Tarixdagi eng xavfli viruslar
Kompyuter foydalanuvchilari kompyuter tuzatish ustaxonalariga kompyuterning virus bilan zararlanishidan kelib chiqqan muammolar sababli ko'p bor murojaat qilishadi. Bu viruslarning kompyuterga yetkazadigan zararlari har xil ko'rinishda bo'ladi. Bugungi maqolada internet tarixidagi eng xavfli viruslar bilan tanishtiramiz.

“Creeper” – ilk viruslardan biri bo'lib, 1970 yillarda “Arpanet” internet tarmog'ida paydo bo'lgan. U kompyuterlarga qattiq zarar keltirmagan. Shunchaki ekranga “Men “Creeper ”man. Tuta olsang, tut meni” degan yozuvni chiqargan.

“Code Red” – 2001 yilda 360 mingta kompyuterni ishdan chiqarib AQShdagi Oq uyga hujum qilish uchun tarmoq yaratgan. U ekranga "Hacked By Chinese!" ("Xitoyliklar tomonidan buzilgan!") degan yozuvni chiqargan.

“Morris” – 60 mingga yaqin kompyuterlarni ishdan chiqargan. U tomonidan yetkazilgan zarar 96 million dollarni tashkil qiladi. Virus yaratuvchisi Robert Morris o'zining qo'lga olinishi mumkin bo'lgan hamma yo'llarni oldini olgan edi. Biroq u bir yo'lni unutgan edi. Uning otasi Milliy xavfsizlik agentligida kompyuter mutahassisi bo'lib ishlar edi. U o'g'lini aybiga iqror bo'lishga ko'ndirgan.

“Chernobil” Virus 2 aprelda, “AES Tri-Mayl-Aylend” halokatining bir yilligi kuni ishga tushgan. U yarim millionga yaqin kompyuterlarni ishdan chiqargan. Uni tayvanlik talaba Chen Inxao yaratgan. U 2000 yilda mahalliy polisiyachilar tomonidan qo'lga olingan. a zaraziv okolo polumilliona kompyuterov. Biroq u Tayvanning hech qanday qonunini buzmaganligi tufayli javobgarlikka tortilmagan.

“Nimda” – uning nomi “admin” so'zining teskari yozilgandagi ko'rinishidan olingan. U 22 daqiqa ichida bir millionga yaqin kompyuterlarni ishdan chiqargan.

“Slammer” – bu tarixdagi eng tezkor virus. U 10 daqiqa ichida 75 ming kompyuterni ishdan chiqargan.

“ILOVEYOU” – "sevgi virusi" yoki "romantik". U Ginnesning rekordlar kitobiga “eng buzg'unchi virus” sifatida kiritilgan. Dunyo iqtisodiyotiga yetkazilgan zarari - 15 milliard dollarga yaqin. 3 millionga yaqin kompyuterni ishdan chiqargan.

“Jerusalem” – yoki "juma 13". U juma kuni 13 sanada ishga tushgan va foydalanuvchining barcha ma'lumotlarini ishdan chiqargan.

“Stuxnet” – sanoat tizimiga zarar yetkazgan ilk virus. Uning shu qadar mukammal ekanligidan uni yozishda AQSh va Isroilning qo'li bor deb gumon qilingan.

“Wiper” – yana bir mukammal yasalgan viruslardan biri. U 2012 yil aprelda paydo bo'lgan va bir necha tashkilotlarning ma'lumotlar bazasida tozalab tashlagan. Eng ko'p zarar ko'rgan tashkilot Erondagi neft terminali bo'lgan. Ularning ma'lumotlar bazasidagi shartnomalar o'chirib yuborilgan va ular bir necha ishlay olishmagan.

“Kido” – millionlar kompyuterlarga zarar yetkazgan “zombi-virus”. Bu virus bilan zararlangan har bir kompyuterlar “zombi-tarmoq”ning bir qismiga aylangan. Virus kompyuterga boshqa zararli dasturlarni ko'chirib olgan. Bu virus bilan kurashish uchun “Conficker Working Group” jamoasi ishga tushirilgan.

“Flexispy” – mukammal mobil ayg'oqchi. Uning yaratuvchilari bu virusni o'z saytlarida 50 dollardan sotishgan. Virus telefonga o'rnashib olib qo'ng'iroqlar hamda “SMS” haqida xabar berib turgan.

Maqola xabardor.uz saytidan olindi.