Dildan suhbat
18.07.2011 sanasida Oqayiq.Uz sayti Milliy Forumida ushbu Forumning faol a'zosi Botirov Kamolbek bilan sayt foydalanuvchilari uyushtirgan suhbat.

852. IRFON
Bugungi mehmonimiz Buxoro-i sharifdan pedagog-o'qituvchi Chingizxon bo'ladilar. Qisqa vaqt ichida forumda faol qatnashib, o'z bilimi va intizomi bilan forumdoshlarning mehrini qozona olgan ushbu do'stimiz bilan o'tadigan suhbatimiz ham juda qiziqarli va yuqori saviyada o'tishligi aniq. Xaqiqiy o'qituvchilarga hos fikrlari, keng qamrovli dunyoqarashi bizga bu inson xususida katta qiziqish uyg'otdi.
855. IRFON
Savol-javobni boshlaymiz! O'zingiz haqizda qisqacha ma'lumot?

Men Botirov Kamolbek Ismoilovich! Buxoro viloyati, G'ijduvon tumanida tug'ilganman. Ma'lumotim Oliy. Uylanmaganman.
857. Fialka
Hayot falsafangiz qanday?

Falsafaga hushim yo'g'-u, lekin doimo insonlar qalbida yaxshi inson sifatida qolishni istayman.
859. Dilbegim
Eng katta orzuyingiz?

Eng katta orzuyim, uylanib farzandli bo'lib, ularni yaxshi insonlar qilib tarbiyalash.
861. "LOCHIN"
Hayotdagi shioringiz?

Shiorlarim ko'p. Eng yoqqani: Birinchi bo'lish shart emas, faqat bor imkoniyatlaringni ishga sola bil.
862. USZ_0085
Siz pedagogika sohasini tanlashizga nima sabab bo'lgan va o'z soxangizni necha foiz bilaman deb o'ylaysiz?

Ota-onam pedagog. o'z sohamni juda yaxshi bilaman deb ishonch bilan ayta olaman.
864. Maftuna
Sevgiga ishonasizmi? Internetdagi sevgigachi?

Sevgiga ishonaman. Manimcha u joy tanlamaydi.
867. "LOCHIN"
Oilda nechta farzandsizlar?

2ta opam bor. Ular o'z yo'llarini topib mustaqil bo'lishgan. Man esa ota-onam bilan turaman.
868. Super_bola
1. Hayotda armoningiz bormi?

Armonsiz odam bu juda achinarli odam manimcha. Armonlarim juda ko'p.
870. Fialka
Faraz qilaylik aktyor bo'lish imkoniyati berildi. Qaysi rolni o'ynagan bo'lardingiz?

Aktoyor emas kinorejissiyor bo'moqchi edim. Iloji bo'magan. To'g'risi hozir ham aktyorman, hayot teatrida. Albatta o'z rolimni o'ylardim.
871. IRFON
Forumda o'zingizga eng yaqin 3 inson?

Forumdagi barcha insonlarni hurmat qilaman. 3 tasini ajratib ko'rsatolmayman.
872. Admin
Eshitishimcha Oqayiq.Uz saytining Admini Ilhom Do'st Muhammad kibrli ekan! Sizningcha...

Man u odamni yaqinda tanidim. Hali hulosa aytishimga erta. Balki shundaydir, balki yo'q!
874. USZ_0085
Mutaxasisligingiz qaysi fan?

Mutaxasisligim: ped-psixolog, ped-defektolog.
875. Maftuna
Hozirgi zamon qizlariga qanday ta'rif bergan bo'lardingiz? Forumimiz qizlarigachi?

Juda yaxshi va juda yomon qizlar ham bor. Forum qizlarini barchasini hurmat qilaman.
877. "LOCHIN"
Harakteriz haqida?

Juda ko'ngilchanman. Yo'q deyolmayman. Bundan foydalanganlar ham bo'gan.
880. ¤ Mushtariy ¤
Oilaning "Baxt formulasi" sizningcha...

Ishonch+Sabr+Mehr=Oila baxti
882. IRFON
Yomonni yaxshisi bo'lguncha, yaxshini yomoni bo'l. Shu so'zga ta'rif bering?

Yaxshilik qo'lingdan kemasa, yomonlik qima. Bu fikrga qo'shilaman.
884. Fialka
Insonlardagi qaysi xislatni hurmat qilasiz qaysi birini qoralaysiz?

