdan ham o'tadigan web ijtimoiy tarmoq yarataman!!!
310. IRFON
Alloh farzand bersa uning timsolida qaysi mashxur shaxsni ko'rishni hohlardiz?

Qiz ko'rsam unda Onajonimni ko'rishni istardim! O'g'limda esa Jaloliddin Manguberdining timsolini ko'rishni istardim!
312. Chingizxon
Kim uchun hayot mehnat. Kim uchun esa muhabbat! Siz uchun hayot nima?

Mehnat orqali erishilgan muhabbat!!!
313. ¤ Mushtariy ¤
Xaqiqiy erkak! U qaysi fazilatlarga ega bo'lishi kerak?

Mard bo'lishi kerak!
314. Шохруххон
Savol: Qaysi forum azolari bilan uchrashgansiz?

Guruhimizga a'zo bo'lmaganlarni nazarda tutsak Yaxyobek, Dj.Tillo va Elkayotlar bilan uchrashganman!
317. UZB.TAMERLAN
1. O'g'il yoki qiz ko'rsangiz ularni ismini nima qo'yardingiz?
2. Umuman o'zingizni hayotingiz davomida nimadan qo'rqgansiz va qo'rqib kelasiz?
3. Hayotingiz davomida eng esda qolarli voqea nima bo'lgan?

1. Bunisi sir.
2. Hayotda Allohdan qo'rqganman. Umrim ohirigachaga qo'rqsam kerak.
3. Ko'p narsa yodimda qolgan. Eng asosiysi onamni topshirib qo'yganim. Alam bilan eslayman!
323. Шохруххон
Dj.Max ma'nosi nima?

Dj so'zi Disc Jockey so'zlarining qisqarmasidir. Yani Disk qo'yuvchi degani! Max esa Maximal so'zining qasqa varianti!
Rossiyalik Dj ustozim bor. Dj.Maxmeyres. Shu insonga havas qilib Dj.Max nomi ostida mixlar yarataman!
325. IRFON
Dj.Sher bilan orangizda qarindoshlik bormi yoki faqat do'stlik va hamkorlikmi?

Asosiysi do'stlik. Kompyuter borasida ko'p narsa o'rgatdim. Ustoz-shogirlik ham bor. Kelajakda qarindosh ham bo'lib qolarmiz!
327. Ranaldu 07
Futbolga qiziqasmi? Qaysi jamoa va qaysi futbolchini yaxshi ko'rasiz?

Futbolga 1998-yildan beri qiziqaman. Sevimli klubim Real Madrid. Realda o'ynagan barcha futbolchilarga samimiy munsabatdaman!
328. Chingizxon
Hayotingiz daftarini varaqlash imkoni bo'lsa qaysi sahifasidan voz kechardingiz?

2004-yil 11-oktyabr kunini yirtib tashlardim!
329. Dj.Onur
Bu darajaga yetishishizga kimlar sababchimi yoki o'z kuchingiz bilan erishganmisiz?

Avvalo onamga rahmat. Yaxshi tarbiya berdilar. Oqayiq guruhidagi barcha do'stlarimning daldasi sabab. Oqayiq.uz foydaluvchilariga esa ming rahmat. Ular bo'lmaganida bunday darajaga yetisha olmasdim.
332. Шохруххон
Boshqa wap sayt ham ochganmisiz?

Ha. Do'stlarimga ochib berganman. Ular saytlarini rivojlantira olishmagan!
334. Polat
Internet, oila va ish! Hammasini baravar olib borish qiyinmasmi?

Albatta qiyin. Eplashga harakat qilyapman!
338. IRFON
Oilada nechta farzandsizlar?

Atiga bitta farzadman!
343. Шохруххон
Oqayiq.uz ustida xozirda qanday ishlar olib boryapsiz?

O'ylagan har bir ishimni o'sha kuniyoq saytga chiqaraman!
345. UZB.TAMERLAN
Nima uchum ILHOM DO'ST MUHAMMAD deb ommaga namoyon bo'lasiz? Asl ism familiyangiz qanday?

Bir vaqtlar sherlar yozganman. O'sha paytlari Do'st Muhammad taxallusida ijod qilganman. Hatto sherlarim qo'shiq ham bo'lgan. Jo'rabek ijrosidagi Visol onlari qo'shig'ining sheri mening qalamimga mansub. Gazetalarda ham shu taxallusda ijod qildim. Asli ismi sharifim Ilhom Kurbonov!
346. Chingizxon
Ortga nazar tashlab kuyunganlariz va suyunganlariz?

Bunday holatlar juda ko'p!
349. Sherzod
Форумга кириб кайфиятингиз кутарилиб ёки наборот кайфиятингиз тушиб кетган пайтлар булганми? Умумман шу сайтдан безиб кетган вактларингиз хам булганми?

