Telefoningizni asrang!
Hozirgi paytda mobil aloqa vositalari juda ham rivojlanib ketdi. Hech birimiz bir kunimizni ham uyali aloqa vositasiz o'tkaza olmaymiz. Chunki ular xayotimizning asosiy qismiga aylangan. Afsuski, ba'zi paytlarda telefonimizni hayol bilan ba'zi joylarda qoldirib ketamiz. Yoki ularni o'zlashtirishda hizmat qiladigan odamlar topiladi. Quyidagi maqolada telefoningizni o'g'irlanishidan asrash haqida maslahatlar beriladi.

Qadamba qadam maslahat!
1. Telefon harid qilishingizdan avval, apparat o'g'irlanmaganligiga amin bo'ling. Maxsus hujjat, sertifikatga ega bo'lgan telefon sotib oling.
2. Apparatingizni ust qoplamalari va hujjatlarini uyingizda saqlab qo'ying.
3. Telefoningizga maxfiy raqam (parol) qo'ying.
4. Tirnoq laki yordamida bilinmas joyga belgi qoldiring.
5. Aloqa vositangizga to'g'ri kelsa maxsus dastur o'rnating. Bu dastur yangi sim karta qo'yganda telefoningizni qulflab quyadi va ishlatilayotgan sim kartadan siz oldindan belgilagan telefon raqamiga sms yuboradi. Shunday qilib siz ishlatilayotgan telefon raqamini bilib olasiz.
6. Tiqilinch avtobusda, bozorda yoki odam gavjum joyda telefoningizni qo'lga oling yoki sumkangizni ichki cho'ntagiga soling.
7. Ko'p uchraydigan holat! Mashinada tushayotganda telefoningiz cho'ntakdan tushib qolmaganligini tekshiring.
8. Kafe, oshhonalarda o'tirganda telefoningizni stolda qoldirmang.
9. Ko'chada notanish shubhali insonlar telefon qilib olishni so'rashsa, telefoningiz ishlamasligini ayting.
10. Har daqiqa telefoningiz o'zizdaligini tekshirib turing. Buni avtomatik holatga olib chiqing.
11. Ko'chada telefonda gaplaship ketayotkaningizda amin bo'lingki atrofingizda mobil apparatingizni olib qochmohchi bo'lgan "do'stlaringiz" bo'lmasin.
12. So'nggi qo'shimcha maslahat. Birov telefon apparatini qoldirip ketganini ko'rsangiz uni o'zlashtirishni emas, egasini topishga harakat qiling va bu haqiqiy egasiligiga amin bo'lib bering.

Maqola maslahat.uz saytidan olingan!
Muallif: Bekzod Muzaffarov.