Universitetda berilmaydigan saboqlar
Oliy o'quv yurtlarida ko'plab qimmatli ma'lumotlar beriladi, lekin quyidagi saboqlar berilsa ham yomon bo'lmasdi.

Fikrni lo'nda bayon etish.
Talaba esse yozadi, o'qituvchi essedagi keraksiz so'zlarni olib tashlaydi va o'z fikrini qanday qilib qisqa tarzda bayon etish mumkinligini ko'rsatadi.

Yoshlik xatolari.
Professorlar yoshlikda yo'l qo'ygan xatolari misolida talabalarga hayotiy saboq berishadi.

O'zaro hurmat saboqlari.
Bir masala borasida har bir inson o'z fikriga ega bo'lishi mumkinligi va har bir kishining fikri hurmatga loyiqligi, o'z fikrini ma'qullash maqsadida chegaradan chiqib ketmaslik o'rgatiladi.

Olingan bilimlarni unutish mahorati.
Biznesmenlar universitetda nimalarni o'qishgani va qaysi nazariy bilimlar hayotda ularga umuman kerak bo'lmaganligi haqida hikoya qilib berishadi.

Tovlamachilardan ehtiyot bo'lish kursi.
Bu borada saboqni tovlamachilik qilib tavbasiga tayangan shaxs bersa yaxshi bo'ladi.

Haqiqiy hayotdan olingan statistika.
Bu narsa mutaxassisligidan qat'i nazar, hammaga kerak. Bunda mazkur statistika har bir inson hayotda duch kelishi mumkin bo'lgan muammolar aks etgan haqiqiy statistika bo'lishi va olingan saboq bu muammolarni hal qilishga yordam berishi darkor.

Qanday qilib kasodga uchramaslik mumkin.
Kasodga uchragan biznesmenlar talabalarga o'z hayotiy tajribalarini hikoya qilib berishadi.

Omma oldida so'zga chiqish kurslari.
Istaydimi-yo'qmi, har bir inson hayoti davomida hech bo'lmasa bir marta omma oldida so'zlashiga to'g'ri keladi. Ana shunda mazkur saboq asqotadi.

Maqola xabardor.uz saytidan olingan.