Dildan suhbat
28.10.2011 sanasida Oqayiq.Uz sayti Milliy Forumida ushbu Forumning faol a'zosi Zahiriddin Shukurov bilan sayt foydalanuvchilari uyushtirgan suhbat.

2248. IRFON
"Dildan suhbat" loyihasining bugungi mehmoni, aynan ushbu loyihaning muallifi va boshqa bir-biridan ajoyib mavzular egasi, fikrlash doirasi kengligi bilan ajralib turuvchi forumdoshimiz va moderatorimiz BOBURIY ya'ni Zaxriddin aka bo'ladilar. Marhamat suhbatni boshlaymiz!
2250. IRFON
Hush kelibsiz! O'zingiz haqingizda qisqacha ma'lumot bering!

Avvalo barcha forumdoshlarga va ular qatori sizga hayrli kech! 1985-yil 2-iyun kuni Andijon shahridagi ziyolilar oilasita tavallud topganman. 3 akam, 2 opam va 1 singlim bor. Shukurovlar oilasining kenja o'g'il farzandiman.
2256. ¤ Mushtariy ¤
Xayotingizdagi eng quvonchli kun?

Singlimni turmushga bergan kunim xozirgacha bo'lgan xayotimdagi eng quvonchli kunim.
2259. M@RSH@L
Siz uchun dunyodagi eng qadrli narsa nima?

Makon uchun vatanim qadrli!
Zamon uchun har bir onim qadrli!
Mehr uchun ota-onam, yaqinlarim qadrli!
2260. IRFON
Eng qattiq xurmat qiladigan uchta forumdoshingiz?

Alfasiy, Irfon, Ilhom Do`st Muhammad va albatta barcha forumdoshlarni hurmat qilaman!
2262. IMPERIYA
Форумда жуда куплаб лойихалар муаллифисиз. Негадир уша лойихаларда иштирокингиз суст! Бунга сабаб нима?

Bunga sabab shaxsiy xayotdagi yumushlar deb o'ylayman. Internet, shaxsiy xayot va boshqalarni bir me'yorda davom ettirish qiyin masala. Bu hususida Dj.Maxga xavas qilaman. Ya'ni Dj.Max barchasiga ulgurishiga xavas qilaman. Nima ham derdim! Har kim ham Dj.Max bo'la olmas ekan!
2263. BAXTISHKA
MILLIY FORUM - siz uchun?

Milliylikni anglash, uni saqlab qolish va bu omonatga hiyonat qilmagan holda kelajak avlodlarga yetkazishdir MILLIY FORUM.
2265. Dj.Max
Vatanparvarmisiz?

Bunga o'zim baxo berishim men uchun emasdek tuyuldi.
2271. Shirin
Kelajakda farzandlaringiz kimga o'xshashini istardingiz?

O'gil bo'lsa Jaloliddin Manguberdiga. Qiz bo'lsa Nodirabegimga. (Orzuga ayb yo'q!)
2275. Flowergirl
Aka yoki uka sifatida opa-singillaringiz oldidagi burchlaringiz nimalardan iborat deb o'ylaysiz?

O'zimdagi "men" ni unutib o'rniga "ular" tushunchasida bo'lishligni burchim deb bilaman.
2277. Joni
Bilamizki, rahbarlikni uchta: avtokratik, demokratik, liberal turlari bor. Sizda ko'pincha avtokratik ustun. Savol: O'zingizni rahbar sifatida qanday tasavvur qilasiz?

Men siz aytganday raxbar ham emasman. Moderatorlik rahbarlik deb o'ylasangiz adashasiz. Moderator sifatida uni yukini o'zimda og'ir his qilyapman.
2278. Dj.Max
Moderatorlik yuki og'irmi?

Eee! So'ramang!
2283. IRFON
Unutish xissi ham ne'matdir! Buni qanday ta'riflaysiz?

Yaxshilik ham yomonlik ham Allohning o'z bandalari va maxluqotlariga bergan nemati bo'lganidek unutishlik ham yaxshimi yoki yomonmi bir nematdir. Agar unutishlik yaxshilik bo'lsa unga shukur qilish, agar yomonlik bo'lsa unga sabr qilish kerak.
2285. Shirin
Sizningcha erkak kishi nima uchun ayoliga qo'l ko'taradi?

Menimcha jaxliga qulligi uchun.
2293. Dj.Sher
Ayni paytda siz judayam orzu qilayotgan narsa?

Ayni paytda hech narsani orzu qilmayapman!
2295. TALABA_31
O'zbek futboli uchung qayg'ura olasizmi?

Ha. Muhlis sifatida!
2297. Dream
Hayot mazmuningizga aylangan biror narsa bormi?

2298. Farangiz
Sevgan insoningiz internetda yursa, uni bu olamdan olib chiqarmidingiz yoki aksi?

Niyyati hayr, maqsadi ilm bo'lsa cheklamasdim. Faqat nazorat qilib turar edim.
2300. Flowergirl
Z.M.Bobur shaxs sifatida nima deya olasiz?
Ismingizni kim qo'ygan?

Z.M.Bobur millatning asl o'g'loni. Adolatli shoh…
Ismimni dadam o'z do'stiga xavas qilib qo'ygan.
2301. ¤ Mushtariy ¤
Bir donishmandning "Men yaxshi emasman, lekin yaxshilik ichida yashayman" degan gapiga fikringiz?

U donishmand o'z nafsini ko'p malomat qilib turadigan solih insonlardan bo'lsa kerak. Yuqorida aytgan gaplari o'z nafsini jilovlaganligining e'tirofi deb o'ylayman.
2306. Maftuna
Forumdagi qizlarga maslahatingiz!

O'zligingizni, o'zbekligingizni unutmanglar!
2349. BOBURIY
Barchangizga tilaklar uchun va qimmatli vaqtingizni ayamay "Dildan suhbat" loyihasida ishtirok etganingiz uchun rahmat! Qolib ketgan savollar bo'lsa savol egalaridan uzur so'rayman. Barchangizni qalbingizda o'ylagan hayrli niyatlaringiz ijobatini Allohdan so'rab qolaman. Hammangizga yana bir bor rahmat!
Mehmon: BOBURIY
Eng yaxshi savol: Shirin
Olib boruvchi: IRFON
Oqayiq.Uz 28.10.2011