Azizlar, tinchlikka ne yetsin!?
Kecha dunyo yangiliklarini ko'rib o'tirganimda quyidagi raqamlar menda hayrat va achinish hislarini uyg'otib yubordi. Siz ham bu raqamlarni aqlingiz markazida va qalbingiz tubida bir mulohaza qilib ko'ring.

Suriya urushi raqamlarda: 2011-yildan buyon urushda qurbon bo'lganlar soni - 220.000 ming; 2014-yilning o'zidagi qurbonlar soni - 76.000 ming; Yordamga muxtojlar - 4,8 mln; Yordamga muxtoj bolalar soni - 5,6 mln; O'qishga bora olmayotgan bolalar soni - 1,6 mln.

Ushbu raqamlarni ko'rib barchamizda bevosita u yerdagi tinch aholiga nisbatan achinish, shuningdek, yurtimizning tinch ekanligi uchun shukronalik hissi uyg'onadi. So'zim so'ngida quyidagi misralarga e'tibor qilishingizni so'rardim. Shoyat-ki, har kim o'ziga kerakli xulosani chiqarib olsa!?

- Azizlar, tinchlikka ne yetsin!? Go'daklarning yuzida quvonch, Har bir yoshning ko'zida ishonch, Shu emasmi tuganmas ming ganch?

- Azizlar, tinchlikka ne yetsin!? Har kuni ming to'y-u tantana, Ko'pkari-yu uloq, an'ana. Ayting, bizga ne kerak yana?

- Azizlar, tinchlikka ne yetsin!? Yozuv bilmas Afg'on bolasi, har tun quchib yig'lar onasin, tinglab ko'ring uning nolasin.

- Azizlar, tinchlikka ne yetsin!? Bomba portlar yana qaydadir, Yaman, Livan degan joydadir. Bizlarda-chi, bayram kunda bir.

- Azizlar, tinchlikka ne yetsin!? Suriya-yu Iroqda rosa urush emish, bo'ldi ovoza. Chiqaraylik bundan xulosa.

- Azizlar, tinchlikka ne yetsin!? Bizni yurtda hamma yoq sokin, Xalqim mag'rur, ozod va erkin!

Unutmasdan yashaylik lekin: Azizlar, TINCHLIKka ne yetsin!!!

Manba: www.students.uz