"Billur Com" kompaniyasi hostingimizni o'chirib qo'yganda kayfiyatim yomon buzildi. Uni narida sizlarni ko'rib kayfiyatim tezda ko'tariladi. Saytdan ko'nglim qolsa bunchalikga yetolmasdik. Har bir ishni ko'ngildan chiqarib qilish kerak deb o'ylayman!
356. "LOCHIN"
Bolaligizda kim bo'lishni orzu qilardiz?

Prezident bo'lishni orzu qilganman.
357. Ranaldu 07
Mashinangiz bormi? Qanday markadagi mashinayiz bo'lishini istardiz?

Bir paytlar "Dj.Max Oqayiq.Uz orqasidan Captiva sotib olibdi" degan gap chiqgandi. Shuni minib yuribmiz (Hazil)! To'g'risi avtomobillarga qiziqmayman.
358. IRFON
Ko'nglizdagidek moderatorlar kimlar?

Forumdagi barcha moderatorlardan ko'nglim to'q! Siz va Boshqaruvchining odobiga tan berdim. Sherzod aka ham yaxshi Moderator edi. Afsuski o'shanda man ham erkaklik so'zini bergandim.
359. Шохруххон
O'zingizdagi qaysi fazilatni yoqtirmaysiz?

Tez kechiraman. Shu yoqmayapti ohirgi paytlarda. Kechirish borasida qattiqroq bo'lemikan deyapman!
361. USZ_0085
Xazilga munosabatiz qanday? Albatta do'stona bo'lsa ko'tara olasizmi yoki?

Do'stona hazillarni ko'taraman. Ortiqchasini ko'tarmayman!
364. Dj.Tillo
Qaysi kollejda o'qigansiz?

Marg'ilon Milliy Hunarmandchilik kollejida o'qiganman. Yo'nalishim Zargarlik. Lekin Zargarlikdan hech narsa bilmayman!
367. Chingizxon
Qayta tug'ilish imkoni bo'lsa xuddi shunday yashardim deb ishonch bilan ayta olasizmi?

Yo'q. Bitta ikkita o'zgartiradigan joylari bor!
369. Gangsta_rap
Biroz shaxsiyroq savol:
rdu nickidigi bolaga ya'ni manga ozgina bo'lsa ham ishonchingiz qolganmi?
U aydorligini tan olib chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va xozir ham shunday!

Ha albatta ishonaman. Lekin u, Qoidalarni ko'p buzib qo'yadi!
373. "LOCHIN"
Doim qalbingizda saqlab yuradigan hikmatli so'z?

Hikmatli so'z yo'q-ku, ammo Kuch birlikda shioriga amal qilaman!
375. Dj.Onur
Qay toifadagi odamlardi yomon ko'rasiz yoki qoralaysiz?

Lo'ttivoz va vadabozlarni yoqtirmiman!
396. IRFON
Hayotingizda xursand bo'lib yig'lagan vaqtingiz bo'lganmi? Qanday sabab bilan?

"Billur Com"ga o'tayotganimizda forumni bazasini ko'chirib o'ta olmay qolgandim. Katta qiyinchiliklar bilan olib o'tib ishlatgan kunim hursandchilikdan yig'lab yuboray dedim. Afsuski yig'lay olmaganman!
398. Шохруххон
Eng katta boyligingiz?

Yaqinlarim va do'stlarim. Hammada shunday bo'lsa kerak!
399. Gangsta_rap
Saytga yana boshqa online servis qo'shish niyatingiz bormi? Ya'ni saytni muloqot bo'limiga yana yangilik qo'shish haqida proekt o'ylab ko'rganmisiz?

Ko'p narsalarni qo'shishni niyat qilganmiz. Bajarishga esa vaqt kerak.
402. Dilnoza..!
Agar sizga hayotizni boshqatdan qurish yana bir bor imkon berilganda… Yana boshqatdan boshlarmidiz?

Agar voqealaring hammasi shunday bo'ladi deyisa YO'Q! Sababi oldindan nima bo'lishini bilsangiz-u o'zgartira olmasangiz zerikarli bo'lib qoladi!
Aslida odam bir marta yashaydi. Qaytib kelganimda mana bunday ishlarni qilardim demasdan o'sha ishlarni hozirdan boshlash kerak deb o'ylayman.
406. UZB.TAMERLAN
Hayotingizda kimnidur sevgamisiz? Agar ha bo'lsa birinchi muxabbatangizni hozir ham sevasizmi?

Muhabbat ertaklarda, kitoblarda, kinolarda bo'ladi shioriga amal qilaman. Ayoli bo'la turib o'zga haqida o'ylash gunoh. O'z ayolimga muhabbatim cheksiz!
407. USZ_0085
"Oqayiq.uz" haqidagi maqolani ancha oldin o'qigandim. U joyda yozilishicha "Dj.Sherga sms keladi va smsda shunday yozilgan - Ha Oqayiq yigilb osh qilyapsizlarmi?... "Oqayiq" bu Dj.Sherni laqabimi yoki men yanglish tushundimmi?

