Yuragimda sen borsan-14
Oshiq uchun eng yoqimli laxza osmonni to'ldirib turgan yulduzli tun bo'lsa kerak. Ayni oshiq yuragiga sadoqatli sirdosh ham mana shu tun. Sog'inch laxzalarining o'ychanligini joylay boshlagan tun ochiq derazamdan o'zining cheksizlikga tutash bag'ridan sirlilikga chorlaydi. Yurak azobda. O'z ro'yobini ko'rsata olmagan orzular azobda. Ishq sarson, muhabbat sarson. Tengsiz muhabbatga to'la qalbni sarhadlari cheksiz bo'lgan sog'inch sohiliga yo'llab o'zingiz qayoqqadir g'oyib bo'ldingiz. Bu yerda faqatgina sizni tutib bo'lmas vaslingiz ko'rinmas visolingiz bor. Qayoqqa qaramay faqat siz. Ammo bularning hammasi ro'yo. Ko'rib bo'lmaydi. Turib bo'lmaydi. Bu yerda sog'inish va azoblanish mumkin halos. Qani edi tushlarimda ko'rsaydim. Yoningizda hayolan borib sirli nigohlaringizga termulib o'tirsam. Shunday qilsam haydamaysizmi? Ahir qon yutib azoblanishga emas sevmoqqa yaralgan edi bu yuragim.

Bilmayman bu sirni kimdan o'rgandim. Go'yoki naznimda nikohlandim nigohingizga. Osongina ko'rinmas bo'lib bog'langan rishtani uzib ketmoq uchun sizda jasorat bordur. Ammo menda bunday jasoratni siqib tortsangiz ham chiqmaydi. Ahir yo'qdan undirib bo'lmaydi. Siz menga umringizni baxshida etmasligingizni bilaman. Ammo meni sizdan boshqa umrim yo'q. Nega muhabbat bermasangiz qalbimda murg'ak sevgini uyg'otdingiz? Nahot sizga shu kerak bo'lsa? Sevdirib sevmay tashlab ketdingiz. Sizni juda sog'indim. Vaslingizga yetmoq uchun qancha umrim bo'lsa barini sizni kutishga baxshida etaman. Umrim so'ngida hech bo'lmasa nigohingizni tashlab qo'yasizmi? Ahir sog'inchlardan o'lib bo'ldimku.

Sizni sevganimdan topganim yoqimli emas azobli sog'inch bo'ldi. Mening qismatimga bitilgan muhabbatning bitigi shu bo'lsa kerak. Ayting, siz ham meni shunday sog'inasizmi? Hech bo'lmasa bir bor hayolingizga olasizmi? Shularni o'ylab yuragim azob chekadi. Qani endi mumkin bo'lsa bag'ringizga borib o'lsam-u bag'ringizdan qaytib kelmasam. So'ng'i yo'q azob orolida go'yo ming yil yashagandan bag'ringizga bosh qo'yib bir daqiqa yurakga orom berganim baxt edi. Ammo mendan shu baxtni qizg'ondingiz. Nachora siz menga taqdim etgan o'sha sog'inch sohilida umrimni o'tkazaman. Ahir siz menga shuni ravo ko'rdingiz. Sizni tortig'ingizni har biri menga baxt!

Meni qalbimni zabt etgan birgina go'zalligingiz emas aksincha qalbingizdagi hayo chizgilari-yu odob va nazokat bilan so'zlashlaringiz edi. Men borimni sizning birgina nigohlaringiz uchun baxshida etardim. Nafasingiz tekgan har narsa uyg'onar, hattoki toshlar ham jonlanib ketardi. Sizning borligingiz hayotimning saodati edi. Siz mehr bilan nimagaki boqsangiz o'sha bo'lib dunyoga qayta kelishga rozi bo'lardim. Gullarga qarasangiz umrimni ekib qo'yardim shu guldek. Suvga qarasangiz va olsangiz qo'lingizga shu suv bo'lib yoningizda oqib turardim. Har ne bo'lsa hammasiga tayyorman. Faqat meni bir umrlik sog'inchlardan qutqaring.

Nega muhabbat o'ziga sadoqatli bo'lgan yuraklarni vafo bilan siylamaydi. Nimaga shuncha vaqt yashaganimni bilmayman! Kimnidir jim kutdim. Shu qadar achchiq sog'indim. Nahotki ruxsoringizga yetmoq uchun bor umrim, har kunim, har soatimni yanchib o'taman. Shu umrimni ohirigacha ham bir oshig'ingiz holidan xabar olmaysizmi? Menga muhabbat bergan siyratingizdagi go'zallik tafti so'nmay yashashim uchun madad berar. Balki shu madad sizni ko'p yillar kutmog'im uchun meni ushlab turar. Mayli hozir ertangi kun uchun bir nima deyish qiyin. Ammo sizni kutishdan va sog'inishdan charchamayman. Garchi sizni kelmasligingizni bilsamda shu hayotning qayeridadir yashayotganingizni o'zi baxt. Sizni mangu sevaman.

Hurshidi Jahon