Yuragimda sen borsan-10
Osuda tun qo'ynida shirin hayollarga berilmoq yoqimli. Ayniqsa senga shu yoqimli laxzalarni baxsh etguvchi shirin hotiralaring bo'lsa. Sen meni hayollarimni band etgan gul yuz yorimsan. Nigohlarimga jamoling muxrlanib qolganmi, hatto zim-ziyo tun pardasi ortida ham kulib boqayotgandaysan. Ko'z o'ngimda, ko'rgan ko'zni qamashtirguvchi ruxsoring namoyon. Ko'zlaring biroz mahzun bo'lsada, lekin qandaydir joziba yashiringandek. Qaragan inson shu jozibani izlab, ko'zlaringga bir muddat tikilib qolganini payqamay qoladi. Ko'zlaringga qo'riqchi bo'layotgan uzun-uzun kipriklaringga qarab shunday chiroyli ko'zlarga qo'riqchilar kamlik qilmasmikin deb o'ylayman. So'zlaringdagi yoqimli ohang quloqlarimga emas yuragimga muxrlanib qolgandek. Uning jaranggi butun vujudimni larzaga soladi. Shirin zaboningdagi har bir so'zda qandaydir ma'no yashirin. Ta'rifingni bayon etadigan so'zlar hali dunyoga kelmagandek. Mening nigorim. Ardoqli nigorim.

Siyratingdagi benuqson go'zallik suratingdagi go'zallikga ziyo baxshida etayotgandek. Bu ziyo chashmasin ilg'agan inson ko'z o'ngida namoyon bo'lasan. Bu namoyonlik o'rnini hech bir parda bilan yopib bo'lmaydi. Sendagi mukammalikni hali hech bir mavjudodda ko'rmagandekman. Yoningda mag'rur turaman-u, lek vujudim olov kabi yonaveradi. Bu ishq otashi sendagi har bir mo'jizadan alanga olib yanada yuragimni kuydira boshlaydi. Asli olov bo'lib yoningga boraman, yana olov bo'lib ortga qaytaman. Ko'zlaringni yerga qadab nimadandir so'z ochasan. Men esa so'zing ilib muhabbatdan so'zlayman. Endi ko'zlar ortidan yuzlaring ham ergashadi. Qizaribgina yerga qaraysan. So'zlarimni indamaygina eshitasan-u, jilmayasan. Butun borlig'im sening ihtiyoringda bo'lgani uchunmi yuragingni urishi quloqlarim ostida yanada avj olayotgandek. So'zlarimni berilib tinglayotganingga shubxa qilib bo'lmasdi. Shundan sezaman. Sen ham meni sevasan. Ahir buni quloqlarimni ostida jaranglab turgan yurak urishing aytib turibdi-ku!

Bu yilgi Navro'z oqshomi hotiramga o'chmas bo'lib muxrlanib qolsa kerak. Qani endi har kunim shunday bo'lsa. Ayni mana shu oqshomda go'yo asrlab kutgan orzuyimni ro'yobini topdim. Necha yildirki shu izhorga butun dunyolarini hadya etuvchi yuragim sendan shu kalomni eshitdi. Birdan to'xtab qoldim. Nazarimda shovqin solayotgan jamiyki borliq jimib qolganday. Hamma yoq jim-jit. Hatto vaqt ham bir muddat to'xtagandek. Yuragim ham bu izhorni vujudimga urib turmay qabul qilgisi keldi chog'i. U ham urishdan to'xtab qoldi. Ahir bu izhorni necha yillar kutdim. Faqat, bu orzuni menga berib yana bir baxtdan ayirding. Yani, bir necha kun uchrashmay turishni iltimos qilding. "Sizdan uyalaman, endi yuzingizga qanday qarayman" – deding. Shunisiga ham shukur. Bu kalomni aytish uchun qancha qiynalganingni bilaman. Shunday bo'lsada senga rahmat. Orzularimning farishtasi.

Sen ila muhabbatning orzular dunyosida sayohat qilayotgandekman. Ammo visol onlariga hali uzoq ekanligini bilaman. Shunday bo'lsada yuragim sezadi. Nasib etsa senga yetmog'im bor. Vasling uzra qancha mashaqqat bor bo'lsa hammasini yengib o'tmoq uchun tayyorman. Faqat sen yonimda bo'l. Farishta misol malikam meni. Qalblarimiz qanchalik bir-biriga tutash ekan o'rtamizdagi rishtani ayriliq deb atalmish azob uzishini hohlamayman. Yuraklarimiz makon etgan, ko'zlarimizni nur-u qarosiga aylangan shu buyuk tuyg'u bilan yashamoqlik bardavom bo'lsin. Seni ko'rmoqlik bir orzu, ko'rganim bir baxt, yonimda ekanliging ta'rifi yo'q oliy baxtimdir. Shu baxtim mendan ketishini istamayman. Har soniya ismingni zikr etguvchi bu yurakning istagi ham aynan sen. Ahir yuragimda sen borsanku!

Hayollar bilan bo'lib tong otganini ham bilmapman. Bu tongning otishi orzularim sari yetaklaydi. Uning istiqboliga chiqar ekanman go'yoki shu tong sening ruxsoring iliq taftini yetaklab kelayotgandek. Nasib etsa bugun seni ko'raman. Garchi uyalsangda bir marotaba ko'zlarimga boqishingni so'rayman. Ahir sog'inch ezib yubordi-ku bu qalbimni. Sen qo'rqma. Garchi ko'zlaringni qadamoq uchun senda kuch bo'lmasada yuragingda muhabbatning o'tli kuchi bor. Ko'zlaringni shu yurak ko'taradi. Sen mening orzuyim. Shu orzuyimni har kuni ko'rmoq bu quvonch. So'zlaringni nafas olmay eshitaman. Seni eshitmoq uchun shu nafasim ham halal berayotganday. Men uchun yagona muazzam ismingni har laxza takror-takror zikr etganimda olisdagi orzularim yaqin kelayotganday tuyuladi. Ahir yuragimda sen borsanku!

Hurshidi Jahon