Dildan suhbat
03.09.2011 sanasida Oqayiq.Uz sayti Milliy Forumida ushbu Baxtiyor Sharipov bilan sayt foydalanuvchilari uyushtirgan suhbat.

2162. MARSHAL
Assalomu alaykum hurmatli forumdoshlar! Bugungi mehmonimiz BAXTISHKA bo'ladi.
2164. MARSHAL
O'zingiz haqingizda qisqacha ma'lumot bersangiz.

Sharipov Baxtiyor. 1987-yil 22-dekabrda Qo'qon shahrida tug'ulganman. Oilada 5 kishimiz. Dadam, ayam, opam, akam va man. Opam turmushga chiqqanlar. 2 ta jiyanim bor. Akam ham uylangan. Dadam tadbirkor. Ayam uy bekasi. Man esa hozirgi kunda Qo'qon shahar Pedagogika kollejida pedagog sifatida ishlamoqdaman.
2165. IMPERIYA
Сизга саволим: Оила деган сузга канака таъриф бера оласиз?

Oila man uchun eng muqaddas. Baxt ham shu oilada bo'ladi deb o'ylayman. Barcha oila a'zolarim yonimda. Bemalol o'zimni baxtliman deya olaman.
2167. Baronbek
Nega nikingiz aynan BAXTISHKA?

Yoshligimda do'stlarim BAXTISHKA deb chaqirishardi. O'zimga ham bu jumla yoqardi. Shuning uchun loginim har doim BAXTISHKA.
2171. Shams 88
Dunyoda eng yaxshi hislatli kishilar kimlar?

Xammaga bir hil munosabatda bo'ladigan. Samimiy va ko'ngli ochiq kishilar. Chunki bunday insonlardan hech qachon yomonlik chiqmaydi.
2177. MARSHAL
Taqdir charxpalagi – bu so'z qanchalik haqiqatga yaqin?

Taqdir hamma inson hayotining bir bo'lagi. Taqdirni har qanday to'siqlarini sabr va matonat bilan yengsak, ana o'shanda o'ylagan maqsadlarimizga albatta yetamiz.
2185. ¤ Mushtariy ¤
Yulduz Usmonovaning qo'shig'idagi
Umr nima? Umr aslida bir yumaloq tugmacha yo'l,
Tugmadan sal kattaroq yo yana bir nimacha yo'l,
degan so'zlarini izohlab bering?

Manimcha umr tugmachadek kichkina ekanligi va uni qanday ip bilan tikish insonni o'ziga bog'liq ekanligi nazarda tutilgan bo'lsa kerak.
2183. Baronbek
Qandaydir armoniz bormi ushalmaganidan qattiq afsuslanadigan?

Allohga shukurki hozirgi kunimga qadar hech qanday armonim yo'q. Bundan judayam hursandman.
2186. BOBURIY
1. Qaysi sport turiga qiziqasiz?
2. Oxirgi marta qachon badiy yoki ilmiy asar (kitob) o'qidingiz?

1. Sport turlaridan Futbolga judayam qiziqaman.
2. Oxirgi bor badiy kitoblardan "O'limga maxkum qilinganlar", ilmiy kitoblardan esa "Jinoyat kodeksi" ni maxsus qismini o'qib tugatdim.
2187. MARSHAL
Forumda o'z o'rningizni topganingiz hech kimga sir emas. Hayotdachi?

Albatta. Xayotdayam o'z o'rnimni topdim deb ayta olaman. Sababi o'zim hohlagan o'qishda o'qidim va ishlayapman. Yana olg'a intilishdan to'xtamoqchi emasman.
2189. Joni
Qizlarni internetdan foydalanishiga qanday munosabat bildirasiz?

Bu narsalar qiz bolani faqat o'ziga bog'liq deb o'ylayman. Qiz bolani ko'nglida faqat poklik bo'lsa, uni tarbiyasini hech narsa buza olmaydi.
2191. Шохруххон
Inson taqdiri haqida nima deysiz? Taqdirini inson o'zi o'zgartira oladimi?

Albatta o'zgartira oladi. Inson taqdiri o'z qo'lida. Taqdirimizi o'zgartira oladigan bir kuchni bilaman. Bu ota-ona duosi.
2193. ¤ Mushtariy ¤
Sizningcha eng arzon va eng qimmat narsa bu? Faqat bir narsani yozing!

Manimcha salomatlik bo'sa kerak.
2195. BOBURIY
Forumdoshlar ichida kimlar bilan ko'rishgansiz?

Xozircha ko'rishish baxtiga muyassar bo'lganimcha yo'q. Lekin albatta forumdoshlarim bilan tez oradi ko'rishamiz. Buni rejalashtirib qo'yganman.
2198. MARSHAL
Siz uchun hayotda eng qadrli nima?

Ota-onam!
2200. Joni
Sizningcha pedagog o'qituvchi uchun eng qiyin narsa nima?

Shunday o'quvchilar bo'ladiki chaynab og'ziga solib qo'ysangizam yutolmaydi. Shular bilan ishlash qiyin. Lekin ular bilanam yaxshi ishlashga harakat qilaman.
2203. ¤ Mushtariy ¤
Hozirgi kunda hafsalangizni pir qilgan dolzarb muammo?

Pul. Ko'pchilik hamma narsani pul bilan o'lchaydigan bo'lib ketdi. Nahotki mehr-oqibat, insoniylik, baxt tushunchalarini pul bilan o'lchab bo'lsa. Xozirgi kunda Mehr ko'zda emas, Mehr pulda bo'lib qoldi. Afsus...
2205. Baronbek
Hayotizga qanday yangilik kirishini xohlardingiz?

Yoshligimdan bir narsalarni ihtiro qilishdi o'ylardim. Bu narsa balki hayotim davomida amalga oshib qolar.
2211. Шохруххон
XXII asr sizningcha qanday yangiliklarni olib keladi?

XXII asrni tasavvur qilolmayman. Judayam rivojlanib ketsa kerak. Mashinalar osmonda uchadi manimcha.
2213. Joni
Tasavvur qiling. O'quvchi sizga savol berdi. Siz javob berolmadingiz. Qanday yo'l tutasiz?

Xali bunday holatga tushmaganman. Agar shunaqa holat bo'lsa o'sha o'quvchiga "Siz bergan savol keyingi darsimizi mavzusiga oid ekan. Keyingi darsda savolizga to'liq javob olasiz" deb vaziyatdan chiqib ketardim.
2215. ¤ Mushtariy ¤
Aql ba'zan oqsaydi! Sizda shu xolat kuzatilganmi?

Hudoga shukr hali bunday holat kuzatilgani yo'q. Inson har doim o'zini ustuda ishlashi kerak. Ana o'shanda siz aytgandek Aql oqsamaydi.
2219. Dj.Sher
Sizningcha tanqid o'rinlimi?

Albatta. O'rinli tanqid bo'lsa albatta qabul qilaman. Shu orqali kamchiliklarimi bilib olaman. Lekin noo'rin tanqid bo'sa bu endi o'z o'zidan hasadga aylanadi.
2235. ¤ Mushtariy ¤
Ajoyib va maroqli suhbat uchun tashakkur. Doimo shunday mustahkam iroda, o'zingizga ishonch bilan xayotda olg'a intilib yashang! Allohdan sizga sog'lik, omad, ishlaringizga rivoj tilayman!
Mehmon: BAXTISHKA
Eng yaxshi savol: IMPERIYA
Olib boruvchi: MARSHAL
Oqayiq.Uz 19.10.2011