Samimiylik, sadoqat, vatanparvarlikni qadrlayman. Hiyonat, ikkiyuzlamachilik, xoinlarni qoralayman.
885. Dj.Sher
Eshtishimcha sizda talant bor!? O'zizni qalamingizga tegishli sherlaringiz bormi?

Ha she'r yozib turaman. She'riy kitobim chiqishi kerak edi, lekin hozir mutaxasislikka oid kitob chiqarmoqchiman.
887. "LOCHIN"
Hayotdan yashash maqsadingiz?

O'z kasbim bilan insonlarga xizmat qilish va hayotda munosib iz qoldirish.
891. Admin
Ko'p marta beriluvchi sizga yoqmaydigan savol!

Uylanganmisiz? degan savol yoqmay qogan!
893. Fialka
Hayotda eng arzon yaxshilik bu mehr deyishadi. Ammo hozirgi kunda shu tuyg''u negadir yo'qolib ketayotkanday. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?

Buning sababi oilada va muhitga ham bog'liq. Keyin ijtimoiy hayot ham sabab bo'ladi.
894. Boshqaruvchi
O'tgan umringizdan qoniqasizmi?

Qoniqdim degani bu to'xtadim degani manimcha.
895. Sherzod
Мансаб, амалпарстликга сизнинг муносабатингиз кандай?

Amal hech kimga vafo qilmaydi. Buni otam hayotida ko'rganmam.
898. Dj.Sher
Bashoratga ishonasizmi?

Yo'q ishonmayman. Olloh biladi, bandasi emas.
899. Dilnoza..!
1. Xayotingiz davomida keraksiz odam bo'lishdan qo'rqanmisiz?
2. "Oila muqaddas poydevor" deganda nimani tushunasiz?
3. Allohga bo'lgan mehringizni, yana kimlar bilan baham ko'rardingiz?

1. Yo'q. Chunki Olloh sen uchun kimnidir yaratgani aniq.
2. Oila bu juda-juda muqaddas! Unga qilingan zarracha hiyonat javobsiz qolmaydi.
3. Barcha muslim va muslimalar bilan!
904. ¤ Mushtariy ¤
Psixologik tomondan odamlar yoqtirgan ranglaridan harakterini bilib olsa bo'ladimi. Siz yoqtirgan ranglar?

Albatta psixologiyada juda oddiy narsalar ham muhim. Sariq rangni yoqtiraman.
905. USZ_0085
"Rep"ga munosabatingiz. Qo'shiqchilikning bu yo'nalishi yoshlarning tarbiyasi, dunyoqarashiga qanday ta'sir qilmoqda?

Avval Rep eshitardim. Hozir yo'q. Har narsani ikki tomoni bo'ladi. Manimcha repni foydasidan zarari juda katta.
906. "LOCHIN"
Sportni qaysi turlariga qiziqasiz?

Tennis va kurash. Ot sportiga ham qiziqaman. Vaqtim bo'lsa futbol ham ko'raman!
908. Dj.Tillo
Bo'sh vaqtlarizda nimalar bilan mashg'ul bo'lasiz.

Avval faqat kitob o'qirdim. Hozir internetga ham kiryapman.
911. Sherzod
ОQ АYIQ.UZ Форуми хакидаги фикрларингиз?

Oqayiq.uz forumi tobora hayotimni ajralmas qismiga aylanmoqda. Bundan bazida xavotirlanaman.
914. ¤ Mushtariy ¤
Xayotingizni eng so'nggi so'zi qanday bo'lishini istaysiz?

Barcha chin muslimlar so'zi.
916. Dilnoza..!
Aynan nima uchun CHINGIZXON niki ostida saytga tashrif buyurdingiz?

Yoshligimdan Chingiz Aytmatov asarlari ta'sirida ulg'aydim. Bu insonga ixlosim baland edi. Olloh raxmat qilsin. Keyinchalik Chingizxon shaxsiga qiziqdim. Bu hukmdorni intizomi yoqqan.
918. M@RSH@L
Siz hayot mazmuni nimada deb o'ylaysiz?

Umr mazmuni yaxshi amallar bilan o'lchanadi.
919. Dj.Sher
Bir savol qiziqtiradi: Sizga Qirolicha kim? Uni oldindan taniysizmi? Uni forumga siz taklif qilganmisiz?

