Dildan suhbat
09.12.2011 sanasida Oqayiq.Uz sayti Milliy Forumida Qodirbek Maxarov bilan sayt foydalanuvchilari uyushtirgan suhbat.

2897. Kamtarin
Assalomu alaykum aziz forumdoshlar! Dildan Suhbat loyixamizning bugungi muxtaram mehmoni, forumda yuqori darajadagi bilimdonligi, faolligi va na'munali intizomi bilan aloxida ajralib turuvchi do'stimiz Baronbek bo'ladilar. Marhamat!
2899. Kamtarin
O'zingiz haqingizda qisqacha ma'lumot bering!

Ishmi sharifim: Maxarov Qodirbek Tolkunovich. Men 1990-yilda tug'ilganman.
2905. BAXTISHKA
Nikingiz tarixi haqida batafsil ma'lumot bersangiz.

Bu forumga ro'yxatdan o'tishda Baron niki bor ekan. O'shanda o'ylab-o'ylab so'ngra ismimni qo'shimchasini qo'yganman. Shu bilan "Baron"dan "Baronbek"ka aylandim. Keyinchalik boshqa barcha joyda shu nik bilan yuribman.
2906. Kamtarin
Hozir qayerda o'qiysiz?

Hozirda O'zMU 1-kurs magistratura bosqichida o'qiyman.
2909. Ulug'bek-1989
Forumda kim bilan telefonda yoki real hayotda jonli muloqotda bo'lgansiz?

Forumda bir insondan tashqari hech kim bilan jonli muloqotda bo'lmaganman. U inson hozirda turmushga chiqgan.
2910. Kamtarin
Oilangiz haqida gapirib bering.

Oilada 2 farzandmiz. Men va ukam. Otam va onam o'qituvchilar. Ukam bastakor.
2911. BAXTISHKA
Bilamizki siz kompyuter ustasisiz. Boshqa forumdoshlarimiz shu qatorda menga ham kompyuterni sizchalik bilishimiz uchun nima maslahat bergan bo'lardingiz?

Buning uchun hayotni shu ishga bag'ishlash kerak. Sababi texnika kun sayin o'zgarib bormoqda. Maslahatga kelsak, biror yaxshi biladigan insonga shogirdlikka tushish kerak yoki shaxsan amaliyotda sinash kerak. Shogird tushmasdan, amaliyotgan sinashda yo'qotishlar ko'p bo'ladi.
2912. BARON
Xayotda yo'qotganiz ko'pmi yoki topganingiz?

Gohida unisi gohida bunisi. Umumiy olsak topganim.
2922. Chingizxon
Shunday vaziyatlar bo'ladiki o'zingiz umuman yoqtirmaydigan kishiga ishingiz tushib qoladi. Nima qilasiz?

O'sha ishimni boshqa yo'lini qidiraman. Agar eng ohirgi choralarning ohirgisi bo'lsagina hamda o'sha ish eng zarurlarning zaruri bo'lsagina boraman. Aks holda ishimni to'xtataman.
2925. Ulug'bek-1989
Armoningiz bormi amalga oshmaganidan afsuslanadigan?

Ha. Ammo endi afsuslanishdan ma'no yo'q.
2926. BOBURIY
Forumda siz o'zingizga yaqin hisoblaydigan 3 kishini sanab bering?

Forumda barchani o'zimga yaqin hisoblayman, ammo yaqinlarning yaqini bo'lgani: M@RSH@L, Chingizxon, Boshqaruvchi.
2928. Shams 88
Sizga bildirmasdan o'z mansabidan foydalanib sizni orqangizdan ish qilib xuddi orqadan zarba beradigan qo'rqoq odamlarga munosabatingiz?

Bunaqalarni umuman yoqtirmayman. Bundaylarni, chiroyli so'z bilan aytganda "yo'q" qilib tashlash kerak!
2931. Ulug'bek-1989
Oila yoki karera ikkisidan birini tanlashga to'g'ri kelsa qaysi birini tanlardingiz?

Oila! Mansab bugun bor bo'lsa qachondir yo'q bo'ladi. Inson qancha yuqori mansabga erishsa unga "qarshi"lar ko'payib boradi. Oila esa toki tug'ilganimizdan ko'milgunimizcha, dunyo turguncha biz bilan qoladi!
2932. Joni
Nega o'zingizni hamma narsadan olib qochasiz? Masalan, hali hech kim ovozizni eshitmagan. Konferensiyalarda ham qatnashmagansiz.

Bilmadim sababini! Yolg'izlikni xush ko'raman. Biroz tortinchoqman hamda sirli bo'lishni yoqtiraman. O'zimni yaqin tutgan insonlarimni deyarli baridan turli sabablar bilan ayrilganman. Balki shular uchundir.
2937. TALABA_31
Yurak aqlga bo'ysunadimi yoki aql yurakka?

Aql yurakka bo'ysunadi. Lekin yurakni aqlga bo'ysundirish bizni o'zimizni qo'limizda.
2939. Shams 88
O'zingizdanda bilimliroq insonlarga munosabatingiz?

O'zimdan bilimlilarga havas qilaman. Qachondir ular kabi bilimga ega bo'lishga harakat qilaman.
2940. BARON
Vertual xayotdagi sevgi bormi?

