Domen sotib olish
Oldinlari qadamlab ildamlayotgan vaqt bugun yugurib ketdi. Tong otdimi, kun botadi, kun botdimi, tong otadi. Tong bilan shom o'rtasida ozgina fursat bor, xolos. Ana shu ozgina fursatni biz ishimizga, oilamizga, yaqinlarimizga sarflaymiz. Ko'ngil so'raymiz, ko'ngilxushlik qilamiz.

Vaqt tezlashgani bejizga emas, ko'z tegmasin, zamon tinch. Ozgina sovuqchilik tushgan, janjal bo'lgan kun o'tmay qiynaydi. Ko'ngilsizlik bo'lgan onlar soat millari to'xtab qoladi go'yo.

Soat yugurarkan, biz undan oldinroq chopishimiz lozim. Bu umri azizda ulgurishimiz kerak bo'lgan ishlar bisyor, hammasini uddalashga ulgura olmasakda, eng muhimlariga albatta fursat topishimiz shart. Eng muhimlari esa har birimizda o'zgacha. Lekin, insoniyatni hamisha olg'a chorlab turgan umumiy intilishlar bor – ilm olish, farzand tarbiyalash, ro'zg'or tebratish, savob ish qilish...

Bu ishlarning biri ikkinchisini inkor qilmaydi, lekin bittasiga ulgurmasak, ko'ngil to'lmaydi.

Azizim, Siz barchasiga ulgurishga qodirsiz!

Abror Zohidov