Dildan suhbat
28.08.2011 sanasida Oqayiq.Uz sayti Milliy Forumida Javlonbek Sadullayev bilan sayt foydalanuvchilari uyushtirgan suhbat.

1316. BOBURIY
Assalomu alaykum aziz forumdoshlar! Mana biz kugan vaqt ham yetib keldi. Hammangizni maroqli suxbatga taklif qilib qolaman!
1326. BOBURIY
Xush kelibsiz! Avvalo o'zingiz haqingizda qisqacha malumot bersangiz.

Sadullayev Javlonbek. 22-aprel 1989-yil. Xorazm vil, Xiva shahri. Hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti 4-kurs talabasi.
1322. Baronbek
Ertalab uyg'onishingiz bilan avvalo hayolingizga nima keladi?

Bugun kun qanday o'tar ekan degan hayol keladi.
1325. YASMINA
Yashashdan maqsadingiz?

Insonlarga yaxshilik ulashish.
1328. ¤ Mushtariy ¤
O'ylagan kundalik rejalaringizni qanchasi amalga oshadi?

Orzularim ushalishi uchun qo'ldan kelgancha harakat qilaman. Asosan 70-80 foiz.
1330. Chingizxon
Har bir kun bir saboq deyishadi. Siz ayni kunlardan olgan saboqlar nima?

"Qaytar dunyo", "Kim do'st-u, kim dushman", "Yemoqlikning qusmog'i bor". Mana shular.
1331. _LOLA_
Hozir ota-onangiz qilib uyga qaytyapmiz deyishsa nima qilardingiz?

Hursand bo'lardim, albatta.
1333. BAXTISHKA
Hammaga qiziq bo'lgan savol. Boshqaruvchi nikingizni tarixi va bu nik ma'nosi. Qisqasi nikingiz haqida batafsil ma'lumot bersangiz?

Boshqaruvchi nikimni tarixi yaqin 2 yillikka borib taqaladi. Domlamni o'rtog'larini pochtasi dasturchi@mail.ru edi. Manam menejment ya'ni boshqaruv yo'nalishida o'qiyotganim uchun Boshqaruvchi niki paydo bo'ldi.
1334. YASMINA
Sizningcha oila bu nima?

Oila - bu bir-birini tushunadigan va sevadigan ikki insonning muhabbat rishtalaring mustahkamlanishi.
1336. ShoXruX
Oilangiz uchun qilgan eng foydali ishingiz?

Buni aniq aytolmayman-u, lekin oilamga hech og'irligim tushishini xohlamaganman. Muammolarimni ularga aytmay, o'zim hal qilishga harakat qilaman.
1340. Chingizxon
Orzu-umid-ilinj sizningcha farq nimada? Qaysi biri ko'proq sizniki?

Orzu qilasiz, unga erishish uchun qaysidir miqdorda umid bo'ladi, u ham sekin-sekin yo'qolib ilinj qoladi.
1342. Matrix
Sizningcha odamlar o'zgaryaptimi yoki zamon?

Odamlar shu zamonda yashayapti. Odamlar o'zgaryapti, buning asnosida zamon ham o'zgaryapti.
1344. ¤ Mushtariy ¤
Do'stlik - bu nima sizningcha?

Do'st har qanday holatda yoningda bo'ladi. Qayg'uli kuningda ham, xursanchiligingda ham, puling borida ham, yo'g'ida ham... Mani bitta haqiqiy do'stim bor. Ismi Muhiddin. U hozir ham yonimda o'tiribdi. Kasalxonada va undan chiqqanimda ham ovqatimdan xabar olib turdi.
1352. Chingizxon
Barcha munosabatlarni zamirida manfaat yotadi. Bu fikrga qanday qaraysiz?

Salbiy qarayman. Lekin bu holat ko'p uchraydi va biz bilib-bilmay manfaat yo'lidan ketamiz. Nega ekan, bilmadim.
1354. BOBURIY
1. Hozirgacha bo'lgan davrda xayotingizda ro'y bergan biron-bir qiziqarli voqeani aytib bera olasizmi?
2. Internet olamiga ilk tashrifingiz qanday bo'lgan?

