Kutgan odaming
Eshik taqilladi.
Keldi. U keldi...
Ochaman... Boshqa.
Kiring. Kiradi. Ketadi.

Eshik taqilladi.
U keldi. U...
Ochaman... Bu ham meni sog’ingan odam.
Iya keling. Qani keling. Kiradi. Ketadi.

Eshik taqilladi.
Hayiryat keldi...
Ochaman... Hech kim yo’q.
Balki berkingandir u biror yoqqa.
Yo’q. Hech kim yo’q.

Eshik taqillaydi.
Oylar o’tadi...

Eshik taqillaydi.
Yillar o’tadi...

Eshik taqillaydi.
Sog’inganlar kelib ketadi...

Eshigingdan kutgan odaming kirib kelmas ekan hech qachon...

Qo’llaringdan kelsa, kelmasa – kutgan odamingga aylan...

Zulhimor Mo'minova
. Kutgan odaming poemasini yuklab olish (1.99 Mb)