Avtobus derazasi
Ketayotgan odamni qaytarmang. Juda ko'p o'ylagan bu haqida, va oqibat bitta qarorga kelgan. Buning uchun ketishi kerak albatta.

Ketayotgan odamni qaytarmang. So'rmang shuncha yurib ortirganini. Eslatmang. U o'zi bilar bu yerda kimni va nelarni qoldirganini.

Ketayotgan odamni qaytarmang. Bardosh g'ijimlaydi yelkalarini. O'z erkiga qo'ying. Olib ketyapti hozircha kerakli narsalarini.

Ketayotgan odamni qaytarmang...

Zulhimor Mo'minova
. Ketayotgan odam poemasini yuklab olish (1.01 Mb)