Dildan suhbat
25.07.2011 sanasida Oqayiq.Uz sayti Milliy Forumida ushbu Forumning faol a'zosi Muhiddinov Bahromjon bilan sayt foydalanuvchilari uyushtirgan suhbat.

1180. IRFON
Assalomu alaykum! Aziz do'stlar bugungi mehmonimiz, barcha forumdoshlarni o'ziga do'st deb biladigan, maslaxatini ayamaydigan akamiz va do'stimiz Bahrom1113 bo'ladilar. Forumda oilali insonlar juda kam, mana shulardan biri bugungi mehmonimiz bo'ladi.
Bahromaka xush kelibsiz!
1185. IRFON
O'zingiz haqingizda qisqacha ma'lumot?

O'zim haqimda qisqacha: Ismi-sharifim Muhiddinov Bahromjon. 1983-yil Toshkentda tug'ilganman.
1181. Князь
1. "Pul" siz uchun nima?
2. Sizni aldash osonmi?

1. Pul – men uchun qo'lni kiri. Keladi-ketadi.
2. Aldash ozgina qiyin. Lekin harakat qilsa bo'ladi. Lekin aldangan paytlar bo'lgan.
1183. Dj.Xon
Mani savolim: Sizning eng yaqin do'stlarigiz kim?

Mening yaqin do'stim avvalo Alloh. Ota-onam. Bu forumda hamma!
1190. IRFON
Eng katta orzuyingiz?

Meni katta orzularim ota-onamni makka ziyoratiga olib-borib kelish. Farzandimni kamolini ko'rish.
1197. Boshqaruvchi
Bir savol qiziqtiradi. Bir bor, shu forumda kuzatuvchi bo'lib, bitta bezorini qo'rqitgan edingiz. Rostdan ham militsiyaga aloqangiz bormi?

Bu sirligicha qolsin.
1198. Sherzod
Адашмасам "Сен хам мени рашк килгин" кушигини сиз ижро этгансиз. Санъатга кизиккасизми? Хозирги янги чикиб келаётган ёш кушикчиларга сизнинг фикрларингиз кандай?

To'g'risi hozirgi yosh qo'shiqchilarga meni fikrim o'rtacha. Sababi, ularni orasida ovozi yahshi milliy ruhda aytadiganlari ko'p.
1200. IRFON
Oilada nechta farzandsizlar va farzandingiz nechta?

Oilada 4 o'gil bir qiz. Ota-onam hammasini uy-joyli qilishgan. Farzandim esa bitta. Ismi Fayzulloh.
1203. NuraliN72
Siz internetga ko'p kirasiz. Bu narsa hayotingizga halaqit bergan paytlari bo'lganmi?

Gohida qalaqit beradi. Lekin hammasini o'z vaqtida bajarishga harakat qilaman.
1205. Dj.Xon
Kasbingiz haqida to'liq malumot bersangiz?

Davlat ishida ishlayman.
1210. IRFON
Farzandingiz timsolida qaysi buyuk shaxsni ko'rishni orzu qilasiz?

Farzandimni Umarga R.Aga o'xshashini hohlayman. Chunki adolatni halifa bo'lganlar. O'g'lim ham adolatli bo'lsin deyman.
1214. Dj.bob
Hayotda hech xato qilib bundan afsuslanganmisiz?

Xato qilganman va afsuslanganman!
1221. ¤ Mushtariy ¤
Vijdon azobi... Bu sizda kuzatiladimi?

Kimgadir bilmagan holda zararim tekganidan vijdonim azoblanadi.
1227. USZ_0085
Forumga asosan qanday maqsadda kirasiz. Shunchaki odat, vaqt o'tkazish uchunmi yoki boshqa sabablar ham bormi?

Ilgari ham aytganman. Men internetga asosan o'zimdagi ilmimni tarqatish, bilamganimni o'rganish, yuklamalar yuklash, joylash va kuzatish uchun kiraman.
1232. Dj.Sher
Hayotingizda eng esda qolarli hikmat, biror odamni so'zi yoki biror bir vasiyat?

Hayotimdagi eng esda qolarli hikmat rahmatli buvamni so'zlari bo'lgan. Hamma uchun foydang tegadigan ish qil, foydang tegmasa zarar qilma.
1235. IRFON
Muhabbatga ta'rif bering!

Muhabbat bu yaqin degani. Hozir sizga kim yaqin albatta Alloh!
1239. Admin
1. "Dushman" - shu so'zga tarif bersangiz!
2. "Zakovat" loyihasi ilk mavsumida sizningcha kim g'olib chiqadi?

1. Bizga eng katta dushman shayton hisoblanadi. Chunki har qanday dushmanlar bizni zararimizni o'ylaydi, qoqilsin deydi. Yani zararkunanda hashoratlarga, hayvonlarga o'hshaydi ular.
2. Aqillilar yutadi bu loyihada.
1240. Dj.Xon
Ovqat qilishda ayolingizga yordam berasmi? O'zingiz ham biron bir taomni tayyorlab ko'rganmisiz?

Ayolimga yordam berib turaman. Ovqat tayorlagan paylarim ham bo'lgan.
1247. ¤ Mushtariy ¤
Sizni yumshoq tabiatli inson sifatida bilaman. Xayotda xam shundaymisiz?

Ko'pincha shundayman. Hammada ham jahl sifati bo'lgani kabi menda ham bor.
1262. Dj.Xon
Sizni qanday yomon hislatlaringiz bor shu haqida malumot bersangiz?

Jahlim chiqan mahal qattiq gapirib yuborishim mumkin.
1264. Mirjalol
Farzandingiz futbolchi bo'lishini hohlaganda qanday javob berardingiz?

Agar o'zi shuni hohlasa bunga qarshi bo'lmayman. Hamma o'z o'rnini topishi kerak. Shunga intilar ekan nega qarshilik qilish kerak?
1268. INTELGENT
Hayotingizdagi eng yaqin do'stingiz tomonidan chalindingiz. O'sha do'stingiz kechrim so'rab keldi. Kechirgan taqdiringizda ham ilgarigidek do'st bo'lib qolarmidingiz?

Bunday voqea bo'lib o'tgan. Kechirib avalgidek do'stmiz hozir. Nega Alloh bizni katta gunoh qilsak kechiradiyu. Do'stimizni kichkina gunohini kechirolmaymiz?
1282. Ozodbek_007
Hayotda yashashdan maqsadingiz?

Bu dunyoda yashashdan maqsadim ezgu ishlar va yahshiliklar qilish!
Mehmon: Bahrom1113
Eng yaxshi savol: Dj.Xon & ¤ Mushtariy ¤
Olib boruvchilar: USZ_0085, IRFON
Oqayiq.Uz 25.07.2011