Yaxshi kayfiyat uchun o‘nta maslahat
Quyida kayfiyatingizni ko‘tarishingizda yordam beradigan o‘nta maslahatni taqdim etamiz.

1. Sizda har doim yaxshi kayfiyat bo‘lishi uchun o‘zingizni boshqara oling. Har narsadan xafa bo‘lavermang, yaqinlaringiz bilan tortishmang, kechirimli bo‘ling;

2. Hayotga kulib boqing. Hatto sizni xafa qilishsa ham, siqilmang. Hammasi o‘tadi, bu ham;

3. Hammadan xafa bo‘lib, uyda qamalib o‘tirmang. Ko‘chada sayr qilish, do‘stlar davrasida bo‘lish — yaxshi kayfiyat paydo qilishi isbotlangan;

4. Odatlaringizni o‘zgartiring. O‘zingizga yangi mashg‘ulot toping, u albatta sizni o‘ziga jalb qila olsin;

5. Dam olishni o‘rganing. Masalan biror yumushni bajarib bo‘lgach, albatta biror nima bilan dam olishga harakat qiling;

6. Suzish bilan shug‘ullaning. Sport qon aylanishining yaxshilanishiga xizmat qiladi. Suzish esa boshqa sport turlariga nisbatan kamroq jarohat yetkazadigan hisoblanadi;

7. Hayotga sodda nigoh bilan boqing. Har bir mayda yutuqlardan ham xursand bo‘la oling. Hozir qilayotgan ishingizdan quvona olish ham kerak;

8. To‘xtang va o‘ylang. Ba’zan shunchalik ko‘p harakat qilamizki, nima uchun bunday qilayotganimiz haqida o‘ylab ko‘rmaymiz;

9. Har doim yaxshi niyat qiling. Bugun hayotingizda tragediyadi, ertaga esa albatta unga kulgu kirib keladi;

10. Hammasidan voz kechib, uxlamoqchimisiz? Yaxshisi bunday qilmang, harakat qiling — kino ko‘ring, uyni yig‘ishtiring. Ko‘p uxlash dangasalik va erinchoqlikka sabab bo‘ladi.

Manba: www.voqea.uz