Butkul yangicha so'zlar
Ingliz tilida har 90 daqiqada yangi so'z paydo bo'ladi. Va yana shuncha so'z eskirib, muomaladan chiqa boshlaydi.

Yangi so'zlarning ba'zilari o'ylab topilgan joyida qolib ketadi, ba'zilari esa odamlar hayotiga singib, muloqotda faol qo'llanadi.

Ingliz tilidan kirib kelayotgan iboralarning ayrimlarini keltiramiz:

Layk-shok (Like shock)
Ijtimoiy tarmoqlarda chop etgan posti u kutganidan ko'proq “layk” yiqqan odamda paydo bo'ladigan his-tuyg'u.

Chayka-menedjment (Seagull management)
Boshqaruvchi xizmat hududiga to'satdan bostirib kelib, shovqin ko'taradigan, hammaga baqirib va ancha-muncha tartibsizliklarni qo'zg'ab, yana yashin tezligida g'oyib bo'ladigan boshqaruv uslubi.

Telefoncha esnoq (Phone-yawn)
Kimdir telefonini qo'liga olib ekraniga qarashi bilan uning atrofidagilar ham shu harakatni takrorlashi – bu ham esnoq kabi “o'ta yuqumli” fenomen.

Qulfini ochish uchun suring (Slide to unlock)
Yengiltabiat qiz.

Maqtanogram (Gloatgram)
Instagramda muallif hayotining naqadar to'kin-sochin ekanligini ko'rsatuvchi post, odatda, bu qimmat restorandagi ovqat, yoki sayohat surati.

Soqirun (Froday)
Va nihoyat sochlarni qirqitish kuni etib kelganini tushunish.

BioAlogik soat (Bio-illogical clock)
Dam olish kunlari ham odamni ish kunlaridagidek erta turishga majbur qiladigan fiziologik mexanizm.

Kofe bashara (Coffee face)
Ertalab hali kofe ichishga ulgurmagan odamning qo'rqinchli yuzi.

Shturman-sekretar (Textretary)
Mashina boshqarayotgan odam o'rniga SMS matn teradigan odam.

Yuzni kompyuterlashtirish (To computer-face)
Atrofdagilarda ishga ko'milib o'tirgan odam taassurotini uyg'otish uchun kompyuterga jiddiy nazar solib o'tirish.

Antiijtimoiy tarmoqlardan foydalanish (Antisocial Networking)
Yangi do'stlarni qabul qilish va hech qachon ular bilan muloqot qilmaslik.

Aka-uka olim ertaklari (Broscience)
Oshna-og'aynilarning bir-biriga gapirib beradigan, ular uchun ilmiy tadqiqotlardan muhimroq hisoblanadigan hikoyalari.

Divan miksturasi (Couch syrup)
O'zini ichkilikni tashlagandek tutadigan piyonistaning divan ortiga yoki boshqa pana joyga berkitgan shishalari.

Drayvstep (Drivestep)
Sadolari ostida mashina boshqarish maroqli bo'lgan dabstep.

Kitobiy karaxtlik (Book hangover)
O'ta qiziqish bilan o'qilgan kitob nihoyasiga etgach, atrofdagi olamning nomukammal va syurreal tuyulishi.

Ismli pistirma (Name ambush)
Tanish insonni uchratib qolganda ismini eslay olmaslik holati.

Feysbuk-minuti (Facebook minute)
Facebook ijtimoiy tarmog'iga shunchaki yangi xabarlar bor-yo'qligini tekshirish uchun kirib, ancha payt qolib ketish.

Uy so'qirligi (Domestic blindness)
Uyda nimanidir qidirib, ko'zga ko'rinadigan joyda turgan bo'lsa ham, kimdir yordam bermaguncha topa olmaslik.

Kattalar (Grown-up)
Rahbarlar yig'ilishi.

In (Man cave)
Faqat erkaklar kirishi mumkin bo'lgan joy yoki xona.

Tushfon (Dreamathon)
Uyg'otgichlarni qayta va qayta o'chirish oralig'ida uxlab tush ko'rishga ham ulgurish holati.

Arvoh-post (Ghost post)
Rasm yoki statusga yozilgan va muallif tomonidan o'sha zahoti o'chirib tashlangan izoh.

Do'st-dushman (Frenemy)
Raqiblik yoki o'zaro bir-birini yoqtirmasligiga qaramasdan do'stona munosabatlarni saqlab qolish.

Manba: www.xabardor.uz