1. Litseyda yotoqxonada turganimda yotoqxona kaliti mandayam bor edi. Shanba kuni uxlab qolibman, komendant eshikka qulf ham solib ketibdi. Ikki kun yotoqxonada bir o'zim qolib ketganman.
2. 2006 yil ilm.uz saytiga kirganman.
1360. BAXTISHKA
Zamonamiz tez rivojlanmoqda. 10 yildan kegin hayotingizni qanday tasavvur qilasiz?

Uylanib, ota-onam, sevimli yorim, bola-chaqam yonimda, ishim yaxshi. (Ilohim shunday bo'lsin!)
1361. Baronbek
Oila va karyera. Ikkalasidan birini tanlash shart bo'lsa qaysi birini tanlardingiz?

Nozik joyimdan ushladingiz. Aql bilan ish tutib karyerani tanlardim. Oyoqqa turib olib kegin uylanardim.
1363. Chingizxon
Doimo haq ekanizni isbotlay olasizmi?

Yo'q! Doimo isbotlay olmayman. Ba'zi payt qo'lim "kalta"lik qiladi. Kegin qo'l siltashga majbur bo'laman.
1368. ¤ Mushtariy ¤
Sabrli bo'lishingizga bo'lgan turtkilar?

Ekkan mevangizni hosilini kutish.
1369. Matrix
Hijron, ayriliq bu?

Ikki qalb ayrilsa, hijroni yomon-da. Buni boshiga tushgan inson biladi.
1372. Chingizxon
Essiz odam... bu so'zni qaysi vaziyatlarda ishlatasiz?

Juda ko'p vaziyatlarda. Man har kuni hayotni, undagi odamlarni kuzataman. Ko'plar aqlsizlik qilib, nojo'ya ish qilib qo'yadilar. Deyarli har kuni bu so'zni ishlataman.
1378. ॐ๑elyorbek๑ॐ
Tasavvur qiling sizga Oqayiq.Uz yoki Odnoklasniki admini bo'lish imkoni bo'lsa. Qaysi birini tanlaysiz?

Hech qaysi. Adminlikni yoqtirmayman.
1379. JabbaWockeeZ
Farzandlaringiz qanday kasb egalari bolishligini istaysiz?

O'zini qiziqishlaridan, intilishlaridan kelib chiqib kasbga yo'naltirgan bo'lardim.
1382. Baronbek
Nega aynan iqtisod sohasini tanladingiz? Sohangiz bo'yicha qanday mansabda ishlashni istaysiz? Buyuk iqtisodchilar qatorida bo'lishni hoylaysizmi?

Barcha fanlarni yaxshi bilardim, kegin o'ylab iqtisodiyot yo'nalishiga tayyorlanishga qaror qildim. Lekin iqtisodchi olim bo'lish niyatim yo'q. O'zimni firmam yoki bankda biror bo'lim boshlig'i man uchun yetarli.
1388. _LOLA_
Forumni sog'inganmidingiz?

Sog'ingandim. Lekin ketishimda hech kim ketma demagani uchun bu sog'inch ortiqcha ekanligini his qildim.
1391. ¤ Mushtariy ¤
Juda xam ayanchli voqealarga duch kelganmisiz va undan chiqargan xulosangiz?

Juda ham ayanchlilarga duch kelmaganman-u, lekin ayanchli voqealarga har kuni duch kelaman. To'g'ri xulosa chiqarishga harakat qilaman.
1392. DENIS
Bir yurakka ikki sevgi sig'adimi? Ulardam qaysi biri haqiqiy? Qaysinisi kuchli?

Sig'diraman desa o'ntasiyam sig'adi. Lekin haqiqiysi bitta bo'ladi. Qolganlarini bilmadim.
1430. BOBURIY
Bugungi suhbatimiz ham ko'pchilikning yodida shirin xotiralar bilan qoladi degan umiddamiz. Ishtirokingiz uchun xammangizga katta raxmat!
Mehmon: Boshqaruvchi
Eng yaxshi savol: Baronbek
Olib boruvchi: BOBURIY
Oqayiq.Uz 28.08.2011