Yuragimda sen borsan-20
Alvido... Seni sekingina kuchsiz aytgan bu so’zing nafaqat sevgimizga, balki mening butun hayotimga yakun yasadi. Shu so’z meni dunyolarimni qorong’u etdi. Umrimni tugatdi. Qanchalar azob va iltijolar ila topgan muhabbatimni nahotki shu oddiygina shu so’z bir laxzaning o’zida yo’qqa chiqarsa. Yo’q. Men chiday olmayman. Sevgimning ko’zlarin yoshlatib armonlar girdobiga qo’yib yubora olmayman. Ahir mening tirikligim edi bu muhabbat. Nahot jimgina qolar sevgimiz yetim. Bo’zlatib tashlab ketishga qurbing yetarmi? Ammo also men bunday qila olmayman. Men ayriliqni oson tan ololmayman. Men sensiz yashay olmayman. Qalbimni tirnagan mening gulyuzim, endi ishqning yoqimli kuyi o’rniga ayriliqning nolasi faryod cheksaya. Buni yurak ko’tara olmaydi ahir. Bu kuydan yashnamaydi. Bu noladan faqatgina o’lishi mumkin.

Sening vasling orzusida har tongim munavvar edi. Hatto tun ham yorug’ edi, yuragimdagi ishq alangasidan. Zulmat neligin bilmagan bu qalbimni bir laxzada qora bulutlar qopladi. Quloqlarim gung, ko’zlarim ham hech narsani ko’rmay qoldi. Endi mening orzuyim yo’q. Tonglarim ham go’zal emas. Go’zal emas hatto mening hayotim. Dilbar emas chalingan kuylar ham. Yuragimda esa qora sukunatning mudhish ovozi. Bunchalar ham yoqimsiz hunuk ekan uning tovushi. Ilgari bunday holatni hech o’zimda ko’rmagan edim. Hatto ayriliq haqida o’ylagim kelmasdi. Men senga, sevgimizga juda ishonar edim. Umrim shu muhabbat gulshani ila go’zal bo’lishini juda istagan edim. Ammo hayotda sen istagan hamma narsa bo’lavermas ekan. Bunga endi ishonyapman. Nega aynan sevgida? Ahir men usiz ertangi kunimga qadam qo’yolmaymanku.

Tun allamahal. Titrab, qaqshab uyg’onaman. Yig’loqi yurakning betoqat ovozi keladi. Uni topib ber, men so’nyapman deydi nazarimda. Afsuski yupanch uchun, tinchlanmog’i uchun so’z topolmayman. Yig’layman men ham unga qo’shilib. Yonimda ko’z yosh to’kar sevgi ham. Madorim yetmaydi umidni chorlamoq uchun. Yana sevish uchun emas, shunchaki yashashga. Birdan ovozing kelganday bo’ladi. Ko’zlarim chaqnab har yonga o’zimni uraman. Ko’z oldim tinib vasling ko’rina boshlaydi. Tabassumingdagi jarangdor shirali ovoz qalbimga mador bo’lgandek bo’ladi. Qo’llarimni cho’zaman, birdan yo’qlik tomon ketasan. Hozirgina shu yerda eding-ku! Mayli qo’llarim bilan qo’lingni tutmasam ham hayolimda shunday qol. Men umrbod shu yerda shu hayol bilan yashashga tayyorman. Seni quchmasam ham uzoqlardan tikilib turishga roziman. Faqat meni ayriliqning zulmatiga tashlab ketma.

Nahot qo’llarimda tutgan sevgi sharobi to’kilar ayriliqning ostonasida? Nahot qalblarimiz birlashmay turib dunyo harobasida umrim tugaydi? Men ishqni asraganmidim shu azoblar uchun? Seni asraganmidim o’zgalar uchun? O’zimni asrabmidim o’lmog’im uchun? Ne uchun sevdim? Ahir ayrildim nega? Javob bormi ayriliq dunyosida mening unsiz savollarimga. Nega u jim, nega jim dunyo ham? Nega hech kimsa savolimga javob bermaydi? Yoki ularda ham javob yo’qmi huddi men kabi? Hech yo’q yolg’on baxona bordir, shunchaki ko’ngil uchun! Toki o’limni topmasimdan bering umidni, yupanchni. Balki, yupanchni ham qizg’onasanmi sensiz qolgan men kabi holi harobdan? Balki endi menga asraganing shunday haroba holatda qolgan ayriliq mozorlaridir? Endi yorug’ kunlarni ko’rmog’im orzu ekanin juda yaxshi bilaman. Qaytolmayman o’sha baxtli onlarimga.

Endi ketar bo’lding sen baxtning dunyolariga. Ammo men qolyapman ayriliqning mozorlarida. Qalbimda afsuslar, sog’inchlar unar. Ayiriliqning qismatiga bitildim chog’i. Endi u mendan ketmaydi aniq. Mayli mensiz sen baxtli bo’larsan. Balki baxting og’ushida meni unutarsan. Ehtimol o’tgan sevgimizning go’zal umri o’tmishingni qora kuni bo’lib qolar. Balki bularni hotirangdan o’chirib tashlarsan. Ammo menda ishqimizdan bo’lak hotira yo’q. Kunlarimning har laxzasi sening hayoling bilan o’tmoqda. Demak ertangi kunim sen bilan boshlanadi. Sen bilan tugaydi. Hotiraga aylangan kunimda esa yana sen. Sen kuch topa olding. Hatto o’sha alvido so’zni aytmoqqa. Ammo meni bunga qurbim yetmaydi. Yetmaydi hatto hayr so’zini aytishga ham. Ahir men istamayman sevgim shu quruq so’z bilan tugashini. Hohlamayman!

Hurshidi Jahon