Yuragimda sen borsan-19
Beg’ubor va sevgimga chin dildan sirdosh bo’lguvchi osmonlari yulduzga to’la sokin tun yana bag’riga chorlamoqda. Muhabbatning shirin hayollari bilan ko’kka termular ekanman go’yoki menga jilmayib turgan to’lin oy ham o’sha tuyg’uning dunyosiga haridordek tuyuladi. Shu sababmi qalbimdagi sof tuyg’ular ila u bilan sirlashgim orzularim bilan o’rtoqlashgim keladi. Ahir qalbimdagi sevgi atalmish tuyg’uning ilk tashrifi va beqiyos go’zalliklari haqida faqatgina u to’g’ri so’zni ayta oladi. Mening sevgimning sirdoshi tun, dardkashi tun. Istagi esa yolg’izlik. Yolg’iz qolganingdagina hotirjam bo’lishing mumkin. Chunki shu dam uyg’oq yuraging seni tinglaydi. Shirin orzularing ro’yobini ko’z o’ngingda namoish etadi. Bu naqadar yoqimli ekanligini tunga sirdosh bo’lgan oshiqgina biladi halos...

Oshiqlikning dardi ham yoqimli va og’riqlidir. Ammo bunga o’zing istagandek davo topa olmaysan. Bu holatda o’zing o'zingda emas uning ihtiyorida bo’lasan. Uning bir jilmayishi yuragingni oromi, bir og’iz so’zi orzularingni ro’yobi ekan. Kunimning bir lahzasini ham uni o’ylamay o’tkaza olmayman. U haqidagi biror bir xabar yoki kalomni shu qadar intiq kutamanki ko’zimga ko’ringan har narsadan umid qilaveraman. Ammo umidlarim bora-bora so’nib boraveradi. Va menga sirdosh bo’lgan tun odatdagidek ovutishga kiradi. Ko’zlarimdagi sog’inchlarning chehrasi shunchalar mahzunki go’yoki hech ham visol neligin bilmagandek, ko’rmagandek. Nahotki sizni olam ichra yagona deb bilguvchi va sevguchi oshig’ingiz uchun buni mukofot deb bilsangiz.

Har tong sizning ismingiz jaranggi bilan uyg’onaman. Qalbimda yana o’sha azobli ammo shirin sog’inchning ovozi. Men sizni sog’indim. Oppoq tongda ko’nglimda yana o’sha orzu qayta uyg’onadi. Bugun menga sizni ko’rish baxtini tuhfa etarmikin? Benazir ruxsoringizni ko’rmoq nasib bo’larmikin? Men o’zimda bunchalar behalovatlikni sezmagandim. Halovatim asir etgan husn-u jamolingiz ta'rifini qaysi so’z bilan ta’bir etishga ojizman. Asli sizga ko’ngil qo’yib qodir bo’lganim faqat sizga chin yurakdan sevganim. Husningiz madxini esa sizni sevmaganlar aytsin. Chunki sizni sevgan inson husningiz ta’rifi uchun so’z topishi dushvor. Ammo sizni sevishga va umrbod muhabbatimga sodiq qolishga bardosh topiladi. Sizni hayollarim yoki yuragimning o’g’risi deb atagim kelmaydi. Aksincha ko’nglim siz ila band etgani uchun va yuragimni sizga asir etgani uchun hamma vaqt shodman. Siyrati-yu surati go’zal sizdek sanamning muhabbat dunyosidagi quli bo’lganim mening shu olamda topgan tengsiz baxtimdir.

Sizga bo’lgan muhabbat qo’shig’imning har satrida sog’inch so’zi bor. Bu sog’inchning jarangi yuragimga hanjar bo’lib sanchilgan. Sizdan uzoqlashgan har lahzamda u meni bezovta qilaveradi. Ammo sira orom olay demaydi. Bilmadim buni siz bilasizmi yoki yo’q! balki nigohlarimga e’tibor qilsangiz sezarsiz. Negaki ko’nglimda siz haqingizda qanday o’ylar o’tgan bo’lsa bularning bari nigohlarimga muhrlanib qoladi. Ahir yurakdagi o’ylarni o’qish mumkin. So’zlarni esa tildan tinglamoq kerak. Bular shubxasiz. Ammo mening malikam bu kabi dardni bilarmikin? E’tibor qilarmikin? Ehtimol bilsada, sezsada o’zini beparvolikga yo’yarmikin. Biz kabi hokisor oshiqlariga shunday azobni atayin ravo ko’rarmikin? Bilmadim! Lekin bilganim uni shunday a’zob bilan va shirin sog’inch bilan sevish mumkin halos. Naznimda u faqat sevilish uchun yaralgan. Sevishdan mutlaqo yiroqday tuyuladi. Men roziman. Meni sevmasangiz ham sizni sevishga. Ammo o’tinaman. Sevgimdan xabar topsangiz uni rad etmang, va imkon qilsangiz uni javobsiz qoldirmang. Bunday og’ir dardlarni qalbim ko’tara omaydi.

Qachon orzularimga sirdosh, dildosh bo’larkinsiz? Bu baxt menga nasib etarmikin? Hozir ayriliq va hijron haqida o’ylagim ham kelmayapti. Faqat muhabbat va sevgi hamda bu olamning sarvinozi siz haqingizda hayol surgim kelyapti. Ahir qalbim istagidan ortiq o’ylarni aqlimga sig’dira olmayman. Hozir yolg’izman. Ammo bilaman-ki, tez fursatda siz qalbim sirlariga oshno bo’lasiz. Va albatta mening otashin ishqimning olovi sizni shu qadar qurshoviga oladi-ki undan bir qadam ham uzoqlasha olmaysiz. Negaki sevgining bu otashidan bir soniya uzoqda bo’lish yurakning muzlab qolishiga olib keladi. Siz albatta meniki bo’lasiz. Men shu kunlarga umid qilib yashayman. Pinhoniy muhabbatim dunyolari naqadar go’zal ekanligini va bu go’zallik olami ichra sizning visolingiz yorug’lik baxsh etishini o’zingiz bilasiz ham. Va o’shanda menga shu dunyoning yorug’lik malikasi bo’lish istagini biladirasiz. Ahir qalbimdagi tuyg’ularning hamma-hammasi siz uchun yonmoqda, sizni deb yashamoqda. Siz mening yuragimda yashaysiz...

Hurshidi Jahon