Uzr xo’jayin!
Xo’jayin gazetada “Twitter” degan sahifa qilamiz dedizlar. “Ho’p” dedik. “Sen qilasan!” dedilar, xuddi bu mikrobloging tarmog’ini amerikalik Jek Dorsi emas, men o’ylab topgandek va buning uchun meni ayblayotgandek ohangda. “Ho’p” dedim. G’oya bo’yicha twitter ijtimoiy tarmog’idan foydalanadigan mashhur futbolchi, journalist va o’zining futbolga oid fikrlari bilan e’tiborni tortib turadigan muxlislar qoldirgan yozuvlarni o’sha sahifaga yig’ib berishim kerak. “Originallaridan bo’lsin!” dedilar, xuddi qiziqchidan “yangisi”ni talab qilgan muxlisdek, bizning xo’jayin.

Ochig’I, jahon futboli haqda bunday sahifani tayyorlashdan osoni yo’q. Jahonning ko’plab futbol yulduzlarining tvitterda sahifalari mavjud. Ayrimlari bu tarmoqda o’ta faol. Ularni millionlab o’quvchilari bor. Ular doimiy ravishda sahifalarini yangilab turadi. Didga qarab, ta’bga qarab, tanlab, o’qib, kuzatib boraverasan.

Muammo shundaki, o’zbek futboliga aloqadorlardan faqat journalist-u, muhlislargina bu tarmoqda faol. Unda o’z mikroblogini yuritadigan futbolchilarimizni sanash uchun bir nechtasini urush vaqtida o’q olib ketgan sobiq askarning barmoqlari ham yetarli. Unda faol bo’lgan, o’zbek tilida twitterini yuritadigan futbolchiyoki sobiq futbolchilarimiz soni Leo Messi olgan oltin top’plarchalik ham chiqamasa kerak. Leonardo di Kaprio olgan “Oskar”lari soniga teng, deyilsa haqiqatga yaqinroq.

Instagram, Facebook yoki bo’lmasa Odnoklassniki kabi tarmoqlarda faol bo’lgan futbolchilarimiz nega bu yerda yo’q? chunki bu yerda fikr bildirish kerak. Nimadir yozib turish kerak hech bo’lmasa. Fikr bildirish, ayniqsa uni yozma bayon qilish, umuman, orfografik jihatdan to’g’riga sal yaqinroq qilib yozishning o’zi futbolchilarimizning juda katta qismi uchun eplab bo’lmaydigan ish. Bu ularning nozin nuqtasi. Ojiz tomoni.

Bir hafta ilgari Angliya superkubogi uchun bo’lgan “Arsenal” va “Chelsi” o’rtasidagi o’yinni Rio Ferdinand ingliz telekanallaridan biri uchun sharhlab bordi.

Ingliz futbolining yaqi o’timishdagi eng yorqin yulduzlaridan biri Maykl Ouenning esa sharhlovchilik faoliyatini boshlaganiga ancha bo’ldi.

Terri Anri “Sky” telekanali bilan tuzgan sharhlovchilik shartnomasining moliyaviy shartlariga ko’ra topadigan puli futbolchilik davridagi ishlaganidan ko’p ham qolishmaydi.

Jeymi Karrager “Daily Mail” gazetasida o’z “kolonka”sini muvaffaqiyatli yuritib kelmoqda.

“MYU” sobiq himoyachisi Gari Neyvill ham “Daily Mail” uchun doimiy maqolalar yozib boradi.

Angliya terma jamoasining afsonaviy hujumchilaridan biri Geri Lineker “BBC”dagi futbol eksperti sifatida ko’plab tahliliy ko’rsatuvlarda doimiy ravishda ishtirok etadi.

Rossiyaning “Amkar” klubi sobiq himoyachisi Konstantin Genich esa futbolchiligida erisha omagan mashhurlikka NTV+ telekanalidagi sharhlovchilik faoliyatida etishdi. Hozirda Genich Rossiyaning eng yaxshi sharhlovchilaridan biri sifatida tan ollinadi.

Arsen Venger Jahon va Yevropa chempionatlari davomida fransuz televediniyasi uchun muntazam tarzda o’yinlarni sharhlab borishda ishtirok etadi.

Xuan Mata o’yinlar, mashg’ulotlar va boshqa turdagi faoliyatidan vaqt ajratib, o’z shaxsiy blogini yuritadi.

Osilsa bir kun tilidan osiladigan, twitterdagi sarkastik chiqishlarini, deb futbol assotsiatsiyasi tomonidan ko’p marotaba jarimalarga tortilgan angliyalik yana bir Joi Barton o’z shahsiy veb-saytiga o’zi maqolalar, blog-postlar joylab boradi...

Bunday misollarni minglab qalashtirib talashi mumkin. Qisqa davom etadigan futbolchilik faoiliyatidan so’ng, eng yaxshi jurnalistlar darajasida, butkul boshqa profilda ham ajoyib faoliyat yuritayotgan futbolchilar yetarlicha.

Musibatni qarangki, bizning “yulduz”lar nari borsa 14-15ta so’zgina sig’adigan “twit”lar yoza olishmaydi. Ularning savodidan ko’zlar yoshlanadi. Diling g’ashlanadi. Achinib ketasan.

Radio va TV muxbirlar har ko’rsatuvi oldidan o’zbek futbolchilari ichidan o’zbek tilida ravonroq so’zlay oladigan futbolchini izlab sarson. Futbol gazetalari shablondan tashqariga chiqa olinmaydigan intervyular bilan to’lgan. O’sha gaplarning ham katta qismi jurnalistning o’zi intervyu sal bo’lsada mazaliroq chiqishi chiqish uchun ijod qilib yuborgani sezilib turadi.

Qo’llar kitobdan ko’ra video o’yinlar “joystick”larini ko’proq ko’radi. Shu ahvolda anchaginasi oliy ma’lumotli degan diplomlarni qo’lga kiritayotgani ham bor gap.

Twitter sahifasida o’zbek futbolchilarining original twitlari emas, umuman, twitlarini ko’rish yaqin kelajakda nasib qilmaydiganga o’xshaydi.

Uzr xo’jayin!

Manba: Chempion gazetasi