Yuragimda sen borsan-23
Sevgi sirlarin ko’ngil mulkiga naqsh aylab ishqning chin asiri bo’lgandim. Uning nomini aytib tonglarimni qarshi olardim. Sog’inardim seni, vaqtning har laxzasida. Lekin ishq bilan to’lib-toshayotgan shu ko’ngilga g’ariblikni va ozorlarni munosib deb bildi. Bilmadim nima uchun?! Balki yanada to’lib-toshib seva olmaganim uchunmikin? Men borim bilan, vujudim bilan sevgan edim. Bundan ortiq yana qanday sevish mumkin edi. Umrimni bergandim shu sevgi uchun. Endi esa o’sha umrim hijronlarga to’ldi. Ayriliqning dardlariga qurbon bo’ldi. Jon-jonimdan o’tirb ketyapti. Uni sevib sevgimga erisha olmadim. Ayrilib esa unutish qo’limdan kelmayapti. Odamlar sevgi haqida bunchalar oson gapirishadi-ya. Hukmni bunchalar oson chiqarishadi. O’tikinchi tuyg’u emish. Nega shunday bo’lsa bu tuyg’u hali ham yashamoqda? Nimaga u tezroq o’tib ketmagan. Sevish-sevilish, ayrilish-unutish shunchalar osonmikan? Shu qadar oson bo’lsa nega bu mening qo’limdan kelmayapti, nega?

Kecha sendan yagona yodgorlik bo’lgan kichkinagina maktubni oldim. Unda ikkita oqqushning taviri bor edi. Judayam chiroyli oqqushlar. Sevishganlar timsoli bo’lgani uchun ham balki buni menga sovg’a qilgandursan. Hozir shu sovg’ang hayotimning eng qimmatbaxo mulkiga aylanib qolgan. Uni shunchalar avaylab-asraymanki hatto yuragimni ham bunchalik ehtiyot qilish qo’limdan kelmaydi. Shu bir bo’lak maktubda qanchalar xotirlar, sening surating, kulgularingni jaranggi, sexring muxrlanib qolgan. Bunda qo’llaringni izi bor. Menga bo’lgan muhabbating bor. Tuyg’ularing bor. Bu maktubni qo’limga olsam ana o’sha tuyg’ularning barchasi ko’z oldimda namoyon bo’ladi. Ehtimol shuning uchun ham qadrlidir?! Balki shuning uchun ham yuragimdan-da qimmatliroqdir?! Nazarimda umrim ham shu maktubdayin. U yo’q bo’lsa men ham yo’qdekman. Yuragim ham maktubdayin bir siqim. Men sen uchun bu maktubni asrab kelyapman. Yuragim esa shu maktub uchun meni asrab kelmoqda!

Eh mening umrimni, ko’nglimni barbod qilgan ishq. O’zi bunyod etib so’ngra vayron qilgan ishq. Visolni qoldirib hijronlarga, ikki yurakni bir umrga ayro etgan ishq. Nega sevdirding tangrim? So’ngida tiriklayin o’ldirmoq uchunmi? Yoki ishqni insonga jazo uchun berdingmi? Ayrilmoq, kuymoq uchun berdingmi? So’nggi o’lmoq bilan tugashi uchun yurakdan sevdirdingmi? Nega ahir? Nega sevgining visolini hech bir oshiqlarga nasib etmaysan? Buni jazo uchun berasanmi yoki mukofot uchun? Bir-biriga ipsiz bog’lab, yana nega bir-biridan ayirasan? Sevgi va visol! Nega bularning orasi bunchalar uzoq. Sevasan-u vasliga erisha olmaysan. Faqat va faqat sevib yashayverasan. Ayriliqni ko’tarmoq uchun bardosh ber tangrim. O’lgunimcha yashamoq uchun sabr ham ber. Uni bir ko’ray demayman. Endi uni ko’rmoq qaramoq hiyonat. Meni esa hiyonatni sevgimning ostonasiga ham yo’latishni istamayman. Uni vaslini nasib etgin chin dunyolaringda.

Yuragim og’riydi. Har tun har laxza seni sog’inadi. Bora-bora bu og’riqlar zo’rayib bormoqda. Men uchun o’zingizni doim asrab yuring deganding. Bu qo’limdan kelmayapti. O’zim uchun emas sen uchun o’zimni qanchalik asramay baribir so’nib boryapman. Yuragim hijronning yukini ko’tarolmayapti. Sevgim ham yig’laydi tinim bilmasdan. Yurak ham yig’laydi seni so’roqlab. Ichim qurib boryapti. Zim-ziyo makonda hech narsa yashnamaydi. Buni o’zing ham bilasan. Ammo bir kun uzoqlarda menga ko’zing tushib qolsa haroba holimdan g’am chekma deya sirtimni go’zal qilib yuribman. Faqat meni tashvishga soladigan o’y biror vaqt o’limimdan xabar topsang qay ahvolga tusharkinsan? Bir tomichi ko’z yoshingni to’kmay bu g’aribing umringni ko’z yoshlarga ko’mib qo’ymasmikin? Yo’q-yo’q aslo unday bo’lmaydi. Men sendan so’ng o’laman. Yaratgandan shuni so’rayman. G’arib ko’ngling o’limimdan vayron bo’lmasin. Sen tabassum bilan yashashga loyiqsan. Dardlar bilan emas...

Men ayriliqqa mahkum etilgan sevgining mahbusiman. Men umrimni ishq uchun baxshida etgandim. Endi shu ishq uchun jon beraman. Men boshqacha yashay olmayman. Hattoki hech narsani boshidan boshlay olmayman. Menda sabr qoldi halos. Ko’ngilda shular bo’lsa bas. Men o’lmay yashayveraman. Ammo hayotda yashashdan o’zga choram yo’q. Ko’ngil bisotimda qanoatdan bo’lak hech vaqo qolmadi. Sevgi ham ishq ham qurib bitdi. Faqat sen shunday horlikda yashama. Diling quvonchlarga to’lsin. Ko’zlaring baxtdan yashasinki xayotning eng go’zal laxzalari sening hamrohing bo’lsin. Baxt deb ataganing hayotingni har bir kemtik joyini to’ldirsin. Mayli meni eslama. Men roziman. Ammo meni butunlay unutib yurishingni ham istamayman. Sen mendan ayrilding. Endi boshqa hech narsani yo’qotma. Sevgidan ayrilding, lekin baxtdan mosuvo bo’lma. Hamma istaganlaringni ko’rgin. Men senga yaxshiliklar tilash uchun qancha bo’lsa shuncha yashayman. Men seni umrimni so’ngigacha sevaman. Ahir yuragimda sen borsanku!

Hurshidi Jahon