Yuragimda sen borsan-16
Muhabbatning ilk tuhfasi nima? So'zsiz sog'inch deyish mumkin. Negaki ko'ngil qo'ygan kishingni har laxza sog'inaverasan. Bir ko'rish ilinji seni qiynayveradi. Bu sevgining o'zidanda shirin. Rohatbaxsh. Bu betakror tuyg'uni his etar ekansan, ko'nglingda shunday sarxush hislar o'rmalaydi-ki uni so'z bilan ifodalab bo'lmaydi. Bu hislar yuragingda yangi-yangi orzularni uyg'otadi. Butun jismingni jimirlatib avval anglamagan tuyg'ular olamiga yetaklaydi. O'zimdagi bu o'zgarishlarni anglaganim sari hayratdaman. Nahotki muhabbat shunday qudratga ega bo'lsa? U insonni butunlay o'zgartirib hayotga qayta baxshida etadi.

Uning yoniga tinimsiz oshiqaveraman. Go'yoki hayot uning bag'riga yashiringan. U bir nurki meni butun borlig'imni, umrimni yoritib turadi. Gar undan uzoqlashadigan bo'lsam umrimdan o'sha nur o'chib qolgandek tuyuladi. Yana behol u tomongga oshiqaveraman. Ko'zlari bir qatlam hayotbaxsh nurdir-ki termulsam yashash laxzalarim o'rtib borayotgandek tuyuladi. Bu tuyg'ular tasirida qaytar ekanman yana bedorlik sirtmog'iga ilinaman. U na bedorlikda tinchlik berar, na tushlarimda. Agar ko'zlarimni yumsam olovli tushlar nigohlarimni kuydiradi. Yashash tartibim shunday bo'lib qolgan. Tinchim ham unda, bedorligim ham.

Seni sevaman. Bu izhorimni doimgidek sening oldingda gung zabonimdan bayon etmog'im qiyin. Chunki u yuragimning faryodi, yuragimning madhi. Sening ishqing ila olov misol yonayotgan ko'nglimning zikri. Ammo sening yoningda bu kalomni aytmoqqa tilim aylanmaydi. Shu dam qattiq havotirga tushaman. Ko'ksimni yorgudek urayotgan yuragim behos bo'g'zimdan otilib senga dil izhorimni etmasaydi deb. Negaki men gumondaman. Senga bo'lgan tuyg'ularimni qaday qabul qilarkinsan? Ranjimaysanmi? Uni uloqtirib yubormaysanmi? Agar shunday qilsang men yashay olmayman. Negaki bu tuyg'ularni sen menga baxshida etding. Men sensiz, yuragimsiz, sevgimsiz yashay olmayman ahir. Ularsiz tirik vujud bilan so'ngsiz o'limni ko'tarmoqqa mahkum etilaman.

Yuragim sezadi. Sevgimni zimdan sezasan-u ammo sezdirmaysan. Izhorimni bayon etish uchun menda hamma narsa bor. Ishonch, chin so'z, sohira tuyg'ular ... Faqatgina shijoat yetishmaydi. O'sha shijoatni ham o'zingdan topsam bo'ladi. Qora ko'zlaringdan, zebo yuzingdan, bol tomayotgan shirin so'zingdan. Hullas, men o'zimda nimagadir muhtojlik sezsam buning o'rnini sendagi betakror go'zallikdan to'ldiraman.

Borligim sensan. Shunday hayotni menga baxshida etgan malikani umrimni ohirigacha sevaman. Sen sevmasang ham qattiq sevaveraman. Bilib qo'y, shuncha ishq bilan seni tashlab ketmayman. Ahir bor yo'g'im seniki. Seniki bo'laman borlig'im bilan.

Hurshidi Jahon