Qirolicha bilan yaqindan tanish emasman. Forumga kirmasimdan oldin telda gaplashganman. Kegin forumda u meni tanib qoldi. Uni juda hurmat qilaman.
921. IRFON
Eng yaqin sirdosh do'stingiz bormi, ismi?

Bor. Ismi To'lqin. U bilan gaplashsam yengil tortaman.
923. ¤ Mushtariy ¤
Tasavvur qiling sizga Xizr xazratlari uchradi, va 3ta narsani tila dedi. Siz bunga javoban nimani tilardingiz?

Baxt so'rardim. Boshqa narsa kerakmas.
924. M@RSH@L
Musulmonlarda 5 ta arkon bor. Siz bularni birortasini bajarganmisiz?

Din to'liq bilmasligim eng nuqsonli tomonim.
931. Dilnoza..!
IYMON so'zga ozgina izoh bersangiz! Yani "Iymonimizdan ayirmasin Allohim"degan gapga tushunchangiz?

Iymon bu ishonch manimcha. Ollohga ishongan, undan qo'rqan insonni bemalol iymonli deyish mumkin.
932. IRFON
O'lim nuqta emas vergul.

Bu fikrga qo'shilaman va shuni aytaman: O'lim ibtido, intixo emas.
933. M@RSH@L
Siz xizrdan baxt so'rardim dedingiz. Baxt sizningcha nima o'zi?

Baxt manimcha umrimning mazmunli o'tishi. Kimgadir kerakligingni his qilish. Ertangi kunga ishonchning borligi.
934. _LOLA_
Oqayiq.Uzdan yana qanday yangiliklar kutyapsiz va o'zingiz qanaqa yangiliklar kiritmoqchisiz?

Ishonaman Oqayiq.uz forumi eng birinchilar qatorida bo'ladi. Buning uchun man ham qo'limdan kegancha harakat qilaman.
936. Dj.Tillo
Xayotda erisholmay qolgan orzularingiz bormi?

Ular bir talay. Bir kam dunyo deydilar-ku!
946. Sherzod
Инсонни умрини нимага ухшатасиз?

Inson umrini qumsoatga o'xshataman. Hamma qum tugagandan keyin uni to'nkarish yoki to'nkarmaslik yaratgan qo'lida. Bu bizni amallarimizga bog'liq.
961. ¤ Mushtariy ¤
Ruxiy tushkunlikdan chiqishning eng oson yo'li?

Ajoyib hordiq, do'stlar davrasi va sevimli kitob!
975. Dilnoza..!
Orzuyizdagi rafiqangiz qanday bo'lishini istardingiz?

Oqila, bilimli, chiroyli va albatta Iymonli!
976. IRFON
Dunyo kutubxonasi kaliti sizning qo'lingizda bo'lsa, eng yuqori tokchaga kimning asarlarini joylar edingiz?

Yuqori tokchada qanaqa kitob turishi muhimmas man uchun. Chingiz Aytmatov asarlari doimo qo'lim yetadigan joyda saqlardim. Odatda yuqoridagi kitoblarga e'tibor kamroq bo'ladi.
978. Dj.ShOiR
Chingizxon dostim mana Mustaqilligimizning 20yillik ayyomi yaqinlashmoqda. Savol: Vatan deganda nimani tushunasiz, Vatan sizga nima berdiyu siz vatanga nima bermoqchisiz?

Vatan – ona so'zi naqadar laziz,
Sensan har narsadan mo'tabar aziz.
Hurmatingni saqlar har bir o'g'il qiz,
Muqaddas, mo'tabar ulug' Vatanim,
O'lsam ayrilmasman quchoqlaringdan.

Vatan menga ne berdimas, men Vatanga ne berdim demog'i kerak inson. Hozircha Vatanga bir narsa berdim deb maqtanolmiman lekin har damda butun kuchimni Vatan ravnaqi yo'lida sarflash eng katta maqsadimdir.
980. Mishari Roshid Alafasy
Sizning Idealingizdagi inson kim?

Ideal odam yo'q. Beayb parvardigor.
987. IRFON
Maroqli subatingiz uchun tashakkur! Eng oliy baxtlarni tilaymiz sizga! Doim sog' omon bo'ling!
Mehmon: Chingizxon
Eng yaxshi savol: Dilnoza..!, IRFON
Olib boruvchilar: USZ_0085, IRFON
Oqayiq.Uz 18.07.2011