Yo'q. Dj.Sherning laqabi emas. O'sha oshda yig'ilgan bollarni OQAYIQ deb atagan. Ushbu smsda "Oqayiq To'dasi" deb sms kelgan. To'da senzuraga to'g'ri kelmagani uchun smsdagi so'zlarni yumshatib yozganmiz.
408. IRFON
Sizda birinchi muhabbat armon bo'lganmi?

Hayotimda muhabbat bo'lmagan desam yolg'on bo'lar. Lekin afsus qilmayman. Ular bilan turmush qura olmasligimni juda yaxshi bilardim!
410. Chingizxon
Bu dunyoda armonsiz odam bechoralar ichra bechora degandi Yesenin. Sizningcha armonlar nima?

Bilasizmi Ruslarning bitta yomon odati bor. Ruslar birovning fikri bilan hisoblashmedi va birovning mentaliyetini maqullashmaydi. Bu o'zbeklar tarixida yana 100 yillik kemtik holatga sabab bo'ldi. Yani, aynan ruslar bizning familyalarimizni chayib tashlashdi.
Ibrohimov familiya Ibragimov bo'lib qolgan. O'zbeklarda Ibragim degan ism yo'qku! Qozoqov emas Kazakov! Kazak degan ismni aqlga sig'dirish qiyin. Qozoqboyni eshitganman! Yoki o'zimni familyam Qurbonov emas Kurbonov bo'lib qolgan. Shu sababli Yesinenning gapi manga 50 tiyin!
Armonlar husida to'xtalsak. Armonlar intilishsiz odamlarning topgan daromadlari.
412. Dilnoza..!
Islom diniga tushunchangiz qanday?

Namoz o'qishni bilaman. Islomning barcha farzlarini bilaman. Alahamdililulloh Musulmonman!
413. Шохруххон
Oqayiq.uz ni sotib yuborishingiz mumkinmi? (Narxi sizga ma'qbul kelsa albatta!)
Oqayiq.uz narxi qanchaga baxolaysiz? (Xaridor chiqqanmi?)

Yaqinda 10.000.000 so'mga olaman deb taklif chiqdi. Lekin unda saytni reklama saytiga aylantirishlari hamda saytimizni tag-tugi bilan yo'q qilib yuborishlarini aytishdi. Kegin sotmaslikga qaror qildim.
416. Gangsta_rap
Insoniylik tuyg'ulari sifatini hisobga olgan holda xayotda nima uchun yashaysiz?

Yaxshi odamlarga yaxshilik qilish hamda Ollohning buyurgan farzlarini bajarish uchun yashayman!
421. Dj.Tillo
Forumdagilar va chatdagilar bilan uchrashuv belgilash niyatingiz bormi?

Hudo hohlasa Mustaqilligimizning 20 yilligiga bag'ishlab sentyabrda katta uchrashuv tashkillaymiz!
422. Dj.Onur
Xayotingizdagi eng baxtiyor kuningizni eslay olasizmi va o'sha kuni qanday voqea bo'lgan?

To'yim bo'lgan kun bo'lsa kerak! 2010-yil 19-dekabr! Chunki barcha yaqinlarim va do'stlarim yonimda edi o'sha kuni. Baxtiyor kunlarim hali oldinda!
426. IRFON
Do'stingiz sirlaringizni oshkor qilsayu, keyin uzr so'rasa kechirarmidingiz?

Dushmanimga sotsa yo'q. Do'stimga aytsa kechirsa bo'ladi. Mani sirlarimni do'stlarim bilmaydi! Sirlarimni ichimda saqlayman. Bazilari po'panak bosib qoldi ham.
430. Super_bola
Saytni tag tubi bilan yo'qotmay o'z xolida qoladi deganlarida. Sotarmidingiz?

Guruh bilan maslahatlashardim.
432. Ranaldu 07
Ish joyingiz nomi? Qanday fazifada ishlaysiz. Ayolingiz netga kirib turadimi yani Oqayiq.uzga?

Hozir Tadbirkorlik bilan shug'ullanmoqdaman. Ish joyimning nomi Marg'ilon Tong Sevis! Ayolim internetga kirmaydi. Oqayiq.Uz haqida esa biladi!
434. USZ_0085
1. Tassavvur qiling! Alloh nasib qilib o'gil farzand ko'rdingiz. O'glingiz 20yildan so'ng ulgayib Milliy forumda qoida buzdi. Siz ban berarmidingiz?
2. Menga moderlik masuliyatini yuklashizga sabab nima edi? To'grisi kutmagandim!

1. U paytda man emas o'g'lim Admin bo'lasa kerak. Tasavvur qilaylik, balki Qoidani man buzarman!
2. Barcha moderatorlarning ODOBi yaxshi bo'lgani uchun status berganmiz. Sizga ham ODOBingiz uchun status berdik.
Avvalgi | Davomi