Mobil telefon zararlari
Yashab turgan zamonimizda har qanday zamonaviy kishi o'zining kunini mobil telefoninisiz tasavvur eta olmaydi. Bu qurilma nafaqat ota-ona va yaqinlar bilan aloqa o'rnatish vositasi hisoblanadi, balki uning yordamida butunjahon o'rgimchak to'riga kirish, audioyozuvlarni eshitish va suratga olish mumkin. Biroq uning inson salomatligiga qanchalik zarari bor-yo'qligi haqida sira o'ylab ko'rmaymiz yoki bu haqda kam bosh qotiramiz. Uzoq olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, mobil telefonlari hosil qiladigan elektromagnit maydoni inson tanasidagi turli a'zolar ishlash tizimiga salbiy ta'sir o'tkazar ekan. U hatto davolash murakkab bo'lgan ichki a'zolar kasallanishiga ham olib kelarkan.

A'zolar tizimiga ta'siri
Ushbu qurilma a'zolarning quyidagi tizimlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi:

Yurak-qon-tomir faoliyatiga. Elektromagnitdan doimiy ravishda nurlanish aritmiyaga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari u gipertonik kasalliklarga ham sababchi bo'lishi mumkin ekan.

Endokrin faoliyatga. Mobil telefonlardan chiqayotgan to'lqin yog'lar faoliyatini o'zgartirib yuborarkan. Bu esa gipofiz va buyrak usti bezlariga zarar keltirib, qondagi adrenalin miqdorini ortiqcha qo'zg'atib yuborar ekan.

Asab tizimiga. Ushbu qurilma miyadagi to'qimalarga zarar etkazadi. Mobil telefon qo'lidan tushmaydigan odamlarda aqliy qobiliyatning tushib ketganligi va uyqudagi bexalovatlik alomatlari kuzatilgan.

Immunitet faoliyatiga. Elektromagnit maydoni T-limfositlarining ishlashiga halaqit beradi.

Har bir odam mobil telefonining o'z organizmiga ta'sir kuchini kamaytirishi mumkin. Telefon so'zlashuvlari uzog'i bilan 10-12 daqiqa davom etishi lozim. Ishlatilinmagan paytlarda, iloji boricha u tanadan uzoqroqda turishi zarur. Tunda uni, albatta,o'chirib qo'yish kerak.

Tan olib aytish lozimki, bu qurilmalarsiz oddiy kunimizni ham tasavvur eta olmaymiz. Internet, turli aloqalar va hokazolarni o'zida jamlagan bu qurilma borgan sari ichki dunyomizga kirib bormoqda. Ammo dono xalqimizda bir naql borki, har ishning me'yorida bo'lishi kerakligini anglatib turadi: “Shakarning ham ozi shirin”.

Manba: www.xabardor.uz