Yuragimda sen borsan-7
Yana bu yulduzli tun uzra shirin hayollarga berilaman. Nigohlarimga sening chiroyli qarashlaringni berkitganman. Shuning uchunmi qayerga qaramay seni ko'raveraman. Hamma chiroyli narsalarda sen borga o'hshaysan. Tushlarimni ham sen band etgansan. Men seni sevaman. Shu so'zni senga aytmoq uchun ming bor mashq etaman. Ammo baribir ayta olmayapman. Bugun ham aytmoqqa necha bor yuzlandim. Yoningga boraman-u endi shaylanganimda yuragim titrab tillarim aylanmay qoladi. Tavba… Bu nimaning sehri ekan? Menimcha hammasi muhabbatning qudrati. Ahir yuragimda sen borsan-ku!

Asli meni sendagi qaysi joziba maftun etganini bilmayman. Ehtimol yonib turgan jayron ko'zlaringdir. Ehtimol chiroyli kulgularingdir. Ehtimol yuzlaringga naqsh solgan hayo chizgilaridir. Hullas sendagi jam'iy borliq meni asir aylagan. Yuragimga quloq tutaman. Betinim seni ismingni takrorlab urayotgan yuragimda muhabbatning navosi jarang sochmoqda. Seni birgina ismingni aytmoq meni bir kun yaxshi yashashim darmondir. Shu ismingni takrorlab tursam yashnayotgan yuragim yana ming yil yashaydigandek tuyuladi. Agar rostdan ham ming yil yashaganimda edi, shu yillar davomida ham ismingni aytishdan charchamas edim. Ahir yuragimda sen borsan-ku!

Oromimni o'g'irlagan chiroyli gulim. Yolvorib qodir Hudoga senga erishmoqni so'radim. Qo'l tegmagan gulsan mening dil chorbog'imda. Ko'zlarim har tirik mavjudlikdan seni izlaydi. Sensiz bir onimni ham tasavvur eta olmayman. Hayollarimni band etgan gul yuzli dildorim. Orzularim ham senga band etilgan. Ular haqida o'ylasam yuragim entikadi. Seni haqingdagi o'ylarimga erisharmikinman? Muhabbat o'rtamizda ishqning eng yoqimli navosini kuylarmikin? Bu sevgi deganlari yuraklarga yoqimli hislarni soladi. O'z go'zalligini yurakga ochib beihtiyor uni o'z makoniga yetaklaydi. Bu makonda armon yo'q, dard yo'q, hijron yo'q, mahzunlik yo'q. Bu makonda faqat go'zallik va visol hukmron. Har bir mavjudligi kamalak rangida. Shabnam misoli tiniq va pokiza. Shu makonda bir umr sen bilan hukmronlik etmoq niyatim bor.

Senga sevgimning yuragi haqida gapirgim keladi. Sen haqingda va kelajagimiz haqidagi o'ylarni so'zlab bergim keldi. Qani edi bunga imkon bersang. – Sizni yoningizda bo'lgani yuragimdagi bardosh yetmaydi. Sizdan uyalaman – deb nuqul mendan qochasan. Ammo har bir so'zimni yerda qoldirmay inobatga olishing menga yanada huzur baxsh etadi. O'zimga-o'zim deyman: So'zlarimni yerda qoldirmayaptimi, demak meni sevadi. Shundaykuya, lekin buni o'zingdan eshitishni juda hohlardim. Bilaman, baribir ayta olmaysan. Ko'zlarimga tik qaray olmaysan-ku. Yana izhor bayon etishing aqlimga sig'maydi ham. Mayli menga sevaman deb aytma. Yonimda turganingda yuzlaringni qizarishidan, ko'zlaringni u yoq – bu yoqqa olib qochishingdan, bir og'iz so'z demay kulib turaverishingdan hammasini o'qib olsa bo'ladi. Chin oshiqlar bir-birini ishora bilan ham tushunadi deyishadi. Izhoringni allaqachon yuragim sezib bo'lgan. Ahir yuragimda sen borsan-ku!

Sen meni o'zingga o'rgatib olding. Nafaqat o'zim balki hayollarim ham sensiz yashay olmaydilar. O'zimga o'zim aytaman. Hayollarimdan bir soniyaga seni chiqarmoq sevgimga hayonat. Seni har bir so'zing men uchun muhabbating izhori. Ko'zlaring esa dilga orom baxsh etuvchi go'zallikdir. Sen meni yuragimga ishq degan tuyg'uni olib kirding. Tilimga sevgi degan tushunchani tanish etding. Nigohlaringda ilk bor o'zimga nisbatan muhabbatni, mehrni ko'rdim. Bu albatta men uchun ta'rifi yo'q baxt, tengsiz mukofotdir. Shu baxtimdan ayrilishni aslo istamasdim. Ahir shu baxtdan sarmast yuragim seni yo'qotsa unga nima xayotbaxsh bo'ladi? Buyuk yo'qotishmi yoki armonning achchiq suvimi? Undan o'lmoq afzal emasmi? Men sensiz yashay olmayman. Hattoki sensiz bir lahza ham tasavvurimga sig'maydi. Ahir yuragimda sen borsan-ku!

Yuragimning malikasi. Mening erka gulim. Dunyolardan, jam'iyki nigohlardan qizg'onganim. Seni o'zimdanda ko'proq avaylayman. Ahir sensiz yasholmayman. Meni yashashim uchun seni asramog'im juda muhim. Mening uchun dunyodagi yaxshilardan yaxshi nigorim, go'zallardan go'zalim, ismi ham qalbimda muazzam so'zligim men seni sevaman. O'tinaman meni hech ham tashlab ketma. Yashashim uchun bir og'iz kaloming darkor ekan. Shu kalomingni ayama. Senga butun borlig'imni baxshida etaman. Ahir yuragimda sen borsan-ku mening erkam!

Hurshidi Jahon