Tezkor bo'lishning 21 usuli
Internetda ish unumdorligini oshirish usullari haqida ko'plab maqolalar topishingiz mumkin, ammo ularning hammasi ham yaxshi samara bermaydi. Quyida tajribadan o'tgan, kun davomida osongina qilish mumkin bo'lgan turli choralarni tavsiya qilamiz. Ular sinovdan o'tgan va minglab foydalanuvchilar tomonidan ma'qullangan maslahatlardir.

1. Prioritet, ya'ni o'zingiz uchun eng muhim bo'lgan asosiy vazifalarni belgilab oling va ularga alohiga e'tibor qarating. Aks holda bugun bajarayotgan 80 foiz ishingiz yaqin orada hech qanday foydali natija bermaydi. Maqsadsiz qilingan ish unumsiz ish bo'lib qolaveradi.

2. Uyqu, ovqatlanish va mashqlar sizga natijani uch karra oshirishga ko'maklashadi. Chunki ular diqqat, motivasiya va energiyangiz darajasini oshiradi.

3. Ikki daqiqa qoidasi. Agar siz qilishingiz kerak bo'lgan biror bir vazifani (masalan, muhim xatga javob yozish yoki stolingiz ustini tartiblash) mana shu ikki daqiqa ichida qila olsangiz unda uni hoziroq bajarib qo'ying. Agar uni keyinroq qilishni rejalashtirgan bo'lsangiz, birinchidan, bu ish endi ko'proq vaqtingizni oladi, ikkinchidan, qolgan ishga qor yog'ar deganlaridek, ishni keyinga sursangiz u umuman yodingizdan ko'tarilib, qilmasligingiz ham mumkin.

4. Besh daqiqa qoidasi. Bu qoida dangasalikka qarshi qurol sanaladi. O'zingizga qiyin ko'ringan qilmaslikka qaror qilgan ishingizga, avvalo, 5 daqiqa ajratasiz va sekin shu ishga sho'ng'ib ketasiz. Bu erda asosiysi vazifani bajarishga kirishish, shunda uning qanday tugab qolganini bilmay qolasiz.

5. Seynfeld qoidasi. Agar qaysidir bir sohada yoki ishda professional bo'lishni istasangiz u bilan har kun shug'ullaning. Yangi yil, Navro'z hatto 8 mart ham bundan istisno emas!

6. Odatlaringiz ustida ishlang. Yaxshi odatlar har qanday insonga maqsadiga erishish uchun imkon yaratsa, yomonlari ishni orqaga tortadi. Shunday ekan, ijobiy odatlarni yanada rivojlantirib, salbiylarini kamaytirishga harakat qiling.

7. Xotiraga ishonib qolmang. Hatto daho bo'lsangiz ham har bir ma'lumotni esda saqlab qolishning iloji yo'q. Yon daftarchangiz yoki qo'l telefoningizda doimo qaydlar yozib, vazifalaringiz jadvalini tuzib boring.

8. O'zingizga qulay hamda keraklicha jihoz va xizmatlardan foydalaning. Hozirgi kunda raqobatdosh xizmat, dastur va mahsulotlar juda ko'p. Ular ichidan qilayotgan ishingiz va qo'ygan maqsadingizga mosini tanlang, qolganidan voz keching.

9. Tartib-intizom. Tartibni quyidagi ikki narsadan boshlagan maqsadga muvofiq: har tong kuningizni rejalashtiring va har kecha o'tkazgan kuningiz xususida kichik hisobot yozing. Bu sizga asosiy maqsadlaringizni aniqlashga, befoyda ishlardan qochib, aynan siz uchun kerak bo'lgan vazifalarni anglashga yordam beradi.

10. Pomodoro. Bu ish unumdorligini oshiruvchi maxsus texnikadir. Bunda ish kuni 25 daqiqali faol samarali qism va 5 daqiqali tanaffuslarga bo'linadi. Ammo bu taqsimlashni siz o'zingizga moslab olishingiz ham mumkin.

11. Hamisha quloqchin taqib oling. Bu degani tinmay qo'shiq eshitish degani emas, albatta. Quloqchin taqish atrofingizdagilarga sizni bezovta qilmasliklariga yoki ularning gapiga e'tibor qaratmaslikka bir bahona bo'ladi.

12. Elektron pochtangizni tez-tez tekshirib turish odatingizni bas qiling. Ish kuningizni pochtangizni tekshirish bilan boshlamang va tugatmang. Bu ishni kuniga ko'pi bilan uch marta qiling, masalan, 11, 14 va 17da. Vazifalarni rejalashtirish, fayllarni saqlash va shaxsiy yozishmalarni arxivga joylash orqali xatlarni tartiblab turing.

13. Telefon bilan ham xuddi shunday qiling, unga ham kamroq vaqt sarflang. Hamisha aloqada bo'lishingiz shart emas-ku. Bandmisiz uni o'chirib qo'yishga, vaqtingizni qizg'anishga o'rganing. Kimga kerak bo'lsangiz qayta qo'ng'iroq qiladi, qaytib qilmadimi, demak ular uchun vaqt sarflamay to'g'ri qilgansiz.

14. Mayda ishlarni jamlab bir vaqtda bajaring. Pochta, Fesbuk xabarlarini tekshirish, qo'ng'iroqlarga javob berish kabilar.

15. MI3 qoidasi. MI3ning kengaytmasi Most Important three tasks, ya'ni eng muhim uch vazifa bo'lib, u tongni siz uchun o'ta muhim bo'lgan uch ish bilan boshlash kerakligini anglatadi. Qolganini vaziyatga qarab joylashtirasiz.

16. Iroda kuchi ham cheklangan. Shuning uchun zarur qarorlarni kunning birinchi qismida qabul qilishga odatlaning. Qolgan ikkinchi darajalilarini bilvosita qilish ham mumkin.

17. Eng muhimi. Hamisha o'zingizgan “qaysi bir eng muhim ishni ayni damda bajarishim mumkin?” deb so'rang va ro'yxatdagi 4-qoidadan foydalanishdan boshlang.

18. Mukammallik ketidan quvib, vaqt yo'qotmang. Ishingizni tugallashni juda cho'zib yubormang.

19. Bosim mo'jiza yaratishi mumkin. Oldinga intilish uchun mukofot yoxud ijtimoiy majburiyatlardan foydalaning. Jazolanishdan qo'rqish yoki maqtovga qiziqish mo''jizlar amalga oshishiga sabab bo'lishi mumkin, ayniqsa, qilishingiz kerak bo'lgan vazifaning mas'uliyati katta bo'lsa.

20. Dangasalikning ham foydasi bor. Ba'zan bekorchilik va vaqtni istaganday o'tkazish miyangizga energiya impulsini taqdim qiladi. Faqat bu jarayonni nazorat qila bilish kerak.

21. “Yo'q” deng, rad qiling, hayotingizni hamkasblaringiz yoki tanishlaringiz xohishidek emas, balki o'z rejalaringiz asosida qurishga o'rganing.

Maqola xabardor.uz saytidan olindi.