Sharqning 7 tozalik qoidasi
Sharq – nozik masala. Ba'zida sharq odamlarining maslahatlari va qoidalari boshqa madaniyat vakillari hayot tarziga umuman mos tushmaydi. Biroq aslida bunday emas.

1. “Qo'l tozaligi” – ortiqcha narsa olmaslik. Begona kishining buyumi yoki pulini olmaslik kerak, axir u sizniki emas va sizga nasib ham qilmaydi.

2. “Quloqlar tozaligi” – qo'rqoq, g'azablangan, mayda gap kishilar gapini eshitmaslik, shuningdek, o'zi ham bekorchi va behayo gap-so'zlar, g'iybatlardan saqlanish.

3. “Ko'z tozaligi” – nigohingizni hasad bilan yoki birovning narsasiga egalik qilish maqsadida tashlamaslik. Bundan tashqari ko'zlaringizni zo'ravonlik va shafqatsizlik bo'layotgan holatlarga qarab bulg'amaslik. Nigohni hamisha olam go'zalligi va mukammalligiga qaratib toza saqlash.

4. “Og'iz tozaligi” – og'izni ko'p gapirish va so'kinch so'zlardan asrash. Biling, sukut – bu oltin.

5. “Tana va libos tozaligi” – tanangiz va kiyimlaringizni toza tuting. Shuning uchun tashqi ko'rinishingizga katta e'tibor qarating.

6. “Fikr tozaligi” – hayoldan salbiy fikrlar va yovuz niyatlarni chiqarib tashlash. Bu o'zingizga achinish hissi bo'lmasligi kerakligini ham anglatadi. Bunchalik siniqlikni sababi nima? Undan ko'ra o'zingizni tetikroq his qilib, yorug' kelajagingizga ishongan yaxshi emasmi?!

7. “Qalb va yurak tozaligi” – qalbdagi nozik tuyg'ularni asrash va ularni itarmaslik. Qalbingiz – sizning eng toza va samimiy narsangiz, shuning uchun uning istaklarini hech qachon rad etmang. Agar siz qalbingiz buyurgan yo'ldan ketsangiz, unda siz hayotning eng yorqin yo'llaridan o'tasiz. Seving va uning o'rniga hech nima talab qilmang. Sevishning o'zi bir baxt.

Kristian Gruber va Sun Xaugbollarning “Visual Culture in the Modern Middle East” (“Zamonaviy O'rta Sharqning vizual madaniyati”) kitobi asosida tayyorlandi.

Manba: www.xabardor.uz