Uydagi Wi-Fi sifatini yaxshilashning olti usuli
Kamdan-kam insonning uydagi Wi-Fi’dan ko'ngli to'ladi. Bunday uskunalar ishga tushirilganiga ancha vaqt bo'lgan bo'lsa-da, hali-hamon beqaror aloqa kuzatiladi. Quyida uydagi Wi-Fi sifatini yaxshilashga yordam beruvchi 6 usulni e'tiboringizga havol etamiz.

1. Signal darajasini tekshirib ko'ring. Provayderga qo'ng'iroq qilib, undan aloqa darajasini tekshirib ko'rishni so'rang – kanal o'tkazish imkoni va signal kuchini. Odatda provayderlar liniyadagi noqulayliklarni bepul hal qilib beradi. Aloqa sifati kabellarning eskirib qolgani yoki yaqin atrofdagi qurilish ishlari sabab yomonlashishi mumkin. Ba'zi bir Wi-Fi uskunalari ishlab chiqaruvchilarining ma'lum qilishcha, 4-5 kishilik oilaga mo'ljallangan kiruvchi kanal tezligi soniyasiga 50 Mbitdan, chiquvchi esa soniyasiga 5 Mbitdan kam bo'lmasligi lozim.

2. O'z Wi-Fi’ingizni himoya qiling. Simsiz internet tezligini kuchaytirishning eng oddiy usuli – undan qo'shnilar foydalanmayotganiga ishonch hosil qiling. Shartlashtirilgan maxfiy so'zni murakkabiga alishtiring.

3. Uskuna ta'minotini yangilang. Odatda provayderdan beriluvchi har oylik hisob o'z ichiga uskuna ijarasini ham oladi. Shaxsiy router sotib olish yil davomida ancha pulni iqtisod qilish imkonini beradi. Provayder saytini yaxshilab o'rganib chiqib, tasviya qilingan uskunalarni izlab toping.

4. Iste'molchilarga mo'ljallangan Wi-Fi’ning asosiy standarti bor: eski (2,4 GGs takrorlanish tezligi) va yangi (5 GGs). Ikki diapazonli routerlar har ikkisida ham ishlashi mumkin. biroq, mutaxassislarning fikricha, ko'proq uskunalarni 5 GGs tarmog'iga ulash lozim. Ular ko'proq kanal sonini taklif qilib, interferensiyani kamaytiradi va ulanish tezligini oshiradi.

5. Routerni boshqa joyga qo'yib ko'ring. Mutaxassislarning fikricha, uskuna “nafas olishi” uchun uni balandroq joyga qo'yish lozim. Signal barcha xonalarga birdek etib borishi lozim. 2,4 GGs’dan farqli ravishda, 5 GGs diapazoni devor va boshqa to'siqlardan o'tishda muammoga duch keladi. Hattoki router oldidagi ko'zgu yoki isitish batareyasi ham aloqani kuchaytirishi mumkin. Bundan tashqari, uskunani xonadon markazida qo'ygan yaxshi.

6. Kuchaytirgich yoki kirish nuqtasini xarid qiling. Agarda routerni xonadon markaziga o'rnatish mumkin bo'lmasa yoki Wi-Fi hududida “o'lik zona”lar paydo bo'lsa, simsiz signal kuchaytirgichini sotib oling. Biroq, bunday uskunalar o'tkazish imkoniyatini 40-69 foizga kamaytirishi mumkin. Buni hal qilish uchun yana bir internetga kirish nuqtasini sotib olish tavsiya qilinadi.

Manba: www.terabayt.uz