Virtual hayotda tanishish mumkin. Lekin sevishish uchun haqiqiy hayotdayam tanishish kerak. Faqatgina virtual hayotdagi sevgi - botqoqlikka aylanadigan soy. Oxiri yo'q baribir. Internetda "seni sevdim", "sensiz yasholmayman", turli oh-vohlar insonni butunlay zaharlashdan o'zga narsa emas.
2945. Chingizxon
Bugungi o'zbek yoshlaring eng katta muammosi. Sizningcha?

Bugungi o'zbek yoshlarining eng katta muammosi layoqatsizlik, bepisandlik va o'z fikriga ega emaslik. Ko'pchilik yoshlar ota-onasiga ishonadi. Bilim olishda esa ko'pchilik yoshlarga faqat diplomni o'zi kerak, bilim esa... Bilimi borlarda muammo esa miyasining turli yo'llar bilan zaharlanishi.
2946. Ulug'bek-1989
Sevgan insoningiz internet olami aro sayr eta boshlasa bunga qanday munosabatda bo'lardingiz?

Agar sevib qolsam sevgilimni internetga kirishiga va sayr qilishiga qarshi bo'lmayman. Shu bilan birgalikda ehtiyot choralarini ham ko'rib qo'yaman.
2948. BOBURIY
Ushbu saytni qanday topgansiz yoki bu saytga kirishingizga kimdir sababchi bo'lganmi?

Voy.uz orqali topganman. Topishimga sababchi bo'lgan inson ham bor.
2954. ***JaSuR***
Oila mustahkamligining asosi nimada?

Oila mustahkamligining asosi o'zaro ishonch va kelishib yashashda.
2955. BARON
Ota-onangiz uchun nima qildingiz-u nimalar qilmoqchisiz? Agar sir bo'lmasa!

Hali unchalik ko'p ishlar qilmadim. Biroz mag'rur, qaddilarini baland ko'tarib yurishlari uchun nimalardir qildim. Hali ular uchun qiladigan ishlarim judayam ko'p. Butun boshli hayot oldinda. Har kunimda ular uchun nimadir yaxshilik qilishim kerak.
2961. BARON
Xayotizni qaysi kunni unutgan bo'lardingiz?

2009 yilni va bu yil mart oyini.
2966. Shams 88
Siz uchun kamchiliksiz ideal shaxs kim va sizning idealingiz?

Kamchiliksiz inson yo'q. Man uchun ideal shaxslar otam va onam.
2972. M@RSH@L
Ma'lumki sizni bilimingizga hech kim shubha qilmaydi. Bunday darajaga qanday erishgansiz?

Onam sababli!
2976. Ulug'bek-1989
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini deyishadi. Sizningcha yana nimalar yigit qaddini egishi mumkin?

Xiyonat, nomardlik.
2979. Shams 88
Oynaga qaraganingizda o'zingizni ko'rib nimani his qilasiz? O'ylaganmisiz kim edim va kim bo'ldim deb?

O'zimni ko'rib bundanam katta yutuqlarga erishishim kerakligini o'ylayman. Kim edim va kim bo'ldim deb o'ylamayman.
2982. M@RSH@L
Siz forum uchun sirli insonsiz. Nima uchun konferensiyalarga taklif qilsak ham qatnashmaysiz. Nima uchun?

Uyda bo'lgan paytim gaplashish biroz noqulay bo'ladi. Sababini bilmadim, ammo uyda ota-onam oldida bemalol gaplasha olmayman.
2984. Ulug'bek-1989
Bilishimcha siz Yuventusga muhlislik qilasiz. Bunga asosiy sabab?

Del Piero, Nedved, Davids, Kamoranezi va Yuventusning o'yin uslubi sababli.
2988. BARON
Erkak kishi un or-nomus g'urur ustun turadi. Su narsalardan xam voz kechib turadigan vaqt ham bo'lganmi?

Har kimni dunyoqarashiga bog'liq bu narsa. Shaxsan o'zimda bo'lmagan.
2993. Chingizxon
Ota-onangizdagi qaysi fazilatlar sizda aks etgan. Kelajakda farzandingizga o'zingizdan qaysi fazilatlar o'tishini istaysiz?

Ota-onamdan bir qancha fazilatlar o'tgan. Masalan salga asabiylashish, boshlagan ishimni oxirigacha yetkazish, biroz erinchoqlik... Farzandimda faqat yaxshi fazilatlar bo'lishini xohlardim.
2995. M@RSH@L
Do'stim kelakdagi oruingiz haqida bir og'iz so'z?

Kelajakda orzularim ko'p. Ota-onamni meni baxtimni ko'rib yashashlari, doim ularni xizmatida bo'lishim.
2996. Kamtarin
Eng olis safaringiz?

Eng olis safarim Samarqandga bo'lgan.
3001. Kamtarin
Samimiy suhbatingiz uchun tashakkur. O'qish va ishlaringizda ulkan muvaffaqqiyatlar tilab qolamiz. Salomat bo'ling!
Mehmon: Baronbek
Eng yaxshi savol: Chingizxon
Olib boruvchilar: IRFON, BAXTISHKA
Oqayiq.Uz 09.12.2011