Xosting tanlash
Xosting tanlashda eng asosiy e'tibor qilinadigan birinchi jihat bu xosting provayder, ya'ni xosting xizmati ko'rsatidan kompaniya serverlarining ishlab turish davomiyligi darajasidir. Bu atama ingliz tilida "server uptime" deb nomlanadi va odatda 99,9 foiz deb ko'rsatiladi. Hozirgi davrda bu ko'rsatkich hamma xosting kompaniyalarda bir xil, ya'ni o'ziga xos reklama belgisidir, shuning uchun xosting sotib olishdan oldin kompaniya xizmatidan foydalanayotgan odamlarning fikrini o'rganib chiqing. Buning uchun www.google.com saytidan foydalanishingiz mumkin.

Ikkinchi e'tiborga molik jihat bu – saytingizning qamrovi, undagi ma'lumotlar hajmidan kelib chiqib xosting maydonchasida sizga qancha miqdorda disk joyi kerakligini aniqlab olishdir. Kerak bo'ladigan disk joyiga qarab xosting xizmati narxi ham o'zgarib boradi. Oddiy bloglar, ya'ni ko'pchilik ma'lumotlar matn tarzida bo'ladigan saytlar uchun unchalik katta disk joyi talab qilinmaydi. Musiqa, video yoki dasturiy ta'minotlarni tarqatishga mo'ljallangan saytlar uchun ancha ko'p disk joyi kerak bo'ladi.

Agar siz Wordpress, Joomla, Drupal yoki shu kabi kontentni boshqarish tizimidan (content management system) foydalanib sayt yaratmoqchi bo'lsangiz, xosting kompaniyasi taklif qilayotgan tariflarda Php 5, MySQL va boshqa jihatlar borligini ham tekshirib ko'ring. Mazkur tizimlarda sayt yaratish haqida keyingi maqolalarda atroflicha to'xtalib o'taman.

Xosting maydonchasi va kerakli disk joyi sotib olishdan oldin diqqat bilan xosting tariflarini bir-biri bilan solishtirib ko'ring. E'tibor qilinadigan jihatlar quyidagilardan iborat.

1. Bitta xosting maydonchasida nechta sayt yoki domen joylashtirish mumkinligi va qancha subdomen, ya'ni quyi darajali saytlar sonini tekshiring.
2. Ftp bo'yicha nechta foydalanuvchi borligini tekshirib ko'ring.
3. Nechta ma'lumotlar bazasi yaratish mumkinligi tekshiring. Bu jihat juda muhim hisoblanadi, ma'lumotlar bazasi yaratish imkoniyati qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi.
4. Xosting kompaniyasi avtomatik zaxira olish (automatic backup) tizimi qanday oraliqda ishlashiga va zaxiraga olingan sayt qancha kun saqlanib turilishiga ham e'tibor bering. Odatda har kuni zaxiraga olish tizimi saytingizni zaxiraga oladi. Bu jihat ham juda muhim bo'lib, saytingiz xakerlar hujumi yoki boshqa noto'g'ri amallar natijasida ishdan chiqqanida darhol avvalgi holatiga qaytarish imkonini beradi.
5. Xosting xizmati ko'rsatadigan kompaniyaning texnik yordam ko'rsatish bo'limi va ularning ish jadvali, telefon, ICQ raqamlari, e-mail adresi va shunga o'xshash ma'lumotlarni yozib oling va ishlashini tekshirib ko'ring. Xosting maydonchasi sotib olganingizdan keyin biror muammo chiqsa, aynan texnik bo'lim sizga yordam beradi. Xosting kompaniyalarining haqiqiy sifatli xizmati texnik yordam bo'limining qanchalik yaxshi ishlashiga qarab belgilanadi.

O'zbekistonda xosting xizmati ko'rsatadigan kompaniyalar ro'yxati mana bu manzilda keltirilgan.
Chet eldagi xosting kompaniylar va ularning tariflari to'g'risida ma'lumot olishni xohlasangiz www.webhostinggeeks.com saytiga kirib tanishib olishingiz.

Maqola geek.uz saytidan olingan!